Anatomiya yangi indd


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

HUJAYRANING TUZILISHI

Hujayra organizmlarning funksional tuzilmasidir. Har bir hu-

jayra membrana,  yadro, sitoplazmadan tashkil topgan. Hujayra 

membranasi uch qavat tuzilishga ega. Tashqi va ichki qavatlari 

bir qator joylashgan oqsil molekulalaridan, o‘rta qavati ikki qa-

tor joylashgan lipid molekulalaridan tuzilgan. Hujayrada moddalar 

almashinuvida ishtirok etadigan suv, aminokislotalar, glyukoza

mineral tuzlar membrana orqali hujayra ichiga o‘tadi.

Sitoplazma yarim suyuq muhit bo‘lib, elektron mikroskopda 

qaralganda, uning mayda donador strukturasi aniq ko‘rinadi. Si-

toplazmada yadro va hujayraning barcha organoidlari umumiy 

hamda xususiy organoidlarga bo‘linadi. Umumiy organoidlar bar-

7

cha organizmlar hujayrasida bo‘ladi. Xususiy organoidlar ba’zi hu-



jayralardagina uchraydi. Universal organoidlarga mitoxondriyalar, 

golji apparati, endoplazmatik to‘r, ribosomalar, lizosomalar va hu-

jayra markazi kiradi. Xususiy organoidlarga muskul hujayralarini 

qisqartiruvchi miofibrillar, nerv hujayralaridagi neyrofibrillar va 

harakat organoidlari -xivchinlar, kiprikchalar kiradi.

Yadro hujayraning asosiy qismi bo‘lib, u bo‘linish xususiya-

tiga ega. Yadroning shakli ko‘p hollarda hujayra shakliga o‘xshab 

ketadi. U tashqi va ichki membrana orqali sitoplazmadan ajralib 

turadi. Membranada teshikchalar bo‘lib, oqsil molekulalari, ami-

nokislotalar, nukleotidlar ana shu teshikchalardan o‘tadi, natijada 

tsi toplazma bilan yadro o‘rtasida faol moddalar almashinuvi yu-

zaga keladi. Yadroning ichi suyuqlik bilan to‘lgan bo‘lib, bu yerda 

xromosomalar, yadrochalar joylashgan. Yadro shirasi tarkibida 

oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar va boshqa mod dalar bo‘ladi.

Lizosoma yumaloq shaklda bo‘lib, tarkibidagi fermentlar 

ta’sirida oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar parchalanadi.

Endoplazmatik to‘r membrana bilan chegaralangan murakk-

ab tuzilgan kanallar va sisternalardan iborat. Ko‘p hujayralarda 

endoplaz matik to‘r membranasi yuzasida granulalar joylashgan. 

Ular ribosomalar deb ataladi. Ribosomalar hujayrada juda ko‘p 

bo‘lib, sitoplazmada erkin holda ham uchraydi. Yadroda joylash-

gan ribosomalarda yadro oqsillari sintezlanadi. Endoplazmatik 

to‘rdagi riboso malar oqsillarni sintezlashda faol qatnashadi. Golji 

apparati yadro atrofida joylashgan, qo‘shqavat membranali mu-

rakkab to‘r shakldagi tuzilmalardan iborat.

Mitoxondriyalar oval, yumaloqroq, biroz cho‘ziq yoki tayoq-

chasimon, ipsimon shakllarda bo‘ladi. Hujayrada 50 ga, ba’zan 900 

ga yaqin mitoxondriya mavjud. Mitoxondriyalar membranasi ikki 

qavatdan iborat. Ular tarkibida oqsillar, lipidlar, nuklein kislotalar 

bor. Mitoxondriyalarda ATF (adenozintrifosfat kislota) sintezlanadi.



TO‘QIMALAR

Tuzilishi, kelib chiqishi va funksiyasi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan 

hujayralar to‘plami to‘qima deb ataladi. Organizmdagi to‘qimalar 

4 ta guruhga: epiteliy (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv 

to‘qimalariga bo‘linadi.



8


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling