Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti
Download 0.85 Mb.
|
240- guruh Orifjonova Mahfuza
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.2. Bronza metali qotishmalari Bronzalar .
- Bronzalarning markalanishi .
Mis qotishmalari. Misni Zn, Sn, Pb, Fe, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalariga mis qotishmalari deyiladi. Mis qotishmalarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra, latunlarga va bronzalarga ajratiladi:
Latunlarning markalanishi. GOST 2060-73 bo‘yicha oddiy latunlar L harfi va raqamlar bilan markalanadi. Masalan, L96 da L harfi latun ekanligini, 96 raqami esa qotishma tarkibida 96% mis borligini bildiradi, qolgani esa Zn bo‘ladi. Maxsus latunlarni markalardagi L harfidan keyin qotishma tarkibiga kiritilgan elementlar nomlarining bosh harfi, so‘ngra raqamlar yoziladi. Masalan, LAJ60-1-1 markada 60% Cu, 1% Al, 1% Fe qolgan, ya’ni 38%i rux bo‘ladi. I.2. Bronza metali qotishmalari Bronzalar. Cu bilan Sn ni qotishmasiga bronza deyiladi. Ma’lumki, qalay qimmatbaho metall bo‘lganligi sababli uni tejash hamda qotishma xossalarini zarur tomonga o‘zgartirish maqsadida bronza tarkibidagi qalay qisman yoki to‘la Al, Pb, Si va boshqa elementlar bilan almashtiriladi. Masalan, Al kiritish bilan alyuminiyli bronzalar (masalan, BrA6, BrA7), Pb kiritish bilan qo‘rg‘oshinli bronzalar (masalan, BrS30), Si kiritish bilan kremniyli bronzalar (BrKMs3-l) va boshqalar olinadi. Bronzalarning markalanishi. Bronzalar GOST 613 -79 bo‘yicha Br harflar va raqamlar bilan quyidagicha markalanadi. Masalan, BrAlJ6Nb, bu yerda Br bronzaligini, A qotishmada alyuminiy 11%, J temir 6 %, N nikel 6 % ligini bildiradi, qolgan qismi esa misdan iborat bo‘ladi. Bronzalar ham texnologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra bosim bilan ishlanadigan va quymalar olinadigan bronzalarga ajratiladi. Latunlar. Latun Cu bilan Zn ning qotishmasi bo‘lib, uning mexanik va texnologik xossalari yuqori bo‘ladi. Ularning keng foydalaniladiganlari tarkibida rux miqdori 40-42% gacha bo‘ladi. Latunlarning mexanik va texnologik xossalarini yanada yaxshilashi uchun ularga ma’lum miqdorda Al, Cu, Fe, Zn va boshqa elementlar qo‘shib maxsus latunlar olinadi. Latunlarga qo‘shiladigan elementlarning turi va miqdori qotishmadan kutilgan xossalarga qarab belgilanadi. Latunlarning texnologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra bosim bilan ishlanadigan (deformatsiya beriladigan) va quymalar olinadigan xillariga ajratiladi. Bosim bilan ishlanadigan latunlar yuqori plastik xossaga ega bo‘lib, ulardan olingan quymalar bosim bilan ishlanib listlar, lentalar, trubalar tayyorlanadi. Quyma latunlarning oquvchanligi yuqori bo‘lib, likvatsiyaga kam beriluvchi antifriksion xossaga ega bo‘ladi. Bu qotishmalardan podshipniklar, vtulkalar, chervyakli vintlarning zagotovkalari qoliplarga quyish yoli bilan tayyorlanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling