Aniq va tabiiy fanlar


Kurs ishi qо‘yidagicha tuzilishga ega bо‘lishi mumkin


Download 4.28 Mb.
bet24/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Kurs ishi qо‘yidagicha tuzilishga ega bо‘lishi mumkin.





    1. Titul varog‘i. U qо‘yidagi talablar asosida shakllantiriladi. Yuqorida - oliy ta’lim muassasa va kafedra nomi, varoqning о‘rtasida talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi, kursi va fakulteti yozi- ladi. Quyirokda kurs ishining mavzusi, yana о‘ngdan ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi, chapda uning ilmiy daraja va unvoni kо‘rsatiladi. Pastda - kurs ishi yozilgan yil qayd qilinadi .

    2. Mundarija, bunda kurs ishining rejasi va uning bob, bо‘limlari kо‘rsatiladi. Mundarija kurs ishining tuzilishiga qat’iy mos bо‘lishi, qisqa, lо‘nda, ketma-ketlikda va aniq tarzda uning ichki mantiqini ochib berishi zarur. Shuningdek, unda ishning xar bir bobi va paragrafi qaysi sahifadan boshlanishi aniq kо‘rsatiladi.

Kirish. Ishning bu qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning asosiy xarakteristikalari (tadqiqotning muammosi, obyekti, predmeta, kо‘rib chiqiladigan muammolar, maqsad-vazifalari, gipotezasi) kо‘rsatiladi.
Kirishda, shuningdek, tadqiqotning asosiy g‘oyasi xaqida xam ma’lumot beriladi. Bu qismda adabiyotlarga havolalar berish va, ayniqsa, kо‘plab sitatalarni keltirish shart emas. Ishning kirish qismi A-4 formatli, 2-3 varog‘dan iborat bо‘lishi zarur.
Kirish qismida quyidagilar yoritilishi lozim:
mavzusining dolzarbligi;
ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari; mavzuning о‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili;
mavzusining ilmiy yangiligi; tadqiqot predmeti va obyekti; tadkikotning ilmiy axdmiyati.
Tadqiqotning asosiy harakteristikalari tо‘g‘ri shakllaitirilganligini bilish uchun quyidagi savollarga javob berishga harakat qilinishi kerak:
-tadqiqot muammosini aiiqlashda - Oldin о‘rganilmagan muammolardan qaysi birini о‘rganish zarur?
-tadqiqot mavzusini tanlashda - Tadqiqot muammosi kurs ishi mavzusida о‘z aksini topganmi?
-dolzarblikni asoslashda - Nima uchun aynan shu muammoni bugun о‘rganish shart?
- tadqiqot obyektini belgilashda - Nima tekshiriladi?
-tadqiqot predmetini aiiqlashda - Obyektning qaysi yangi jihatlari, munosabatlari, aspektlari, tomonlari, funksiyalari tadqiq qilinishi zarur?
-tadqiqot maqsadini shakllantirishda - Maqsadga erishish uchun nima qilish kerak? Amalga oshiriladigan vazifalar vositasida maqsadga erishish mumkinmi?
-tadqiqot gipotezasini ilgari surishda - Tadqiqot maqsadiga erishish uchun qaysi yо‘ldan borish zarur?
-ochiq ximoyaga olib chiqilayotgan xolatlarni aniqlashda - Tadqiqotning obyekti va predmetida boshqalar sezmagan qanday xususiyatlar bor? va x-k.
Kurs ishi talabalarni tadqiqotga jalb qilishning birinchi bosqichi bо‘lganligi tufayli unda barcha xarakteristikalarni kо‘rsatib berish shart emas. Ularning
ayrimlarigina, xohishga kо‘ra, aniqlashtirilishi mumkin (masalan, gipoteza). Xarakteristikalarni shakllantirish ilmiy rahbar malakasi, mahorati, talabaning tayyorgarligi, tadqiqot mavzuning spesifikasi va boshqa vaziyatlarga bog‘lik bо‘ladi. '
Kurs ishi mavzusini kelgusida chuqurroq, kengroq doirada о‘rganib, uni bitiruv malakaviy ish sifatida davom ettirmoqchi bо‘lgan talabalar tadqiqot ilmiy tuzilmasining barcha qismlarini jiddiy о‘ylab kо‘rishi zarur.


  1. Download 4.28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling