Anatomiya yangi indd
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5269219982159382883
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biriktiruvchi to‘qima
- Muskul to‘qimasi
- Nerv to‘qimasi
Epiteliy to‘qimasi bir qavatli va ko‘p qavatli bo‘ladi. Bir qavatli
epiteliy to‘qimasi bir qavatdan tuzilgan yupqa plastinka shaklidagi hujayralardan tashkil topgan. Bir qavatli epiteliy to‘qimasi hu- jayralari shakliga qarab yassi, kubsimon va silindrsimon epiteliy- ga, funksiyasiga ko‘ra kiprikli, bezli, teri va ichak epiteliylariga bo‘linadi. Ko‘p qavatli epiteliy to‘qimasida hujayralar bir necha qavat joy lashgan, ular har xil shaklda bo‘ladi. Biriktiruvchi to‘qima organizmning ichki qismini tashkil etib, mezenxima kurtagidan hosil bo‘ladi. Biriktiruvchi to‘qima bir necha guruhga: qon va limfa to‘qimasi, tog‘ay va suyak to‘qimasi , yog‘ to‘qimasi, retikulyar to‘qima, pigmentli to‘qimalarga bo‘linadi. Muskul to‘qimasi tolalarining protoplaz masida qisqarish xu- susiyatiga ega, maxsus ingichka tolalar (miofibrillar) bo‘lishi bi- lan boshqa to‘qimalardan farq qiladi.Organizmda ikki xil: silliq va ko‘ndalang-targ‘il muskul to‘qimalari bo‘lib, silliq muskul to‘qimasi ichki organlar, tomirlar sistemasida bo‘ladi, ko‘ndalang-targ‘il muskul to‘qimasi suyaklarni qoplab turadi. Muskul to‘qimasi me- zenximadan rivojlanadi. Silliq muskul to‘qimasi hujayralari uzu- nasiga cho‘zilgan duk shaklda, hujayralar sitoplazmasida oval shakldagi yadro bor. Miofibril tolalari bir-biriga parallel joylashgan bo‘lib, qisqarish xususiyatiga ega.
bo‘ladigan ta’sirotlarni o‘tkazish vazifasini bajaradi. Nerv to‘qimasi neyron va yordamchi nerv to‘qimasi – neyrogliyadan tuzilgan. Neyrogliya ko‘p o‘siqli hujayralardan iborat. Neyrogliya hujay- ralari orasida nerv hujayralari joylashadi. Neyrogliya hujayralari neyronlarga nisbatan tayanch-trofik vazifasini bajaradi. Neyron
nerv hujayrasi va bir necha o‘simtalardan iborat. Uzun o‘simtasi akson, katta o‘simtalar – dendritlar deb ataladi. Nerv hujayral- ari turli-tuman shaklda: yulduzsimon, yumaloq, oval va noksimon bo‘ladi. Ular nerv sistemasining turli qismida joylashgan. Nerv to- lasini mielin parda, uning ustini esa shvann pardasi o‘rab turadi. Mielin parda nerv tolasining ba’zi qismlarida biroz torayib, Ranve bog‘lamlari (bo‘g‘imlari)ni hosil qiladi. Bu pardalar nerv tolalarini bir-biridan ajratadi va himoya vazifasini bajaradi. 9
Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling