Androtseyning tuzilishi va turlari. Mikrosporogenez haqida umumiy tushuncha. Chang donachalarining tuzilishi va turlari. Reja


Changlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi


Download 0.94 Mb.
bet3/7
Sana21.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1374132
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
androtseyning tuzilishi va turlari

Changlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi
Ko`pchilik olimlarning fikricha, hozirgi yopiq urug`li o`sinliklarning changchilari, ochiq urug`li soda ajdodlari mikrosposporofillarining reduksiyalanishidan yuzaga kelgan. Demak, eng qadimgi o`simliklar changlarining shakli barchaga o`xshash yassi bo`lishi kerak. Keyingi vaqtda huddi shunday shakl tuzilishiga ega bo`lgan o`simliklar ko`pmevalilar orasidan topilgan. 1942 yili Fidji orolidan Degeneria vitiensis degan o`simlik qazilma holida topilgan. Bu daraxtsimon o`simlikning gulidagi androtseylar soni 30-40 ta bo`lgan. Ular yassi va keng changlardan iborat bo`lib, changlarning o`rtasidan uchta o`tkazuvchi bog`lam o`tgan changchilarning ostida bir juft sporangiy joylashgan. (121-rasm). Ularda changchi, chang ipi, chandon va bog`lovchi iplar takomillashmagan.



/
121-rasm. Changchilarning evolyutsiyasi: 1-sodda changchlarning Degeneriada hosil bo`lishi. 2-6 – yopiq urug`lilardagi changchilarning hosil bo`lishi.

Evolyutsiyaning keyingi bosqichida yassi changchilar ixtisoslashib chang ipi, boshlang`ich va changdonga aylangan.


Hozirgi yopiq urug`li o`simliklarning ko`pchiligida changdonning ikkala yarmi bir-birga qo`shilib, to`rtxonali changdonga aylangan va changchining uchida apeksida joylashgan. Soda oilalar (masalan, magnoliyadoshlar)da changchi spiral shaklda bo`ladi. Ko`pchilik yopiq urug`li o`simliklarda changchilar soni ma’lum miqorda bo`lib, siklik tarzda joylashgan.
Mikrosporogenez. U changdonda mikrosporalar hosil bо‘lishdan e’tiboran, ularning yetilgungacha bо‘lgan davrdagi shakllanishidan iborat murakkab jarayondar. Ona hujayralar meyoz usulda bо‘linib, 4 tadan mikrospora hujayralarini hosil qiladi. Mikrosporalar hosil bо‘lishi bilan gulli о‘simliklarning jinssiz kо‘payishi tugallanadi (122-rasm).
122-rasm. Mikrosporogenez.
Hosil bо‘lgan mikrospora bir oz vaqt bir mag‘izli bо‘lib uning hajmi ortadi va vakuollar paydo bо‘ladi. Keyinchalik uning mag‘zi katta о‘zgarishlarga uchrab changdonda mikrospora о‘sadi va erkak gametofitga aylanadi. Bunda har bir mikrosporaning mag‘zi mitoz usulda bо‘linib, 2 ga ajraladi va umumiy hujayra qobig‘i ostidagi har bir mag‘iz sitoplazma bilan о‘ralib qoladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling