Andijon davlat universiteti erkin tadqiqotchisi Yusupjonova Iroda Abdirayimjonovnaning


Download 70 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi70 Kb.
#1099981
TuriReferat
Bog'liq
taqriz 8 Юсупжонова-ИА


Andijon davlat universiteti erkin tadqiqotchisi Yusupjonova Iroda Abdirayimjonovnaning 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligidan «Pedagogika yo’nalishi talabalari kasbiy shakllanishining psixologik xususiyatlari» mavzusida bajarilgan psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya avtoreferatiga
TAQRIZ
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning bilim olishiga, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishiga, kasb-hunar egallashiga, jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishi, ijtimoiy faol bo’lishiga e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan 2022 yil 21 iyundagi PQ–290 «Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori va boshqa qonunosti hujjatlarning qabul qilinishi, ularda belgilangan vazifalarda talabalarning pedagogik kasbga bo’lgan munosabatlarini va ularni pedagogik faoliyatga motivatsiya qilish usullarini o’rganishga qaratilgan ijtimoiy tadqiqotlar o’tkazish vazifalari qo’yilmoqda.
Aynan, shu jihatdan ham I.A. Yusupjonovaning ilmiy-tadqiqot ishi yuqorida dolzarb ahamiyat kasb etgan pedagogika yo’nalishi talabalarining kasbiy shakllanishini optimallashtirishning ijtimoiy-psixologik shartlarini o’rganishga bag’ishlangan.
Dissertatsiya ishi kirish, to’qqiz paragrafni o’z ichiga olgan uch bob, bob bo’yicha xulosalar, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalardan iborat bo’lib, har bir paragraf nomlari ishning maqsadiga mos ravishda shakllantirilgan. Ishning umumiy hajmi 130 bet, avtoreferatniki, faqat o’zbek tili qismi – 26 betdan iborat.
Dissertatsiyaning kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga mosligi, mavzuning o’rganilganlik darajasi, dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqotning ob’ekti, predmeti, tadqiqotda qo’llanilgan usullar, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi, tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi bayon etilgan. Dissertatsiya va avtoreferatning ilmiy apparati OAK talablari asosida shakllantirilgan.
Tadqiqotning birinchi bobi «Psixologiyada pedagogika yo’nalishi talabalari kasbiy shakllanishini tadqiq etishning nazariy asoslari» deb nomlangan bo’lib, zamonaviy psixologiyada kasbiy shakllanish tushunchasining mohiyati, talabalik davrida shaxs rivojlanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, talabalarning kasbiy shakllanishidagi ziddiyatlari va ularning kelajakdagi pedagogik faoliyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi uchun zarur shart-sharoitlarning asoslanish holatlari yetarlicha tahlil etilgan. Dissertant tadqiqot ishida nazariy tahlil asosida talabalarning kasbiy shakllanishi xususiyatlarini ochib bergan.
Nazariy izlanishlari asosida, «... bo’lajak pedagogning kasbiy shakllanishi deganda, uning pedagogik kasbiga kirishning bosqichli jarayoni sifatida tushunilishi kerak, buning natijasida shaxsning izchil rivojlanishi, professional va muhim xususiyatlar, bilim, malaka va ko’nikmalar majmuasi shakllantiriladi, natijada ta’lim oluvchining ichki dunyosi sifat jihatidan o’zgaradi deb, olingan natijalar asosida bobga oid xulosalarni bergan.
Dissertant, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli singdirishning asosiy shart-sharoitlari ma’lum qiyinchiliklarni namoyon etadi (48-bet) degan fikrni ilgari suradi. SHuningdek, bu qiyinchiliklar kasbiy tayyorgarlik va bevosita kasbiy faoliyat kontekstida farqlanadi. O’qituvchining kasbiy o’z-o’zini belgilashda bir qator ijtimoiy-iqtisodiy to’siqlar ham mavjud. Bunday iqtisodiy mustahkamlashning nisbatan past darajasi, o’z navbatida, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash darajasi va o’qituvchi imijining pasayishiga sabab bo’ladi, deb hisoblaydi.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi «Pedagogika yo’nalishi talabalarning kasbiy shakllanish strukturasi» masalasiga qaratilgan bo’lib, unda pedagogika yo’nalishlari talabalarining kasbiy shakllanishida metodologik yondashuvi, kasbiy shakllanishidagi mezon belgilari hamda pedagogik kommunikatsiyalarning roli kabi masalalar ilmiy jihatdan keng yoritilgan.
Ushbu bobda tadqiqotchi o’ziga xos tahlilni amalga oshirib, unda bo’lajak pedagogning kasbiy rivojlanishini ta’minlashning shaxsiy yo’naltirilgan tizimi umumiy ta’lim tizimining ajralmas qismi bo’lib, kasb-hunar ta’limiga qo’yiladigan deyarli barcha me’yoriy talablarni o’zida aks ettiradi. «Pedagog-talaba» (60-bet) yetarli darajada shaxslararo pedagogik ta’sir o’tkazish sub’ektlari tomonidan ruxsat etilgan darajada ochiq bo’lishi mumkin degan qarash ilmiy dalillar asosida tahlil etilgan.
Dissertatsiyaning kasbiy rivojlanishni ta’minlashning shaxsiy yo’naltirilgan tizimi refleksiv salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan bo’lishini va u psixologik jihatdan bo’lajak o’qituvchini samarali muloqot qilish uchun tayyorlaydi, bu yerda insoniy munosabatlar integratsiyalashgan va aniqlovchi bo’lishi kerak degan tahlilni beradi. Bu mutaxassis psixikasining haqiqiy tabiati va mohiyatiga maksimal yondashishni talab qiladi, nafaqat ongli, balki ong osti hodisalar, jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Psixologiya asoslariga nisbatan shaxsga yo’naltirilgan pedagogik tizim refleksiv harakatlar texnologiyasini qo’llash orqali juda ko’p muammolarni hal qila oladi deb fikrlarini asoslantiradi.
Dissertant ushbu tadqiqot doirasida bo’lajak pedagoglarning kasbiy shakllanish mezonlari tizimini yaratish uchun o’rganilayotgan hodisaning tarkibiy mazmuniga asoslangan umumiy mezonlardan aniq mezonlarga qarab aniqlash mexanizmini tanlash tavsiya etadi. SHu bilan birga, umumiy ko’rsatkichlarga pedagogika yo’nalishlari talabalarini kasbiy shakllantirish mezonlari bo’lmish kommunikativ-pedagogik, motivatsion-irodaviy, analitik-baholovchi, qadriyatli-ijodiy ko’rinishdagi pedagogika yo’nalishlari talabalarining kasbiy shakllanish mezonlarining umumlashtirilgan tuzilmasini beradi.
SHuningdek, bobda pedagogika yo’nalishi talabalarining kasbiy shakllanishida pedagogik kommunikatsiyalarning o’rni asoslantirilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi «Pedagogika yo’nalishidagi talabalarning kasbiy shakllanishining psixologik yo’llari» deb nomlangan bo’lib, u o’z ichiga pedagogika yo’nalishi dagi talabalarning kasbiy shakllanishini optimallashtirishning ijtimoiy-psixologik trening dasturi (3.1-jadval) va dasturi samaradorligi ko’rsatkichlarini aniqlash kabi masalalar amaliy tarzda o’rganilgan.
Bobda «Kommunikativ va tashkilotchilikka moyillik test-so’rovnomasi» natijalari, «Empatik qobiliyatlarni o’z-o’zi baholashi test-so’rovnomasi» natijalari, «Muloqotida o’z-o’zini nazorat qilish test-so’rovnomasi» natijalari, «Motivatsiya va muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqish so’rovnomasi» natijalari, «Irodaviy o’z-o’zini tartibga solishni o’rganish test-so’rovnomasi» natijalari, «Pedagogik vaziyatlar metodikasi» bo’yicha psixodiagnostik kuzatuv natijalari ijtimoiy-psixologik trening natijalari bilan o’zaro aloqadorlikda statistik tahlil qilingan. SHuningdek, St'yudentning statistik t-mezoni ko’ra farqlanish va (yoki) sababiy bog’lanishlar haqida statistik ma’lumotlar keltirilgan.
Umuman olganda, tadqiqotchi Yusupjonova Iroda Abdirayimjonovna muammoni nafaqat nazariy jihatdan balki, amaliy jihatdan o’rganishga harakat qilgan. Bu holat tadqiqot va unga tegishli natijalarning ilmiy salohiyatiga keng xizmat qilishi ehtimoldan xoli emas.
Xulosa qilib aytganda, Yusupjonova Iroda Abdirayimjonovna tomonidan himoyaga taqdim etilayotgan ushbu dissertatsiya ishi yakunlangan, mustaqil ilmiy tadqiqot ishi bo’lib, ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya sohasidagi masalalarni ilmiy va nazariy jihatdan boyitishga, takomillashtirishga xizmat qiladi. Ish mazmuni va kategorial apparat tuzilishiga ko’ra, OAK tomonidan tasdiqlangan «Ilmiy darajalar berish to’g’risidagi Nizom»ning talablariga javob beradi, uni mustaqil bajarilgan va tugallangan tadqiqot sifatida baholayman.
Dissertatsiya ishi 19.00.06- Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligiga mos keladi.
Yusupjonova Iroda Abdirayimjonovnaning psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.
O‘zbekiston Milliy untversiteti
Ijtimoiy psixologiya
kafedrasi professor v.b. psixol.f.n.Z.E.Abduraxmanova



Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling