Anatomiya yangi indd


I bob. ANATOMIYA VA FIZIOLOGIYA


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

I bob. ANATOMIYA VA FIZIOLOGIYA

FANINING TEKSHIRISH USULLARI

Anatomiyani o‘rganishda bir necha usullardan foydalaniladi. 

Eng qadimgi usullardan biri-murdani yorib o‘rganish usuli keng 

qo‘llaniladi. Bu usul hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 

Ayrim a’zolarni yoki butun murdani fiksatsiya qilish yoki konser-

vatsiya usuli ham anatomik preparatlarni buzmasdan, uzoq mud-

dat saqlashga imkon beradi.

Mikroskop ixtiro qilingach, anatomiyada mikroskopik tek-

shirishning xilma-xil usullaridan foydalanildi. Ayniqsa, kimyo, 

fizika fanlarining rivojlanishi bilan, to‘qimalarni turli kimyoviy 

moddalar bilan bo‘yab, mikroskopda o‘rganish keng qo‘llanildi. 

Fizikaning taraqqiyoti natijasida anatomiyaning alohida sohasi - 

rentgen anatomiyasi paydo bo‘ldi.

Inyeksiya usulida qon va limfa tomirlariga, bez yo‘llariga, 

to‘qimalar oralig‘iga turli rangdagi suyuqliklarni quyib, shu kovak 

organlarining tuzilishini o‘rganish mumkin.

Korroziya usulida esa avvaldan ichi biror qotuvchi modda bi-

lan to‘ldirilgan kovak organlarning barcha to‘qimalari ishqor yoki 

kislota bilan eritilib, ularning tuzilishi o‘rganiladi. Shuningdek

anatomiyada matseratsiya, murdani iliq suvda ivitib, chiritish, rang-



sizlantirish usullari ham qo‘llaniladi. Anatomiyani o‘rganishda 

tirik odamda organlarni paypaslab ko‘rish,  antropometriya usul-

laridan ham foydalaniladi. Rasmga va videoga olish, jadvallar 

tayyorlash, turli asboblar, binokular lupalardan, mikroskopdan 

foydalanish ham anatomik tekshirishlarni ancha yengillashtiradi. 

Fiziologiyada asosiy tajriba usullaridan foydalanib to‘qima, a’zo 

va organizmdagi jarayonlar o‘rganiladi.  

 

5




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling