An'anaviy iqtisodiyot
Bozor Iqtisodiyoti va uning umumiy mazmun, mohiyati
Download 35.77 Kb.
|
Ananaviy iqtisodiyot
Bozor Iqtisodiyoti va uning umumiy mazmun, mohiyati
Kishilik jamiyati taraqqiyoti bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot ekanligini ko’rsatdi Bozor iqtisodiyoti ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lib, taraqqiyotning hozirgi bosqichidagina umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarildi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko'pchilik mamlakatlari uchun xos bo'lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o'ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hoziigi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko'pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning banqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Shu bilan birga xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro'y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi hamda mavjud bo'lishining umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo'jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo'lishi o'z-o'zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste'molning bozorga oid xususiyatini ko'zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo'lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo'nalishlarini ko'rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. Bozor iqtisodiyoti o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi. Dastlabki, «kurtak», erkin, tartibga solinuvchi, deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti. Dastlabki, «kurtak» bozor iqtisodiyoti. Bu bosqichda bozor iqtisodiyoti endigina shakllana boshlaydi. Bozor munosabatlari, aloqalari tasodifiy yuz berib, bir tovarni ikkinchi tovarga ayirboshlash tarzida yuz beradi. Lekin shu paytdanoq bozor katta rol o’ynay boshlagan. Jamiyat a’zolarining tabaqalanishiga, u yoki bu tovarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga ahamiyat berish boshlangan. Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti. U tarqoq, bir-biridan ajralgan, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar maqsadi va harakati bir-biri bilan oldindan mutlaqo kelishilmagan faoliyatdan iborat. Albatta, erkin-stixiyali bozor iqtisodiyotining ham dastlabki bosqichi bilan keyingi klassik bosqichi o’rtasida farq bor. Lekin, umuman olganda, klassik bozor iqtisodiyoti qator xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1.Bozor munosabatlari qatnashchilarining miqdori cheklanmagan, ular o’rtasida erkin raqobat kurashi mavjud. 2.Jamiyatning barcha a’zolari xohlagan xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin. 3.Ishlab chiqarish omillarining yuqori darajada safarbarlik imkoniyati mavjudligi: kapitalning ko’chib yurishiga to’sqinliklar yo’q. 4.Bozordagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatining kattaligi
7.Noma’lum bozor uchun ko’r-ko’rona ravishda tovar ishlab chiqarish, ularning sotilish-sotilmasligining noma’lumligi. 8. U o’z navbatida iqtisodiyotni qiyinchiliklarga, iqtisodiy tanglik va buhronlar, iqtisodiy talafotlar orqali rivojlanishiga olib keladi.
-odamlarni o’ta boy va o’ta kambag’al tabaqalarga ajralishiga olib keladi; -g’irrom raqobat olib borish uchun muhit yaratadi. Erkin, stixiyali rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori, sifati jihatidan talabga mos kelishi yoki kelmasligi, ularga sarflangan xarajatlar belgilangan narx bilan qoplanib, foyda ko’riladimi yoki yo’qmi bozorda aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilar xaridor talabiga moslashish yo’llarini qidiradilar. Lekin, umuman olganda, erkin bozor bu — abstraktsiya. Xaqiqatda to’liq erkinlik yo’q, bo’lishi mumkin ham emas. Faqat iqtisodiyot yutuqlarini anglash, mavjud yuridik qonunlarni bilish asosidagina o’z faoliyatini eng ko’p foyda oladigan tarzda yo’lga qo’yish mumkin. To’liq iqtisodiy erkinlikning bo’lishi mumkin emas, lekin iqtisodiyot rivojlanishini taminlaydigan darajada etarli erkinlik mavjud. Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiriladigan tizim deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyotiga eng yorqin misol bo’la oladi. U o’zining quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: 1.Turli mulk shakllariga asoslangan bozor sub’ektlarining yo’qligi. 2.Resurslarni taqsimlash haddan tashqari markazlashtirilib, tijorat faoliyatida mustaqillikning yo’qligi. 3.Ishlab chiqarishda monopoliyalarning hukmronligi. 4.Talab va taklif muvozanatining buzilishi, uning borgan sari kuchayib borishi. 5.Milliy ishchi kuchi bozorining yo’qligi. 6.Tovar-pul munosabatlarining deformatsiyalashuvi, nobozor munosabatlarning ustunligi. 7.Samarali xo’jalik faoliyati yuritishga intilishning yo’qligi, barcha sub’ektlar iqtisodiy manfaatlarining deformatsiyalashuvi va boshqalar bilan xarakterlanadi. Natijada: a)tovar taqchilligi kuchayadi, iste’molchilarning tanlab olish imkoniyati tobora cheklana boradi; v)«pinhoniy iqtisodiyot», chayqov bozori tobora gullab-yashnab boradi. Bozor iqtisodiyoti deformatsiyalashuvini tugatish orqaligina, bozorning rivojlanishi uchun normal sharoit yaratilgan taqdirdagina uning salbiy oqibatlarini tugatish mumkin. Kishilik jamiyati uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida erishgan iqtisodiyot — bu tsivilizatsiyalashgan (tartibga solinadigan) bozor iqtisodiyotidir. Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotida davlat kutilmaganda yuz beradigan tangliklarni yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash orqali ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu chora-tadbirlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat erkinligini, ijodiy mehnat va tashabbuskorlikni cheklashga olib kelmasligi kerak. Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotining ham o’ziga xos belgilari bor: 1.Xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi. 2.Ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi. Marketing muhim rol o’ynaydi. Noma’lumlik kamayadi. 3.Xalol raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi. 4.Iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasida uzoq davrga mo’ljallangan doimiy aloqalar, o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlari qaror topadi. 5. Davlat iqtisodiy hayotga aralashib, iqtisodiyotni tartiblashda qatnashishi tufayli chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi. Agarda ular yuz bersa ham undan tezda chiqib ketish chora-tadbirlari belgilanadi. 6.Iqtisodiyot yuksak darajaga erishganda jamiyat boy bo’ladi, shuning uchun tadbirkorlar faqat boy bo’lish uchun emas, balki obro’-e’tibor qozonish, hurmatga sazovor bo’lish uchun ham harakat qiladilar. 7.Iqtisodiyot ijtimoiy yo’naltirilgan, kambag’allarga yordam berish, ommaviy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. 8.Odamlarning iqtisodiy tabaqalanishi cheklanadi. Jamiyatda o’ziga to’q o’rta hol aholi asosiy qatlamni tashkil qiladi. Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solish faqat bozorning salbiy oqibatlarini cheklashga qaratiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi. Bozorni boshqarishda iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy va nihoyat, ijtimoiy-pxisologik usullar qo’llaniladi. Faqat, iqtisodchi V.Leontev ko’rsatganidek, eng muhimi bozorni o’zini-o’zi boshqarish bilan davlat tomonidan tartibga solishning optimal darajasini topishdir. Xozirgacha bu talabga ideal darajada javob beradigan davlat yo’q. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga qisqacha ta’rif bermoqchi bo’lsak, uni quyidagicha ifodalash mumkin: Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan, har bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga undovchi demokratik iqtisodiyotdir. Download 35.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling