Aniq va tabiiy fanlar


Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari


Download 4.28 Mb.
bet20/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari


Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan(kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik о‘zlashtirish darajasi va kobiliyatini xisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
ayrim nazariy mavzularni о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil о‘zlashtirish;
berilgan mavzu bо‘yicha axborot (referat) tayyorlash; seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rish; laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik kо‘rish; xisob-grafik ishlarini bajarish;
kurs ishi (loyixasi)ni bajarish;
malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qо‘llash;
amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish (keys-stadi); maket, model, namunalar yaratish;
ilmiy maqola, anjumanga maruza tezislarini tayyorlash.
О‘qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan xam foydalanilishi mumkin.
О‘quv fanlari bо‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi.
Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan bо‘yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishining tashkiliy shakllari, toishiriqlar variantlari ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun fanlar bо‘yicha talabalarga zaruriy metodik qо‘llanma, kо‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Talaba mustaqil ishining axborot ta’minoti


Talaba uchun muayyan fan bо‘yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra professori (yoki yetakchi dosent) tomonidan о‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi о‘qituvchi bilan birgalikda tuziladi, hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish bо‘yicha dastlabki kо‘rsatma va tavsiyalar qayd etiladi.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbaasi sifatida darslik va о‘quv qо‘llanmalar, metodik qо‘llanma va kо‘rsatmalar, ma’lumotlar tо‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bо‘yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
Kafedra mudiri va tegishli fakultet dekani taqdimnomasi asosida oliy ta’lim muassasasi raxbariyati talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy axborot manbaa va vositalarini belgilaydi, talabalarga turli kutubxonalar, muzeylar, tarmoq muassasalari va korxonalaridan mustaqil ish uchun zaruriy ma’lumotlar tо‘plash yuzasidan sо‘rovnoma xatlarini rasmiylashtirib beradi,
Oliy ta’lim muassasasi raxbariyati tomonidan talabalarga mustaqil ishlarni о‘z vaqtida bajarish uchun kompyuter texnikasi va Internet tarmog‘idan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi.



Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling