Andijon Mashinasozlik Instituti Iqtisodiyot fakulteti
Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari
Download 0.7 Mb.
|
Sarimsoqov Elyorbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.
3. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlariAgar sanoat namunasi sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi va original (o‘ziga xos) bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.Agar sanoat namunasining muhim belgilari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlardan ayon bo‘lmasa, u yangi deb e’tirof etiladi.Sanoat namunasining yangiligini aniqlash chog‘ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo‘lgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.Sanoat namunasi, agar uning muhim belgilari majmui buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, original deb e’tirof etiladi.Sanoat namunasiga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan olti oy ichida Agentlikka topshirilgan bo‘lsa, sanoat namunasining patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko‘rsatadigan holat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo‘ladi.Buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.Quyidagilar sanoat namunalari deb e’tirof etilmaydi:matbaa mahsulotlari;arxitektura obyektlari (kichik arxitektura shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa statsionar inshootlar;suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga o‘xshash moddalardan iborat o‘zgaruvchan shakldagi obyektlar;buyumning faqat texnik vazifasi bilan bog‘liq bo‘lgan yechimlar;jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.XULOSATovar va xizmatlarni sertifikatlash ishlab chiqarilgan tovarlarni standart talablariga to’liq javob berishi va ularni sifat ko’rsatkichlarini sertifikatlarga mosligi aniqlanadi. Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni talab va taklif bo’lgani uchun har bir ishlab chiqarilgan tovarga iste’molchilarni qo’ygan (talabi) katta ahamiyatga ega. Shuning uchun tovar ishlab chiqaruvchi korxanalarga doimo yangi taklif beriladi. Shu sababli tovarlarning va xizmatlarning sifat ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib ularning raqobatdoshligi oshib boradi. Shuning uchun ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning sifati har tomonlama tahlil qilinib ularning iqtisodiy barqarorligi chiqarilayotgan mahsulotni miqdori korxonaning ishlab chiqarish potensialiga foydalanilayotgan asosiy va qo’shimcha xom ashyolarni sifatiga ishchi xizmatchilarni bilimi va e’tiqodiga bog’liq. Tovar va xizmatlarni sifatini boshqarish yangi assortimentdagi mahsulotlarni yaratish yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga ulardan unumli foydalanishga asosiy omillar. Tovarlar va xizmatlarni sifati uning ma’lum ehtiyojlarini qondirish uchun yaroqligini belgilab beradigan xususiyatlar yig’indisidir. Sifat masalasi ishlab chiqarish faoliyatining barcha jihatlarini qamrab oladi. Bu mehnat va moddiy resurslarni tejash, eksport imkoniyatlarini oshirish jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq va to’laroq qondirish bo’yicha olib boriladigan ko’p qamrovli yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan vazifa ko’nikmalarni bajarish demakdir. Shuning uchun ishlab chiqarishda tovarlar va xizmatlarni sifatini boshqarish butun ishlab chiqarish mexanizmini, moddiy va nomoddiy rag’batlantirishni butun sitemasini ishchi xizmatchilarni injener-texnik xodimlarni kuch g’ayratini mahorati va bilimlarini tovarlar va xizmatlarni sifat ko’rsatkichlarni oshirishiga qaratilishi zarur. O’zbekiston Respublikasida mehnat, xom-ashyo yoqilg’i va energetik resuslari etarli nutqi. Asosiy fondlarimiz ishlabchiqarilayotgan mahsulotlar hajmidan katta shu sababli hamma joyda va har ishda tejamkor bo’lish, jamoat va shaxsiy mulkka omilkorlik bilan yondashish ixtiyorimizda bo’lgan insoniyatning qo’li va aqli zakovati bilan bo’nyond etilgan xalq boyliklarining hammasidan mohirona to’la to’kis va oqilona foydalanish iqtisodiy siyosatimizni o’zagi bo’lib qolmog’i zarur.Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling