Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti


Download 0.85 Mb.
bet3/15
Sana11.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1260005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
240- guruh Orifjonova Mahfuza

Zeb – ziynatlar
Zargarlik sanʼatida yaratiladigan bezak buyumlari, taqinchoqlar. Ayol libosini boyitib, ularni yanada nazokatli va jozibali qilib koʻrsatishga xizmat qiladi.. Zeb-ziynat buyumlarining paydo boʻlishi tarixi juda qadim davrga borib ta-qaladi. Arxeologlar yuqori paleolit qatlamlaridan topgan uzuklar tosh munchoq, toʻgʻnogʻichlar, jez davriga oid bilaguzuk, toʻgʻnogʻich va tugmalar ilk ajdodlarning dastlabki bezaklari haqida xabar beradi. Keyingi davrlarda yaratilgan tilla buyumlarboʻrtma tasvirlar, sopol haykalchalar, oʻrtaasrlarga oid devoriy rasmlar, qoʻlyozma asarlarga ishlangan miniatyuralarda aks etgan. Zeb-ziynat buyumlari vaqt oʻtishi bilan astasekin birbirini toʻldirib, 19-asr oxiri 20-asr boshida yaxlit toʻplamlarni vujudga keltirgan. 
Oʻzbekistonning turli viloyatlarida yasalgan zargarlik buyumlari oʻziga xos mahalliy xususiyatlari bilan birbiridan farq qiladi. Xorazmlik zargarlar tayyorlagan Zeb-ziynat buyumlari salmokdorligi, serhashamligi va koʻrinishi bilan ajralib turadi. Samarqand zargarlari asosan ko`plab o`z sanatlarida chiroyli yaratgan taqinchoqlarda Toshkent hamda Buxoro zargarligining taʼsiri seziladi. Mas, panjara usulida nozik did bilan qulflik qilib ishlangan bilaguzuklar Buxoro zargarlarining ishlariga yaqin. Buxoro zargarlarining Samarqand Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati zargarlarining ishlariga ham taʼsiri juda ham katta boʻlgan. Toshkentlik kelinlar toʻyida (nikoh libosi bilan birga) boshga tillakrsh, tillabargak, gajak, quloqqa isirgʻa, boʻyinga koʻkrakka tushib turadigan zebigardon, jevak, xafaband, marjon, boʻyintumor, sochga sochpopuk, qoʻltiqqa qoʻltiqtumor, qoʻlga bilaguzuk va uzuklar taqqan. Samarqand kelinlarining Zeb-ziynat buyumlari (tillabargak, tillakrsh, gajak, isirgʻa, sochpopuk, tavq, marjon, koʻkraktumor, zebigardon yoki haykal, bilaguzuk va uzuk) toshkentlik kelinlarnikiga yaqin boʻlgan. Ayniqsa Ko`shki Xiva kelinlarining taqinchoklari (takyatuzi, osmaqanot, butuntirnoq, oʻqyoy, shokila va boshqalar) oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Shunga koʻra, turli markazlarda yaratilgan Zeb-ziynat buyumlari toʻplamlari umumiylikka ega boʻlib, mahalliy oʻziga xoslik qismlarda namoyon boʻladi. Bu toʻplamlar bir namuna koʻrinishiga ega boʻlib, qatʼiy boʻlmagan, u har bir xonadonning iqtisodiy ahvoliga qarab u yoki bu darajada boyitilgan. Ayollar Zeb-ziynat buyumlari ni toʻlatoʻkis holatda kelinlik davrining dastlabki 1–2 yil ichida, toʻytantanalarda taqishga harakat qilgan, boshqa vaqtda yengil qarakat qilishga xalaqit bermaydiganlari (uzuk, bilaguzuk, isirgʻa va boshqalar)ni taqqan. Zirak, bilaguzuk, har xil munchoklar (munchoq, qalampirmunchoq)ni qizchalarga juda kichikligidan boshlab taqa boshlashgan, chunki ular bezak boʻlish bilan birga yomon nazardan asrash vazifasini ham bajargan. 20-asr 20-yillarida zargar ustalar artellarga birlashdi, anʼanaviy serhasham va ogʻir Zeb-ziynat buyumlari oʻrniga xalq didiga moye boʻlgan yengil, qulay va nafis isirgʻalar (qashqarboldoq, "isirgʻabarg", ,,marjoni lak ,, buxori zirak – "shibirma", "ayzirak", ilon zirak va boshqalar), yoqut koʻzli uzuklar, bilaguzuklar yasala boshlandi, xom ashyo sifatida mis, kumush va tilla bezaklardan, qisman davlat ajratgan tilladan foydalanildi. 1963 yilda Toshkent zargarlik fabrikasi (1972 yildan zavod) ishga tushdi, u yerda tilla zanjirlar, yoqut, feruza, gavhar va boshqalar qimmatbaho toshlardan koʻzlar qoʻyib ishlangan zirak va uzuklar, bilaguzuklar, nikoh uzuklari koʻplab i.ch. yoʻlga qoʻyildi. Nozik did va mahorat bilan ishlangan bu qulay va nafis taqinchoqlarni ayollar doimo taqib yurish imkoniyatiga egadir. Zargarlar yangi Zeb-ziynat buyumlari (jumladan, qashqarboldoq, buxoro isirgʻasi "shibirma", toʻgʻnogʻich, bilaguzuk, marjon va boshqalar) bilan bir qatorda anʼanaviy taqinchoqlarni (mas, isirgʻa, uzuk, bilaguzuk, marjonlardan iborat "Bozuband", "Oynazirak" va boshqalar toʻplamlari, 90-yillar) yangicha oʻziga xos bezaklar bilan yaratmoqda.

Toshlar


Zargarlik buyumlarida ishlatiladigan toshlar, yoki bo‘lmasa qimmatbaho toshlar– bular narhi qimmat bo‘lgan toshlar hamda mayda toshlardan iboratdir. Qimmatbaho toshlarga olmos, zumrad, yoqut va sapfir kiradi. Shuningdek yarimqimmatbaho toshlar ham ishlatiladi, ularning ranglari chiroyli bo‘lib, ajoyib shaffoflikka ham egadir. Bunday toshlardan zargarlik uylarida foydalanish 1980 -chi yillardan boshlab keng tus oldi.[3] Misol uchun, larimar, topaz, ametist, akvamarin, peridot va sitrin, lazurit, malaxit va kvars. Qimmatbaho toshlar 1970 yilda syurixda tuzilgan CIBJO ro‘yxati bilan belgilanadi.[4]

Qotishmalar va metallar


Biz oltin, platina va kumushdan ishlangan zargarlik buyumlaridagi qotishmalar haqida so‘z yuritmoqdamiz. Bu qimmabaho metallarning rangi va xususiyatlarini o‘zgartirish uchun ularni boshqa qimmat bo‘lmagan metallar bilan aralashtiriladi.
Toza oltin, yoxud tabiatda uchraydigan oltin sariq rangli bo‘ladi. Agar unga nikel qo‘shilsa, oltinning rangi oqaradi. Eng qimmat tilla taqinchoqlarning alohida belgisi shundaki, ularda kamida 18 karat oltin bo‘lib, bu 750-chi probaga to‘g‘ri keladi.[5] 18 karat oltin uchun qo‘llaniladigan proporsiya 75% oltin va 25 % nikelga teng. Foydalaniladigan qotishmaning proporsiyalariga qarab, qimmatbaho toshning rangi o‘zgarishi mumkin. Shunday qilib, 18 karatli pushti oltinning tarkibida 75% oltin, 20% mis va 5% kumush mavjud. 18 karatli qizil oltinning tarkibiga esa 75% oltin va 25% mis kiradi. Bu kabi ikki holda, kumushning ulushi qotishmaning rangi qanchalik pushtiga yaqin bo‘lish darajasini belgilab beradi.
Nikel allergen bo‘lib, endilikda uni zargarlik buyumlarida qo‘llash man’ etilgan va uning o‘rniga oq tilla tarkibida mis, palladiy va/yoki kumush qo‘llaniladi.[6]
Platina 95% soflik darajasida qo‘llaniladi (950 -chi probaga mos keladi).
Hozirda ayrim zargarlik taqinchoqlari titandan ham yasalmoqda.
Rangli metall qotishmalarining o‘ziga xos xususiyatlari (elektr va issiqlikni o‘zidan yaxshi o‘tkazishi, plastikligi, korroziyaga bardoshligi va boshqa xossalari mashina detallarida ish sharoitiga ko‘ra temir qotishmalardan qimmat bo‘lsada, ulardan foydalaniladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling