Androtseyning tuzilishi va turlari. Mikrosporogenez haqida umumiy tushuncha. Chang donachalarining tuzilishi va turlari. Reja


Mikrospora, uning tuzilishi, hosil bo’lishi (mikrosporogenez)


Download 0.94 Mb.
bet4/7
Sana21.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1374132
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
androtseyning tuzilishi va turlari

Mikrospora, uning tuzilishi, hosil bo’lishi (mikrosporogenez). Ona hujayrada mikrosporaning hosil bo’lishiga mikrosporogenez deyiladi. Mikrosporogenez vaqtda ona hujayralarda meyozning 2 xil bo’linishi kuzatiladi: 1- chi reduksion bo’linish yoki meyoz va ikkinchisi ekvatsion bo’linish yoki meyoz 2-bo’linish deyiladi. Meyoz bo’linish natijasida to’rtta mikrospora yoki tetradalar hosil bo’lib ulardan erkak gametofiti rivojlanadi. Meyozdan so’ng organizmlar diploid holatidan gaploid holatiga o’tadi (123-rasm).
/
123-rasm. Otalik gametofitning rivojlanish sxemasi; 1-mikrospora; 2- ikki hujayrali mikrospora; a) mikrosporaning ekzina po`sti; b) mikrosporaning intina po`sti; B-mikrosporaning vegetative hujayrasi; г) mikrosporaning generativ hujayrasi; 3-mikrosporaning generativ hujayrasining bo`linishi; 4-uchta hujayrali mikrospora, ikkita spermiyda hujayralari sitoplazmada erkin o`rnashgan; 5- mikrosposporaning unib chiqishi.
//
Mikrosporalar mikrosporaning ona hujayrasini meyoz bо‘linishi natijasida paydo bо‘ladi. Bu jarayon ikki tipda amalga oshadi: a) suksessiv tip – yadro avval ikkiga bо‘linadi va hujayralar orasida tо‘siq paydo bо‘ladi. Sо‘ngra qiz hujayralarning yadrosi yana ikkiga bо‘linib, tetrada hosil bо‘ladi b) simultant tip – yadroning birinchi bо‘linishida hujayralar aro tо‘siq paydo bо‘lmaydi, balki ular yana ikkiga bо‘linib, avval tо‘rtta yadro hosil bо‘ladi, keyinchalik ular о‘rtasida hujayralar aro tо‘siq paydo bо‘ladi.
Ayrim adabiyotlarda esa, ona hujayralardan mikrosporalarning hosil bo`lishi 3 xil bo’ladi, deb yo`zilgan.
1. Suksessiv (ketma-ket) hosil bo’lishi.
Bunda birinchi meyoz bo’linishdan so’ng, ona hujayralarni ikkita qiz hujayraga ajratadigan bo’linish urchig`idan to’siq hosil bo’ladi va ikkita diada hujayra shakllanadi, ikkinchi bo’linishdan keyin esa yana hosil bo’lgan qiz hujayralar orasida to’siq paydo bo’lib, natijada ona hujayra 4 ta bo’lakka bo’linadi. Bu xil bo’linish qisman ikki pallalilarda va asosan bir pallali o’simliklarda ko’p uchraydi.
2. Stimultan (bir vaqtda bo’linish) hosil bo’lish mikrosporaning bu xil rivojlanishida meyozning birinchi va ikkinchi bo’linishidagi urchuq to’siqlari hujayrani 4 qismga bo’lishda to`g`ridan-to`g`ri ishtirok etmaydi. Aksincha protoplastda 4 ta yadrosi bo’lgan ona hujayrada 2 xil bo’linishdan so’ng hujayra chetlaridan chellar hosil bo’lib, ana shu chellar hujayrani 4 qismga bo’ladi. Demak bunda ona hujayra protoplasti meyoz 2 bo’linishdan keyin birdaniga bo’linib 4 ta mikrospora hosil qiladi. Stimultan bo’linish asosan ikki pallali o’simliklarda uchraydi. Biroq hiloldoshlar, palmadoshlar, arxideyadoshlar, yakandoshlar va shu kabi boshqa xil bir pallali o’simliklarda ham simultan bo’linish kuzatilgan.
3. Oraliq bo’linish bilan tetradalarning hosil bo’lishi. Bu xil mikrosporalarning hosil bo’lishi bazi bir guli o’simliklarda kuzatiladi. Bu yerda birinchi meyoz bo’linishdan keyin yadrolar o’rtasida to’siq hosil bo’lmaydi, birok sitoplazma ikki tomonga qarab ajrala boshlaydi va ikkinchi bo’linishdan keyin qiz hujayralar shakllanadi.
Ko’pchilik embriologlarning ko’rsatishicha stimultan bo’linish bu dastlabki bo’linish bo’lib, suksessiv bo’linish esa progressiv va takomillashgan bo’linish hisoblanadi.
Bazi vaqtlarda changlar 8, 12, 16, va 32 hujayrali guruhlarga birlashgan bo’ladi. Bunday changlar o’sganda juda ko’p chang naychalari hosil bo’ladi (Mimozodoshlar oilasi). Bazi bir o’simliklarda masalan, arxideyadoshlarda ham oddiy ham murakkab changlar uchraydi. Yetilgan chang sitoplazma, yadro, ko’pincha bitta katta vakuola ham chang qobig`idan tuzilgan, qobig`i ikki qavat po’stdan tashkil topadi, tashqi qavati ekzina va ichki qavati intina deyiladi. Bu qavatlar changdan suvning bug`lanishiga to’sqinlik qilib turadi. Faqat suvda o’suvchi o’simliklarda chang qobig`i bir qavatli bo’ladi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling