I.Bob . Qotishma haqida umumiy ma’lumot
I.1. Mis va boshqa metal qotishmalari
Qotishma kamida bittasi metall boʻlgan ikki yoki undan koʻp unsurlarning qattiq aralashmasidir. Qotishma metall xossalariga ega boʻlgani bilan, tarkibidagi moddalardan farq qiladi.
Bir metalldan yasalgan qotishma shu metall xossalarini yaxshilaydi. Masalan, poʻlat uning asosiy masalligʻi - temirdan mustahkamroqdir. Odatda qotishmalar ularning masalliqlarini eritib, aralashtirish natijasida hosil qilinadi. Qotishmalar mashinasozlik, kemasozlik, aviatsiya va qurilish sanoatlarida qoʻllaniladi.
Keng miqyosda ishlab chiqariladigan qotishmalarga quyidagilar misol boʻladi:
1 – jadval .
Qotishma nomi
|
Tarkibi
|
Xossasi
|
Qoʻllanilishi
|
Bronza
|
80 – 92% Cu
2%Zn
6%Sn, Al, Pb, Si
|
Qattiq
|
Mashina qismlari, qurollar, sanʼat asarlari
|
Jez
|
60 – 90% Cu
40 – 10% Zn
|
Yemirilishga barqaror, egiluvchanligi yuqori
|
Mashina ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida, xoʻjalik buyumlar ishlab chiqarishda
|
Melxior
|
70 – 80% Ni
18 – 30% Cu, Fe, Mn aralashmasi
|
Yemirilishga barqaror, koʻrinishi chiroyli yaltiroq
|
Tibbiy texnika, turmushda qoʻllaniladigan idishlar, zargarlik buyumlari
|
Dyuralyuminiy
|
80 – 95% Al
13 – 1,5% Cu
0,5% Mg
0,5% Mn va boshqalar
|
Bardoshli, yengil
|
Aviatsiyada, velosiped qismlari va boshqalar
|
Monel-metall
|
65 – 70% Ni
30% Cu, Fe, Mn aralashmalari
|
Yemirilishga barqaror, ishqalanishga chidamli
|
Kimyo, neft sanoatida, tibbiyotda, kema, moneta yasashda ishlatiladi
|
Zanglamaydigan poʻlat
|
60 – 80% Fe
10 – 20% Cr
8 –20% Ni va boshqalar
|
Mexanik barqarorlik, yemirilishga barqaror
|
Xirurgiya asboblari, idish-tovoqlar
|
|
|
|
|
Poʻlat eng keng qoʻllaniladigan qotishma boʻlib, temirni 0.02-1.7% massali uglerod bilan aralashtirish natijasida hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |