Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Download 232.32 Kb.
bet56/60
Sana02.06.2024
Hajmi232.32 Kb.
#1835315
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar-hozir.org

Iqtisodiy nochor korxonalar — muayyan miqdorda kapital yo‘qotish, ishlab chiqarish maydonlarini qisqarishi, ishsizlar sonining ortishi, raqobatbardosh bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda materiallar, xomashyo, yoni1g‘i, mehnat resurslari sarflaydigan qoloq, sama- rasiz korxona.
Investitsiya — kelgusida foyda olish, samaraga erishish maqsadida biror-bir korxonaga uzoq muddatga kapital qo‘yish.
Investor — investitsiya bilan shug‘ul1anuvchi yuridik shaxs yoki fuqaro.
Injiniring korxona — muhandislik-maslahat xizmatlarini tijo- ratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradigan korxona. Inqirozga qarshi mo‘ljallangan choralar dasturi — O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012-yi1larga mo‘1jallanib inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi bo‘1ib, mazkur dasturda talab va taklifqi rag‘bat1antirishga yo‘naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini
ta’minlovchi chora-tabdirlar majmui o‘z aksini topgan.
Investitsion kreditlar — ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish, yangi bino va inshootlarni qurish uchun zarur vositalarni sotib olish maqsadida olingan kreditlar.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish — sanoat ishlab chiqa- rishining turli bosqichlarida import shaklida xarid qilish orqali qo‘llaniluvchi detallar, butlovchi qismlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlari mahalliy xomashyo va materiallar asosida ishlab chiqarishga o‘tkazish jarayoni.
Import o‘rnini bosish samarasi — mahalliylashtirish jarayonini amalga oshirish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsati1gan xizmatlar natijasida tejalgan import mahsulotlari qiymati.
Investitsiya dasturi — respublika iqtisodiyotini barqaror va tad- rijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan respublika ayrim tarmoq va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklari va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar kompleksi.

Download 232.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling