Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti
Qotishmalar tarkibiga koʻra
Download 0.85 Mb.
|
240- guruh Orifjonova Mahfuza
Qotishmalar tarkibiga koʻra: gemogen, geterogen, intermetal qotishmalarga boʻlinadi. Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi bilan sanoatda va maishiy turmushda keng qoʻllaniladi. Qotishmalarni tarkibiga koʻra quyidagilarga ajratish mumkin:
Poʻlat. Таrkibi 1,7% gаchа С vа qoʻshimchalardan Mn, Si, S, P bor boʻlgan qotishma hisoblanadi. Ular sof temirga qaraganda ancha qattiq hisoblanadi. Таrkibidagi moddalarga qarab quyidagilarga ajratish mumkin: marganesli poʻlat; Fe 83%, Mn 12%, C1% – sisternalar tayyorlashda va maydalashda; xrom poʻlati -Fe83,7%, Cr 12%, C 0,3% – zanglamaydigan poʻlat sifatida; volframli poʻlat Fe 70-85%, W 12-23%, Cr 2-6%, C 0,5-0,6% – tez kesar asboblar tayyorlashda ishlatiladi. Choʻyan. С 2% dаn yuqori, Si, P, S, Mn bilan hosil qilgan qorishmalar kiradi. Bu qotishma temirga nisbatan ancha qattiq lekin moʻrt. Undan turli uskunalar, stanok va dvigatellarning kompuslari, kanalizatsiyalari va vodoprovod trubinalari, qozonlar, tovalar, plitalar tayyorlashda ishlatiladi. 3 – rasm . Choʻyandan yasalgan mahsulotlar Bronza – misning metallar bilan qotishmasi kiradi. Tarkibiga koʻra qalayli bronza, alyuminiy bronza, kremniy bronza, qoʻrgʻoshinli bronzalarga boʻlinadi. Bulardan badiiy quyma buyumlar tayyorlanadi. Latun – mis va ruxning 30-35% gacha rux boʻladi qotishmasidan tayyorlanadi. U nihoyatda katta plastik xususiyatga ega. Undan uy-roʻzgʻor ashyolari, asboblari, mashinalarni detallari tayyorlanadi. Babbit – qoʻrgʻoshinli babbit tarkibi Pb 80-82%, Sn 16-18%; qalayli babbit tarkibi Sn 82-84% surma 10-12%, mis 6% boshqa metallar qoʻshib tayyorlanadi. Podshibniklar, mashinasozlikda, turli quymalar tayyorlashda ishlatiladi. Nixrom. Таrkibi nikel 67,5%, xrom 15%, temir 16% va marganes 45% dan iborat boʻlgan qotishma. Bu qotishma elektr qarshiligi katta va issiqqa bordoshli boʻlganligi sababli elektr asboblari tayyorlashda ishlatiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling