Aniqlash metodikasi


Sifat va bahoni o‘rganishning adekvat metodlari (uslublari)


Download 187.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi187.83 Kb.
#1535150
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOZORNI TADQIQ QILISH

 
Sifat va bahoni o‘rganishning adekvat metodlari (uslublari).
Tadqiqotlarda qo„llanilgan yondashuv sifat muammolarini boshqa 
tovar kategoriyalarida ham o„rganish imkonini beradi.
Mexratra va Pammer mahsulot xususiyatini, sifatni qabul qilish 
bilan bog„lovchi metodologik yondashuvni taklif qiladilar. Unga ko„ra 
fokus-guruh bilan ish davomida yoki iste‟molchilar bilan bo„lgan 
chuqurlashtirilgan intervyular natijasida signal va foydalar tuziladi
foydalarni tasvirlash uchun semantik differensial shkalalar ishlab 
chiqishadi; signallarning muhimligini aniqlash uchun kopmromiss baho 
qo„llaniladi; respondentlar mahsulot va signallar o„rtasida moslikni 
(topadilar) ko„radilar. Bunday analiz signal va foydalar o„rtasidagi 
bog„liqlikni aniqlashtiradi, har bir signalning bahosi raqobatlashayotgan 
markalar haqida ma‟lumot beradi.
Mazkursi va Yakobi, shuningdek, obyektiv signallarni ko„rib 
chiqishdan to sifatni yuqoriroq darajada tasavvur qilishgacha bo„lgan 
xulosalar jarayonini kuzatish protsedurasini qo„llash zarurligini tan 
oladilar. Mustaqil fikrlash protsedurasi o„rniga ular ma‟lumotni qayta 
ishlash jarayonining qo„lladilar: tovar atributlari haqida ma‟lumot 
berilgan respondentlardan keltirilgan har qanday ma‟lumotdan kelib 
chiqqan holda uni sifatini aniqlashni so„radilar. Bu uslub tanqidga loyiq 
bo„lsa-da, u qaysi ma‟lumotlar iste‟molchi tomonidan sifat signali deb 
sifatida qabul qilinishini aniqlab beradi. Undan tashqari, tajriba 
shartlarini haqiqatga moslashtirish mumkin.
Sifatni o‘lchash jarayoni.
Sifatni o„lchashga oid akademik tadqiqotlarga ko„ra bir o„lchamli 
shkalalar qo„llaniladi, ular sifatni iste‟molchi tanlagan har qanday 
shaklda 
tushuntirish 
imkonini 
yaratadi. 
Xert-Andersonning 
ta‟kidlashicha, bir o„lchamli shkalalar metodologik jihatdan ta‟sirli 
emas. Holbruk va Korfman esa “sifat o„lchovini 2 xil talqin qilishini 
shkalalar bilan almashtirish zarur” degan fikrda turib olganlar. 


Parasuraman, Zaytaml va Beri xuddi shu yondashuvdan foydalanadilar: 
xizmat sifatini o„rgana turib, ular sifatni unda shakllangan o„lchamlarda 
tasavvur qiladilar va tadqiqotlarning birinchi fazasidagi tushunchalar 
doirasida o„rganib chiqadilar. Bugungi kunda Bruks va Zaytaml shu 
talqinga asoslangan iste‟molchilar tomonidan uzoq muddatli tovarlar 
sifatini qabul qilishga oid tadqiqot o„tkazmoqdalar. Shuningdek, shu 
o„lchamlarni bildiruvchi tovar belgilarini aniqlash qachon va qanday 
ular boshqa signallar o„rnida ishlatilishi mumkinligini analiz qilish 
zarur.

Download 187.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling