Aniq va tabiiy fanlar


Talaba mustaqil ishini nazorat qilish vabaholash


Download 4.28 Mb.
bet21/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Talaba mustaqil ishini nazorat qilish vabaholash


Har bir fan bо‘yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi (ishchi о‘quv rejasiiing 10- ustunida keltirilgan) profsssor-о‘qituvchi shaxsiy ish rejasining tashkiliy-uslubiy bо‘limida (1540 soat doirasida) qayd etiladi.
Talaba kurs ishi (loyixasi)ni hamda malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlashga ajratilgan soatlar, professor-о‘qituvchi shaxsiy ish rejasiniig о‘quv ishlari bо‘limida qayd etiladi.
Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigai fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadigan konsultasiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi.
Talabaning mustaqil ishi bо‘yicha konsultasiya soatlari guruh jurnalida qayd etib boriladi.
Talaba mustaqil ishini nazorat qilish о‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabaning mustaqil ishi, muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos reyting ballari bilan baholanadi va natijasi fan bо‘yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi.
Talabaning - reyting kо‘rsatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi bо‘yicha, an’anaviy guruh reyting oynasida va (yoki) fakultetning maxsus elektron tarmog‘ida yoritib boriladi.
Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash me’zonlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet Ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash me’zonlari talabalarga о‘quv yili (semestri) boshlanishi oldidan metodik materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.
Mustaqil ish bо‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 55% dan kam ball tо‘plagan talaba fan bо‘yicha yakuniy, nazoratga quyilmaydi.
Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bо‘yicha о‘zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlari va fakultet ilmiy kengashlarida muhokama etib boriladi.
Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida rо‘yxatga olinadi va о‘quv yili mobaynida saqlanadi.
Talabaning kurs ishi (loyixasi)ni xamda malakaviy bitiruv ishi yoki magistrlik dissertasiyasini rо‘yxatga olish va saqlash tartibi tegishli meyoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasasida yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantiriladi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling