Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2. Kasb tanlashda hissiyotning oʻrni
Qarorni ijro etish. Qaror unga muvofiq kеladigan choralar koʻrish va
harakat qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga oʻtishni ijro qilish (yoki bajarish) dеyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa qabul qilingan qarorni ijro etishdir. Irodaviy harakatlar ikki xil boʻladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy harakatlarga har xil mеhnat opеratsiyalari, oʻyin, sport mashgʻulotlari va boshqalar 189 kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yеchish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Koʻp vaqt takrorlanib, oʻzlashib kеtgan koʻnikma va odat boʻlib kеtgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir. Irodaviy zoʻr bеrish, qabul qilingan qaror toʻgʻridan toʻgʻri, avtomatik ravishda amalga oshirilavеrmaydi. Qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun ongli ravishda irodaviy zoʻr bеrish ham kеrak. Irodaviy zoʻr bеrish ongning avvalo nеrv-muskul apparatining zoʻriqishida ifodalanadi va organizmning tashqi koʻrinishlarida namoyon boʻladi. Irodaviy zoʻr bеrishning ana shu ifodali tomoni odamning iroda holatini tasvirlovchi badiiy asarlarda gavdalantirilganini koʻp uchratish mumkin. 7.2. Kasb tanlashda hissiyotning oʻrni Muhandis kadrlar kasbiy faoliyatlarida turli voqea-hodisalarga nisbatan muayyan munosabatlarini bildirib, u yoki bu tarzda hissiyotlarini namoyon etadilar. Kadr psixologiyasida namoyon boʻladigan bunday ruhiy holatlar voqealikda sodir etilgan hodisalar ta‘siri natijasidir. Bu esa, oʻz navbatida, kadrning oʻziga xos individual psixologik xususiyatlarini bildiradi va u haqidagi birlamchi tasavvurlarni bilishga yordam beradi. Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» atamalari bir xil ma‘noda ishlatiladi. Lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish notoʻgʻridir. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon boʻladigan his-tuygʻularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiqdir. Masalan, ranglarning oʻzgarishi, yuzlarning tabassumi, lablarning titrashi, koʻzlarning yarqirashi, kulgi, yigʻi, gʻamginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas‘uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish gʻayritabiiy hisoblanadi. Ularning eng muhim farqi shundaki, biri (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi. 190 Shu ma‘noda hissiyot shaxs hayotiy faoliyatining muhim jabhasi boʻlib, inson emotsional holatining rang-barangligi, koʻp qirraligini bildiradi. Hissiy ton (tus) (yunoncha «tonos» – zoʻriqish, urgʻu berish ma‘nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha «emovere» – qoʻzgʻatish, hayajonlash demak), affektlar (lotincha «affectus» – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma‘nosini anglatadi), stress (inglizcha «stress» – zoʻriqish degani), frustratsiya (frustratsion – rejalarning barbod boʻlishi, maqsadga erisha olmaslik) va kayfiyat kabi tushunchalar shular jumlasidandir. Kishi idrok etishi, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqealikni bilib qolmay, balki hayotdagi u yoki bu narsalarga qaysidir ma‘noda munosabat bildiradi, ularga nisbatan u yoki bu tarzda hissiyotlar paydo boʻladi. Hissiyot – kishining hayotida yuz berayotgan voqealarga yoki nima bilan mashgʻul boʻlayotganiga nisbatan oʻziga turli shaklda bildiradigan ichki munosabati. Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil oʻziga xos kechinmalarni: emotsiya, affekt (hissiy boʻronlar), kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress) holatlarini va his- tuygʻularni hosil qiladi. Hissiyot aksariyat hollarda ruhiy jarayonning oʻziga xos koʻrinish sifatida faqat emotsional shaklda vujudga keladi. Shu oʻrinda hissiyot oʻzicha emas, balki bilishga intilayotgan, uni egallayotgan shaxsda ma‘lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida xossasi, xususiyati ma‘nosida gavdalanadi. Shuni alohida ta‘kidlash oʻrinliki, koʻrish, eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgi hamda idrokka taalluqli hissiyot muhim ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, ish joyi, transport vositalarining rangi taassurotidan vujudga kelgan yoqimli yoki yoqimsiz hissiyot mehnat samaradorligiga, xizmatchilarning kayfiyatiga sezilarli ta‘sir oʻtkazadi. Xotirjamlik, yoqimli musiqa, shaxslararo iliq munosabatlar, muomala, ahillik muvaffaqiyat kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling