Anatomiyadan amaliy
Toq va yarim toq venalari
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’krak simpatik poya (stvol) si (truncus sympathicus)
Toq va yarim toq venalari (vv. azygos et hemiarygos). Toq vena ko’ks oralig’ida joylashib, dumg’aza venalaridan boshlanadi va bel venasi (v. Lumbalis ascendens dexter) ga quyiladi. Bu vena yuqoriga ko’tarilib, V bel umurtqasining o’ng tomonida kichik bel mushagining orqasidan o’tadi. O’rta chiziqqa yaqinlashgach, u diafragmaning medial va o’rta oyoqchalari orasidan o’tib, ko’krak bo’shlig’iga kiradi va toq vena nomini oladi. Ko’krak sohasida ham umurtqalarning o’ng tomonidan ko’tarilib, qovurg’alararo arteriyaning oldida, ko’krak limfa yo’lining o’ng va orqa tomonida hamda qizilo’ngachning orqasida yotadi. IV - V ko’krak umurtqalarining ro’parasida toq vena o’ng bronxni kesib o’tib, yuqori kovak venaga ochiladi.
Toq vena o’ng tomondagi 9 ta pastki qovurg’alararo venalardan vena qonini qabul qiladi. Bundan tashqari, toq vena qizilo’ngach, bronx hamda mediastinal venalaridan ham qon yig’adi. Uning yuqori kovak venaga quyiladigan joyiga 1 –12 qovurg’alararo venalari (v. intercostalis superior dextra) o’zaro qo’shilishib ochiladi. Yarim toq vena ham ko’tariluvchi chap bel venalari (v. Lumbalis ascendens sinistra) ning davomi bo’lib, toq venadek yuqoriga ko’tarilgach, diafragmaning chap ichki va tashqi oyoqchalari orasidan o’tadi. So’ngra orqa ko’ks oralig’iga yetgach, ko’krak umurtqalari tanasining chap tomoniga o’tib, ko’krak aortasi bilan simpatik poya (truncus sympathicus) lar orasida joylashadi. U VII - VIII ko’krak umurtqalarining ro’parasida o’ng tomonga o’tib, toq venaga quyiladi. Yarim toq vena o’z yo’lida pastki qovurg’alararo venalarni qabul qiladi. Ayrim hollarda yuqori yarim toq venasi uchraydi. Uning hosil bo’lishida yuqorigi chap qovurg’alararo venalari qatnashadi. Bu vena keyinchalik pastki yarim toq venalariga quyiladi. Toq va yarim toq venalar pastki va yuqori kovak venalarni o’zaro birlashtirib, kova - kovаl anastomozini hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega bo’lib, yuqorigi yoki pastki kovak venalari funksiyasi buzilganda uning xizmati kattadir. Ko’krak simpatik poya (stvol) si (truncus sympathicus) simpatik tugunlarning 11 -12 tasini o’z ichiga oladi. Bu tugunlar tugunlararo tolalar orqali o’zaro birlashib, ko’krak ichki fastsiyasi (fascia endothoracica) va qovurg’a plevrasi bilan yopilib turadi. U qovurgalararo arteriyalardan oldinda, toq venadan tashqrida, qovurg’a boshchalarining oldingi sohasida o’tadi. Bunda toq vena (o’ngda) va yarim toq vena (chapda) uning ichki tomonida o’tadi. Simpatik poyaning V - IX tugunlaridan ichki a`zolarga boruvchi katta nerv (n. splanchicus major) tolasi hosil bo’lib, u pastga qarab yo’naladi va yo’l - yo’lakay umurtqalar tanalarining ikki yon tomonida bir - biri bilan qo’shilib, bitta poyani hosil qiladi. Keyinchalik bu tutam diafragmaning tashqi oyoqchasidan tashqarida hosil bo’lgan teshikdan o’tib, qorin bo’shlig’ida quyosh chigali (plexus Solaris) ni hosil qilishda qatnashadi. Ichki a`zolarga boruvchi kichik nerv (n. splanchicus minor) simpatik poyaning X - XI tugunlaridan hosil bo’ladi. Bu ham ichki a`zolarga boruvchi katta nerv kabi diafragmaning tashqi oyoqchasidan tashqarida hosil bo’lgan teshikdan toq (o’ngda) va yarim toq (chapda) venalari bilan birga qorin bo’shlig’iga o’tib, quyosh chigaliga qo’shiladi. Bundan tashqari, simpatik poyaning tarmoqlari adashgan nervlar bilan birga qo’shilib, ko’krak bo’shlig’ining nerv chigalini hosil bo’lishida qatnashadi. Bulardan qovurg’alararo nervlariga qo’shuvchi tolalar chiqib, ularni o’zaro birlashtiradi. Simpatik poya pastga yo’nalib, diafragmaning tashqi oyoqchasidan tashqarida joylashgan teshikdan o’tgach, qorin parda orqasi sohasiga chiqadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling