Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika


Download 0.87 Mb.
bet43/53
Sana30.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1403973
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Bog'liq
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)

4-keys bayoni
Bo’lajak o’qituvchilar o’rtasida «Qanday qilib mohir o’qituvchi bo’lib etishish mumkin» degan mavzuda bahs ketmoqda.
- Buning uchun pedagog bo’lib tug’ilish kerak, - dedi bir talaba.
Ba`zilar uning fikriga qo’shilishmadi. Birinchi talaba o’z fikrini shunday asoslashga harakat qildi:
- Pedagogik qalb va mahorat, bolalarga muhabbat bilan tug’ilmagan kishini 5 yil emas, 20 yil institutda o’qitsa ham, undan haqiqiy o’qituvchi etishib chiqmaydi.
- Mening fikrimcha,- dedi boshqa bir talaba,- pedagog bo’lib tug’ilishgina emas, balki pedagog bo’lib tarbiyalanish ham kerak. Chunki o’qituvchilikka qiziqmay, tasodifiy institutga kirib qolgan ba`zi talabalar ham o’qish davrida bu kasbga mehr qo’yib, mohir o’qituvchi bo’lib etishishlari mumkin.
Bu bahsni Siz davom ettiring. Mohir o’qituvchi bo’lib etishishning yo’llari nimada?
5-keys bayoni
O’quvchi o’zining sevimli o’qituvchisi haqida shunday eslaydi: «U darsni shunday tashkil qilardiki, o’zini juda bilag’on kishi sifatida ajratib ko’rsatmasdi. Hech kim unga o’z fikrini aytishdan qo’rqmasdi. Biz darsdan doimo ko’nglimiz to’lib, hatto o’zimizga ishonchimiz ortib chiqar edik. U darsda har bir o’quvchining imkoniyatidan to’liq foydalanishga harakat qilardi. Bizga ba`zan u darsda ishtirok etayaptiyu, lekin biz uni olib borayotgandek tuyulardi. U hech qachon «Bunday emas!» deb fikrni kesib qo’ymasdi. Agar biz nohaq bo’lsak u yo’naltirardi, ishontirardi, asoslardi. U o’qituvchilik rolini o’ynamasdi, balki biz bilan yashardi».
Pedagogik vaziyat yuzasidan savollar:
1.O’quvchining o’qituvchi faoliyatiga bergan bahosini tahlil qiling. Ta`lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchi qanday psixologik qonuniyatlardan foydalangan?
2.O’qituvchi muvafaqiyatining siri nimada?
6-keys bayoni
5”A”-sinfida hamda 5”B”-sinflarida ona tili darsi o‘tilmoqda. Har ikkala sinfda ham “Shakldosh so‘zlar” mavzusi . birinchi o‘qituvchi , dastlab, o‘quvchilarga shakldosh so‘zlar haqidagi qoidani yozdirdi-da, o‘zi bir necha misollar keltirdi. So‘ngra o‘quvchilardan ham misollar keltirishni so‘radi. Ikkinchi o‘qituvchi esa dastlad yozuv taxtasiga shakldosh so‘z ishtirok etgan uchta gapni misol tariqasida yozdi. So‘ngra o‘quvchilardan bir xil ko‘rinishda yozilgan so‘zlarni o‘zaro qiyoslash topshirig‘ini berdi. O‘quvchilar bu so‘zlar bir xil yozilgan bo‘lsa ham turli ma’nolarni anglatayotganligini aytib berdilar. O‘qituvchi ularning fikrini ma’qullab, ushbu so‘zlarning faqat yozilishi va aytilishi, ya’ni shakliy tomoni o‘xshash bo‘lganligi uchun ham shakldosh so‘zlar deyilishini ta’kidlab qo‘ydi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling