Androtseyning tuzilishi va turlari. Mikrosporogenez haqida umumiy tushuncha. Chang donachalarining tuzilishi va turlari. Reja
Download 0.94 Mb.
|
androtseyning tuzilishi va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- sekzin
Changlarning turli-tumanligi.
Chang donasining po`sti (sporoderm) ikki qismdan: tashqi –ekzina, ichki – intina (entina (M.I.Ikromov.) qavatlardan tashkil topgan. Intina yupqa, asosan pectin moddasidan iborat. Ekzina intinaga nisbatan qalin bo`lib, kuinlashgan va turg`unlashgan. Tarkibida uglevodlardan sporolenin bor. Bu mdda ishqor va kislotalarda erimaydi, shuning uchun u juda pishiq va chidamli. Ekzina o`z navbatida ikki qismdan iborat: tashqi qavati sekzin – ekzinning eng mustahkam qavati. U tuzilishi jihatidan juda xilma-xil bo`lib, u bo`rtamchalar, tikanaklar, jig`alar bilan qoplangan. Ichki qavati esa – nekzindan iborat. Sekzinada bir qancha teshikchalar ham bor. Bu teshikchalar apertura (lotincha apertus- ochiq) deb ataladi. Ularning shakli va joylashshi har xil. Shakl jihatdan ular pora – tehikhlar va chiziqli egatlardan iborat. Ular ham turlicha bo`ladi. Bir porali va bir chiziqli egatli changlar ochiq urug`li o`simliklarga xos begi hisoblanadi (). Changning tashqi tomoni har xil tuzilishga ega, ya’ni unda tishchalar, tikonchalari bo’ladi yoki to’rsimon qalinlashgan hamda plastikasimon chuqurliklarga ega bo’ladi. Changning tashqi tuzilishi har bir tur va turkum uchun alohida uni ajratib turuvchi belgi bo’lib xizmat qiladi. Shu sababli ekzinaning tuzilishi poleobotanikada o’simliklar sistematik guruhlarning kelib chiqishini aniqlashga muhim ahamiyatga ega. Ekzina faqatgina himoya funksiyasini bajarib qolmasdan u Singer va Petrovskiylarning (1961) aytishi bo’yicha tashqi muhit bilan chang markazida muhim fiziologik funksiya’ni ham bajaradi. Ekzinada poralar (teshikchalar)- aperturalar bo’lib, ular orqali o’tib turadigan plazmodesmalar yordamida chang topetum hujayralari bilan uzviy aloqada bo’lib turadi. Yopiq urug`lilarda bir porali va bir chiqitli egatli turi ko`p mevalilardan mognoliyadoshlar oilasi vakillarida uchraydi. Aksariyat ikki pallali o`simliklarda chang uch egatli, bir pallalilarda esa asosan bir egatli changlar uchraydi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling