Anatomiya yangi indd


ANATOMIYA VA FIZIOLOGIYA FANLARI


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

ANATOMIYA VA FIZIOLOGIYA FANLARI 

TARAQQIYOTINING QISQACHA TARIXI

Odam tanasining tuzilishiga oid dastlabki ma’lumotlar Yunon 

(qadimgi Gretsiya)da miloddan avvalgi 

V-IV asrlarda tabiblar, 

faylasuflar tomonidan to‘plangan. Antik madaniyat rivojlangan 

davrda tabiblar odam tanasining tuzilishi haqidagi diniy qarashlar

tushunchalar bilan cheklanib qolmasdan, balki murdalarni yorib 

o‘rganganlar. O‘z zamonining mashhur tabibi, Gippokrat avlod-

dan avlodga og‘zaki o‘tib kelayotgan anatomik ma’lumotlarni, 

kuzatishlarni to‘plab, sistemaga soladi. Yunonistonda yashagan 

buyuk olim, faylasuf Aristotel qarashlari tibbiyot fanlarining 

taraqqiy etishida muhim rol o‘ynagan. U hayvonlarning 500 dan 

ortiq turining tashqi tuzilishini tasvirlab bergan va ularni tasnif-

lagan. 

O‘rta asr boshlarida yashagan atoqli tabib Abu Ali ibn Sino 

o‘zining juda ko‘p ilmiy asarlari bilan tibbiyot, shu jumladan

anatomiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Uning «Tib 

qonunlari» 5 jildli asari 

XVII asrgacha Yevropa tibbiyoti uchun 

asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi. Leonardo da Vinchi plastik anatomi-

yaga oid o‘z tekshirish natijalarini to‘plab, plastik anatomiya kursi-

ni sistemaga soladi. XVI asrda olimlar murdani yorib o‘rganishlari 

tufayli a’zolarning tuzilishi haqidagi ilmiy ma’lumotlar ko‘paya 

boshladi. Andrey Vezaliy odam murdasini yashirincha yorib 

ko‘radi. Vezaliy anatomiyaga oid «Odam tanasining tuzilishi» 

nomli mashhur asarini yozdi. O‘sha davrda atoqli ingliz anatomi 

Vilyam Garvey hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazib, qon tomirlarda 

qonning oqishini tekshiradi.

I.M.Sechenov va I.P.Pavlovning fiziologiya sohasida olib 

borgan ilmiy ishlari anatomiya va fiziologiya fanida funksional 

yo‘nalish yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Sharq dunyosida jahonga tanilgan ko‘plab olimlar yashab va 

ijod etganlar. Abu Nasr Muhammad al-Forobiy o‘zining 160 dan 

ortiq asari bilan falsafa, tibbiyot, musiqa nazariyasiga ko‘p yangilik 

kiritdi. Forobiy anatomiya va fiziologiyadan chuqur bilimlarga ega 

bo‘lgan. U nervlarni sezuvchi va harakatlantiruvchilarga bo‘lgan, 

yurak faoliyatini nervlar boshqaradi, deb taxmin qilgan.



6

Ismoil Jurjoniy mohir tabib, yirik olim sifatida tanilgan. Uning 

«Kasallikni aniqlash usullari», «Tibbiyot asoslari» kabi kitoblari 

ma’lum. Ismoil Jurrjoniy «Xorazmshoh mo‘jizalari» nomli asarida 

tibbiyotning nazariy va amaliy masalalarini yoritadi, anatomiya va 

fiziologiyaga oid ma’lumotlar keltiradi. U odam sog‘lig‘ini saqlash 

uchun zararli ta’sir etuvchi barcha narsalarni yo‘qotish lozim deb 

yozgan, shuningdek, mijozlar haqida bayon etib, ular nasldan 

naslga o‘tishini aytadi. Bu kitobda olim gigiyena masalalari us-

tida to‘xtab, suv, havo, kiyim, uy-joy, xotirjamlik holati, uyg‘oqlik, 

tush ko‘rish masalalarini tib biyot nuqtai nazaridan bayon qilgan.

O‘zbekistonda anatomiya fanining rivojlanishiga olimlardan: 

P.O.Isayev, E.M.Milman, R.Z.Zoxidov, M.R.Sapin, Yu.M.Borodin, 

K.A.Zufarov, S.N.Kasatkin, R.E.Xudoyberdiyev, S.A.Dolimov, 

N.K.Ahmedov, R.Alavi, O.Oqilov, R.G‘ulomov va boshqalar ilmiy 

tadqiqot ishlari va darsliklari bilan munosib hissa qo‘shdilar.

Akademik K.A.Zufarov, S.N.Kasatkin va P.O.Isayev odam 

hamda hayvonlarning hazm tizimining mikroskopik va makros-

kopik tuzilishini, qon tomirlarini, E.P.Milman, R.E.Xudoyberdiyev 

va S.A.Dolimov limfa tizimini, N.K.Ahmedov, R.Z.Zoxidov nerv 

tizimining embriologik taraqqiyotini mukammal o‘rgandilar.

N.K.Ahmedov  birinchi marta o‘zbek tilida atlas yaratdi. 

Odam anatomiyasidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 

o‘quvchilari uchun darsliklar va qo‘llanmalar yaratilgan.




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling