Andijon davlat univyersiteti
Psixrofitlar va kriofitlar
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
Psixrofitlar va kriofitlar. A. P. Shennikov psixrofitlarga shimoliy kenglik va
baland tog’li xududlarning sernam va sovuq iqlim sharoitiga moslashgan turlarni, kriofitlarga esa baland tog’larning quruq, va sovuq iqlim sharoitiga moslashgan turlarni kiritadi. Lekin bu guruhlar orasida keskin chegara yo’q. Bu guruhga mansub turlarning kseromorf strukturasi ko’pincha sovuq tuproqlarning 85 “Fiziologik quruqligi” bilan izohlanadi. Lekin bu xilda izohlash faktlar bilan tasdiqlanmagan. Ammo sovuq joylarda (sernam sharoitdagi tundra va baland tog’li quruq iqlimda) o’sadigan turlarda haqiqatdan ham kseromorf struktura aniq namoyon bo’ladi. Baland tog’li sharoitda psixrofitlar ancha nam, lekin sovuq (masalan, Kavkaz) mintaqalari bilan, kriofitlar esa baland tog’larning juda quruq va ancha sovuq (masalan, Pomir, Tyanьshan va O’rta Osiyodagi boshqa tog’lar) mintaqalari bilan bog’liqdir. Shunday qilib, psixrofitlar va kriofitlar guruhlari juda geterogen va bir- biriga zid bo’lgan guruhlar bo’lib, ularning bo’linishini ko’pchilik ekologlar ma’qullamaydilar. Mezofitlar modomiki, mezofitlar suv rejimi bo’yicha kserofitlar bilan gigrofitlar o’rtasida oraliq o’rinda turar ekan, ular barglarining tuzilishida gigromorf va kseromorf tuzilish xususiyatlari mujassamlashgan bo’ladi. Bu guruhga birinchi navbatda bizda o’sadigan bargli daraxtlar turlarini, ko’p o’tloq va o’rmon o’tlarini, begona o’tlarni, madaniy o’simliklarniig ko’nchiligini kiritish mumkin. Mezofitlar juda xilma-xil ekologik guruxdan iborat bo’lganligi uchun A. P. SHennikov ularni quyidagi variantlarga bo’ladi: tipik mezofitlar, kseromezofitlar (kserofitlarga yaqin turadi), gigromezofitlar (gigromorf tuzilish xususiyatlari bo’lgan), psixromezofitlar va hokazo. Bu variantlar yashash joyining namligi xarakteri bo’yicha ham farq qiladi. Yaylovga ekiladigan o’tlardan ajriqbosh, qizil sebarga, oqso’xta, o’tloq betagasi va boshqalarni tipik mezofitlarga misol qilib ko’rsatish mumkin. Birmuncha quruq yerlarda kseromezofitlar, masalan, qo’ng’irbosh, o’roqsimon beda va boshqalar o’sadi. Nihoyat, o’tloq gigromezofitlariga o’tloq tulkiquyrug’ini misol qilib keltirish mumkin. Mezofitlarda osmotik bosim gigrofitlarnikiga qaraganda yuqori, kserofitlarnikiga qaraganda past bo’ladi. Mezofitlar har xil iqlim xududlarida keng tarqalganini hisobga olib, A.P. Shennikov ularni 5 ta guruxchaga ajratadi. Nam tropik o’rmonlarning doim yashil mezofitlari asosan daraxt va butalardan iborat, tropik o’rmonlarning epifitlari 86 kseromezofitlar yoki giromezofitlar guruxchasiga kiradi, chunki ular daraxtlarning shox shabbasi holatiga bog’liq holda juda o’zgaruvchan sharoitda yashaydi; Qishki yashil daraxt mezofitlar ham asosan tropik va subtropik xududlarga mansub turlardir; ular yozgi quruq vaqtda barglarini to’kib, tinim holatiga o’tadi (savannalarda) SHimper (1898) ularni “Tropofitlar”, ya’ni o’zgaruvchan namlik o’simliklari deb atagan yozgi yashil daraxt mezofitlar mo’’tadil xududning daraxt va butalari bo’lib, ular yilning sovuq davrida barglarini to’kib, tinim holatiga o’tadi. Albatta, ular orasida o’xshashlik yo’q, masalan, eman jo’kaga qaraganda ko’proq kseromezofit bo’ladi. Shuni qayd qilish kerak-ki, barg to’kishni qishda suv bug’latishdan to’liq himoyalanish usuli deb bo’lmaydi, chunki daraxtlar qishda ham suv bug’latadi. Janubiy yozgi yashil o’simlik turlaridan normushk, grab va boshqalar qishki suv bug’latishdan yanada kamroq himoyalangan bo’ladi; mana shu xususiyatlari ularni shimol tomonga tarqalishini cheklab tursa kerak; yozgi yashil ko’p yillik o’t mezofitlar o’rmonlarimiz, yaylov va shimoliy dashtlarimizning o’t o’simliklari hisoblanadi, ularning himoyalangan kurtaklaridan tashqari, barcha yer ustki qismi nobud bo’ladi (xamefitlar, gemikriptofitlar); efemerlar va efemeroidlar arid sharoitda qisqa muddat davom etadigan namgarchilik davridan foydalanadi va ko’pchilik hollarda o’ziiing vegetatsiya davrini yozgi issiq mavsumda tugallaydi. Dashtlarimiz efemerlar va efemeroidlarga nihoyatda boy bo’ladi. Kseromorfoz belgilari bo’lmasligi bu xildagi o’simliklar uchun tipik hol bo’ladi, lekin ularning urug’i kuchli darajadagi qurg’oqchilik va yuqori temperaturaga bemalol chidaydi. Ularning barglari uncha qalin emas, fotosintez intensivligi yuqori bo’ladi va Shuning uchun ham qisqa muddat davom etadigan namgarchilik sharoitida bunday o’simliklar assimilyantlarni tez to’plash xususiyatiga ega. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling