124/-rasm. Har qil o`simliklarning chang donalarining shakllari
Poralarning miqdori ko’pincha 3 dan 20 tagacha, bazi hollarda 30-40 gacha bo’lishi mumkin. Mikrosporaning ichki qismi intina ham 2 qavatdan tashkil topgan. Тashqi qavati ko’pincha pektin moddasidan tuzilgan bo’lib, chang naychasi chiqayotgan vaqtda bu qavat shishib elastiklik hususiyatga ega bo’ladi, ichki qavati sellyuloza va pektindan tuzilgan.
Yetilgan changdonda uglevodlar (kraxmal, qandlar) lipoidlar, oqsillar, aminokislotalar, nuklein kislotalar, fermentlar (sitoxromoksidaza, peroksidaza va boshqa xil), vita’minlar, karotinoidlar, geteroauksin, mineral tuzlar bo’ladi. Chunonchi bug`doydoshlar oilasi vakillarini yetilgan chang donachalari tarkibida 43,3% kraxmal, 40,2% oqsillar, aminokislotalar va nuklein kislotalar, 2,2% lipoidlar, 5,1% kul va 8,2% cho’kindi moddalar bo’ladi (Jebrak, 1959). Changning o’lchami 0,008 mm dan to 0,3 mm gacha borishi va rangi ko’pincha sarg`ish, ko’kimtir bo’ladi. Changdonlardagi changlar soni ham turli xil o’simliklarda turlicha bo’ladi. Makkajo’xori o’simligining bitta changdonida 50 ming, javdarda 30 ming bazi bir orxideyadoshlarda esa millionlab changlar yetishadi.
Changlarning hayotchangligi ham bir xilda emas. Bir xil o’simliklarning changlari bir necha soat ichida o’zining tiriklik hususiyatini yo’qotsa, boshqa xil o’simliklarda esa uning hayotchangligi 2-3-5 so’tkagacha davom etadi. Masalan, bug`doy, makkajo’xori, javdar o’simliklarida changning hayotchangligi 3 so’tkadan 5 so’tkagacha davom etsa, Ranodoshlar oilasi vakillarida bu ko’rsatgich 25-30 kun, piyozdoshlarda (lolada) 60-70 kun yoki ularni 2-510 s haroratda SaSl2 eritmasi ustida saqlanganda bir yildan ortiq muddatda saqlanishi mumkin (Pechenitsin, 1962).
Pechenitsin (1961) ma’lumotlariga qaraganda lolaning ko’pchilik turlarining chang hayotchangligi 400 kungacha saqlanishi mumkin yoki changlarni muzlatib saqlaganda ularning hayotchangligi 2-4 va hattoki 9 yilgacha saqlanishi mumkin (Iori, Vazil, 1961).
Do'stlaringiz bilan baham: |