Androtseyning tuzilishi va turlari. Mikrosporogenez haqida umumiy tushuncha. Chang donachalarining tuzilishi va turlari. Reja


Download 0.94 Mb.
bet5/7
Sana21.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1374132
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
androtseyning tuzilishi va turlari

Erkak gametofitnig rivojlanishi.
Chang donachasi yadrosining birinchi bo’linishidan so’ng sitokinez boshlanib, ikkita hujayra hosil bo’ladi: birinchisi vokuolasi bo’lgan suyuq sitoplazma, katta yumoloq yadroli va yirik yadrochali hujayra bo’lib uni vegetativ hujayra deyiladi, ikkinchisi undan kichikroq bo’lib, generativ hujayra deyiladi. Generativ hujayra sitoplazmasi quyuq, unda RNK miqdori ko’p, yadrosi suyuqroq va DHK ga boy bo’ladi ko’pincha o’rchiqsimon shaklda bo’ladi.
Generativ hujayra vegetativ hujayra bilan uzviy aloqada bo’lgandagina yaxshi rivojlanadi ko’pincha generativ hujayra vegetativ hujayra sitoplazmasi bilan o’ralgan bo’lib, undan u doimo oziqa olib turadi, shunday qilib vegetativ hujayra generativ hujayraning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan boshlang`ich manba yoki materialdir.
Chang naychasida generativ hujayraning bo’linishi oddiy mitoz tipida o’tadi. Generativ hujayra protoplasti sitokinez orqali ikkiga bo’linadi. Ba’zan sitokinez bo’lmasdan ikki yadroli generativ hujayra ham hosil bo’lishi mumkin (masalan, yong`oqda Juglans regio). Qoqidoshlar, zig`irdoshlar, bug`doydoshlar va shu kabi boshqa gulli o’simliklarda gul ochilganga qadar changdonda spermogenez bo’lib o’tadi va gul ochilgan paytda erkak jinsiy hujayralar spermiylar tayyor bo’ladi.
Gulli o’simliklarda erkaklik gametofitining rivojlanishini o’rganishda V.V- Finn, K.Yu. Kastrokova, G.K. Benetskaya, D.A. Тrankovskiy, M.V. Chernoyarov, N.Ye. Rudenko, O.A. Ashurmetov, J. Тursunov va shu kabi olimlarning xizmati kattadir. Spermiylarning shakli va o’lchami ularning qayerda yetilishidan kat’iy nazar (changdami, chang naychasidami) har xil o’simlik turlarida turlicha bo’ladi.
Ular ko’pincha yumaloq, uzunchoq, ellipsimon, o’riksimon, urchuqsimon, spiralsimon, qurtsimon shakllarda uchraydi. Spermiyning shakli chang holati va yoshiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Masalan, Poddubnnaya-Arnoldi (1964) ning kuzatishicha bug`doydoshlar va Qoqidoshlar vakillaridagi yosh chang donachalari yumaloq shaklda bo’lsa, yetilgan chang donachalarida esa uning shakli uzunchoq bo’ladi.
Spermiylarning o’lchami kichik, o’rtacha va yirik bo’ladi. Ikki pallalilarda spermiylar o’lchami kichik va kamdan kam o’rtacha kattalikda bo’lsa, bir pallali o’simliklarda bu ko’rsatgich katta va o’rtacha o’lchamda bo’ladi. Spermiy yadrosi uning rivojlanish oxirigacha ham bir xil holatda, ya’ni telofoza holatida saqlanadi.
Shunday qilib 2 ta umumiy pо‘stga о‘ralgan hamda о‘lchami bir – biridan farq qiladigan biri katta, ikkinchisi kichik hujayralar hosil bо‘ladi. Ularning yirigi vegetativ, kichikrog`i esa generativ hujayra deb ataladi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling