Aniq va tabiiy fanlar


Kurs ishining asosiy qismi


Download 4.28 Mb.
bet25/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Kurs ishining asosiy qismi. Rejadagi asosiy punktlarni о‘z ichiga oladi. Unda tekshirilayotgai masalaning mavzusi va nazariyasi kо‘rsatiladi, mavjud adabiyotlarniig tanqidiy tahlili beriladi, muallifning о‘z nuqtai nazari bayon qilinadi. Sо‘ngra mustaqil ravishda о‘tkazilgan tadqiqotning metodlari, tashkil etilishi va natijalari bayon qilinadi.

Ishni mavzuga doir adabiyotlar bilan ishlashdan boshlash zarur. Bibliografik ma’lumotlarning 3 xil manbasi ajratiladi:

  1. birinchi (maqolalar, dissertasiyalar, monografiyalar va b.);

  2. ikkinchi (bibliografiya, referativ jurnallar, ilmiy axborot va b.);

v) uchinchi (boshqa kitoblardan terib olib yozilgan asarlar, lug‘atlar va b.).
Bibliografik (qayerda, qanday manbalarda zaruriy ma’lumotlar bor) va sof ilmiy - ma’lum bо‘lgan bilimlar mazmunini bildiruvchi ma’lumotlarni farqlash kerak.
Kurs ishini yozish jarayonida sohaga oid ilmiy, ilmiy-pedagogik jurnallarni kо‘rib chiqish zarur. Bunda jurnallarning yil uchun oxirgi sonida maqolalarning mavzular bо‘yicha kо‘rsatkichi nashr qilinadi. Muayyan mavzular bо‘yicha adabiyotlar tavsilotlari bilan tanishish ham foydadan holi bо‘lmaydi.
Tadqiqot mavzusi bо‘yicha ma’lumotlar yig‘ish natijasida quyidagilarga ega bо‘lish lozim:

  1. kim va qayerda (qaysi ilmiy muassasa, markazlarda) tadqiqot mavzusi yuzasidan ishlagan va ishlamoqda?

  2. ushbu ishlarning natijalari qaysi manbalarda e’lon qilingan?

v) mazkur natijalar nimalardan iborat?
Talaba tomonidan qо‘lga kiritilgan ma’lumotlar yozma ravishda qayd qilinadi.
Ularning uch turi mavjud.
Birinchi materiallarga bibliografik kartochkalardagi yozuvlar, sitatalar, ilmiy filmlar, tadqiqot muammosiga doir alfavit katalog kiradi.
Ikkinchi materiallar ilmiy yoki metodik manbadagi ma’lumotlarni analitik- sintetik qayta ishlash natijasi bо‘lgan yozuvlar, rejalar (sodda va murakkab), grafik- sxemalar, mustaqil ravishda tuzilgan predmet- kо‘rsatkichlar, annotasiya, tezis, konspekt va bonqalardan iborat bо‘ladi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling