Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet76/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Yurak (cor). Yurak oldingi ko’ks oralig’ining pastki sohasini egallab turadi. Uning ko’p qismi ko’krak qafasining chap tomonida, kam kismi – o’ng tomonida joylashadi. Yurakning asosi o’ngga va orqaga, cho’qqisi - chapga va oldinga qarab, uning tik o’qi yuqoridan pastga, o’ngdan chapga va oldindan orqaga qarab yo’nalgan bo’ladi (40- rasm).
Yurakning oldingi yoki to’sh- qovurg’aga, yonbosh yoki o’pkaga va pastki yoki diafragmaga qaragan yuzalari tafovut qilinadi. Oldingi yuzasi oldindan o’ng bo’lmachaning ozgina qismi bilan, o’ng yurak quloqchasi hamda yuqori kovak venaning pastki qismlarini o’z ichiga, chapdan – o’ng qorincha bilan chap qorinchaning bir oz qismini o’z ichiga oladi. Bu yuza to’sh suyagiga va qovurg’alarning tog’ay yuzasiga tegib turib, ulardan qovurg’a -mediastinal plevra bo’shliqlari hamda o’pkalar bilan ajralib turadi. Yurakning yonbosh yuzalari o’pkalarga qaragan bo’ladi. Pastki yuzasi perikardning asosida bo’lib, u orqali diafragma pay qismi bilan birlashgan bo’ladi. Uning bu yuzasini o’ng va chap qorinchalar bilan o’ng bo’lmacha tashkil qiladi.
Yurakning o’ng chegarasini yuqori kovak vena bilan o’ng bo’lmacha tashkil qilib, bu chegara yoysimon shaklda, III - qovurg’a tog’ayining yuqori qirrasidan, V - qovurg’a tog’ayining pastki qirrasigacha, o’ng to’sh oldi chegarasiga 2 - 2,5 sm yetmasdan o’tadi. Pastki chegarasini o’ng qorinchaning cheti bilan chap qorinchaning ozgina qismi tashkil qilib, bu chegara V qovurg’a tog’ayining pastki qirrasidan bir oz chapga va pastga qarab o’tib, to’sh oldi va o’rta o’mrov chiziqlarining o’rtasida, V qovurg’agacha boradi. Yurakning chap chegarasini, aorta yoyi, o’pka stvoli, chap yurak quloqchasi va chap qorinchalar hosil qiladi. Bu chegara to’sh suyagining chap qirrasidan 2 sm tashqarida II – qovurg’alararo oralig’idan boshlanib, pastga va tashqariga qarab yurib, V - qovurg’a ro’parasida o’rta o’mrov chizig’iga 1,5 - 2 sm yetmasdan tugaydi. Yurak yuqoriga ko’tariluvchi aortadan chiquvchi ikkita o’ng va chap yurak toj arteriyalari (a.a. coronaria dextra et sinistra) dan qon bilan ta`minlanadi.
Yurakning o’ng toj arteriyasi uning o’ng toj egatchasida, o’ng qorincha bilan o’ng bo’lmacha orasida yotadi. U yerdan yurakning orqa sohasiga o’tib, qorinchalararo egatchaga borgach, qorinchalararo orqa (r. interventricularis posterior) hamda qorinchalararo to’siqli (rr. interventricuiaris septales) tarmoqlarini beradi. O’ng toj arteriya yurakning o’ng bo’lmachasi bilan o’ng qorinchasini va to’siqning orqa uchligini qon bilan ta`minlaydi.
Yurakning chap toj tomiri sinusdan chiqqan zahotiyoq oldingi qorinchalararo (r. interventricuiaris anterior) va aylanib o’tuvchi (r. circumflexus) tarmoqlariga bo’linadi. Bu tarmoqlarning birinchisi yurakning oldingi sohasi bo’ylab, to uning cho’qqisigacha boradi. Bunda u oldingi tik egatchada yotadi. Ikkinchi tarmog’i bo’lsa, yurakning orqa sohasiga uning chap bo’lmachasi bilan qorinchalari orasidagi egatcha orqali o’tadi va o’ng toj arteriyaning qorinchalararo orqa tarmog’i bilan anastomoz hosil qiladi. Chap toj arteriya chap bo’lmachani, qorinchalararo to’siqni va chap qorinchani qon bilan ta`minlaydi. Yurakning eng katta venoz stvollaridan bittasi, uning katta venasidir. U yurak cho’qqisining oldingi yuzasidan boshlanib, oldingi tik egat ichidan, chap toj arteriyaning oldingi qorinchalararo tarmog’i bilan birga ko’tariladi, so’ngra chapga aylanib o’tuvchi egatga o’tib, yurakning orqa sohasidagi toj bo’shliqqa (sinus coronarius) quyiladi.
Yurakning toj sinusi, yurakning orqa yuzasida chap bo’lmacha bilan chap qorincha oralig’ida joylashgan toj egatchada joylashadi. Bu keng kanal pastki kovak vena yopqichi bilan bo’lmachalararo to’siqlar orasida o’ng bo’lmachaga ochiladi. Yurak asosan yurak - o’pka chigalini hosil qiluvchi adashgan nerv bilan simpatik nervlar tolalari bilan innervatsiya qilinadi.
Yurakda to’rtta: endokard, miokard va epikard ichida hamda epikard ostida joylashgan limfa chigallari bo’lib, limfa suyuqligi subperikardial limfa yo’llariga quyiladi. U yerdan esa, olib chiquvchi yo’llar orqali kekirdak - bronxial limfa tugunlariga yoki aorta yoyining oldida joylashgan oldingi ko’ks oralig’ining limfa tugunlariga quyiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling