Aniqlash. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlash. Elektr jihozlarni sinash usullari
Elektr jihozlarini sinash uslullari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
M A-2 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. Elektr mashinalarini qabul qilish va profilaktika sinovlarining dasturi.
10. Elektr jihozlarini sinash uslullari.
Elektrotexnik jihozlar deb-vazifasiga koʻra ishlash jarayonida elektr energiyani ishlab chiqaruvchi, boshqa turga aylantiruvchi, uzatuvchi, boʻlib beruvchi yoki ist’emol qiluvchi jixozlarga aytiladi. Elektr mashinalar, transformatorlar, elektr apparatlar va boshqalar elektrotexnik jihozlarga misol boʻla oladi. Elektrotexnik jihozlarni sinashda voltmetr-ampermetr, bittali yoki ikkilangan koʻprik, logometrik ommetr usullarini biridan foydalaniladi. Davlat standarti GOST 183-74 va 11677-85 larga asosan ishlab chiqarilgan elektr mashina va transformatorlar quyidagi sinovlardan oʻtkaziladi: - elektr mashinalar: qabul qilish- topshirish, davriy, namunaviy; -transformatorlar: qabul qilish- topshirish, namunaviy, davriy; -kichik quvvtli elektrodvigatellar: qabul qilish-topshirish, sifatini belgilash, davriy, namunaviy; Qabul qilish-topshirish sinovlari xar bir ishlab chiqarilgan elektr mashinada oʻtkaziladi, shuning uchun ushbu sinovlarning xajmi chegaralangan boʻlishi kerak. SHu bilan bir vaqtda sinov natijalari elektr mashinani ishga yaroqliligiga va pasportidagi berilgan kattaliklariga mosligini tasdiqlashi kerak. 11. Elektr mashinalarini qabul qilish va profilaktika sinovlarining dasturi. Asinxron dvigatelning qabul qilish-topshirish dasturini xajmi 7-punktdan, sinxron dvigatelniki 9- punktdan va oʻzgarmas tok dvigatelniki 7- punktdan iborat boʻladi. Mislo uchun asinxron dvigatelning qabul qilish-topshirish dasturini xajmiga quyidagilar kiradi: -yuqori chastotali aylanishlardagi sinov -issiqlika chidamlildik sinovlari -foydali ish koeffitsentini aniqlash -silkinish(vibratsiya)ni oʻlchash -shovqun darajasini oʻlchash -quvvat va sirpanish koeffitsentini aniqlash -maksimal aylanish momentini aniqlash. Elektr mashinani izolyatsiyasini xolatini birlamchi koʻrigi uni olib kelinib fundamentga oʻrnatilgandan soʻng oʻtkaziladi. Bundan maqsad elektr mashinani olib kelish va oʻrnatish vaqtida kelib chiqishi mumkin boʻlgan izolyatsiyasidagi kamchiliklarni bartaraf qilish, quritish yoki quritish kerak emasligi xaqida xulosalar qilinadi. Yuqoridagi bajariladigan ishlar elektr mashinani tashqi koʻrikdan oʻtkazish va izolyatsiyasini namlanganlik xolatini oʻrganib chiqishni oʻz ichiga oladi. Tashqi koʻrik davrida elektr mashinani choʻlg’omlarini pazdan chiqish joylari, oldi qismi, pazlardagi klinlar, bandajlar, buyoqlari va loklarini xolatlariga etibor qaratiladi. SHuningdek pazni poʻlat paketlarida siljishlar yoʻqligi, ezilmaganligi, sinishlar va uzilishlar yoʻqligi, kirish ulanishlari (vvod)ni mustahkam qilinganligiga xam etibor beriladi. Oʻzgarmas tok mashinalarida bundan tashqari yakor, qutublar, qutublar aro ulanishlar, kollektor, chetka va chetka ushlagich xam koʻrikdan oʻtkaziladi. Quyidagi xujjatga asosan «Инструкция по определению возможности включения вращающихса электрических машин переменного тока без сушки» elektr mashinani namlanganlik xolati xar bir ulanma yoki faza choʻlgʻomi uchun aloxida koʻriladi. Izolyatsiya xolatini baholash kriteriyasi quyidagi oʻlchov qiymatlariga bogʻlik; 1.R 60 II - izolyatsiya qarshiligini +10 o S dan kam boʻlmagan xaroratdagi absolyut qiymati 2.Absorbitsiya koeffitsienti K abs = R 60 II / R 15 II ni 10-30 o S xarorat oraligidagi oʻlchangan qiymati 3.Izolyatsiyadan oʻtuvchi tokni sinov kuchlanishiga bogʻlikligi i ut = ƒ (U nom ) va nochiziqlilik koeffitsienti K nelin 1.R 60 II va K abs qiymatlar me’yor darajasida boʻlsa quvvati 5000 kVt gacha, aylanish tezligi 1500 ayl/min boʻlgan elektr mashinalar quritilmasdan ishga tushiriladi. Ushbu kattaliklarni biri me’yordan farq qilsa unda i ut va K nelin aniqlanadi va quyidagi kombinatsiyalar bajarilsa ishga tushirish mumkin boʻladi. 2.K abs ≥ 1,1 va K nelin ≤ 1,2 da R 60 II va i ut me’yorda 3.K nelin ≤ 1,2 da R 60 II va i ut me’yorda shartlar bajarilganda elektr mashinalarni quritmasdan ishga tushirish mumkin boʻladi. 1.R 60 II - izolyatsiya qarshiligini absolyut qiymatini oʻlchashda xar bir fazani yoki choʻlgʻomni qobiqqa va boshqa yerga ulangan choʻlg’omlariga nisbatan oʻlchovi oʻtkaziladi. CHoʻlgʻomni kuchlanishi 660 V dan yuqori boʻlgan mashinalarni izolyatsiya qarshiligi 2500 V li megommetr bilan oʻlchanadi. CHoʻlgʻomni kuchlanishi 660 V gaga boʻlgan mashinalarni izolyatsiya qarshiligi 1000 V li megommetr bilan oʻlchanadi. Oʻlchov ishlari tugalangandan soʻng choʻlgʻom yerga ulash qurilmasiga 2 minutdan kam boʻlmagan vaqtga ulab qoʻyiladi. 2. Absorbitsiya koeffitsienti K abs = R 60 II / R 15 II ni eng kichik qiymati 10-30 o S xarorat oraligida I gruppadagi elektr mashinalar uchun 1,2 ga va II gruppadagilar uchun 1,3 ga teng. 3.Izolyatsiyadan oʻtuvchi tokni i ut = ƒ (U nom ) kenotron apparat yordamida xarakteristikasi sinov kuchlanishini beshta kattaligida olinadi, ya’ni U min dan U max gacha bir xilda pog’onalardagi kattaligi oʻlchanadi. I gruppadagi elektr mashinalar uchun U max =2,5 U nom ga teng va pog’onalarga tavsiya kilinadigan kuchlanish kattaligi 0,5 U nom tashkil qilishi kerak.Xar bir pogona uchun i 15 II va i 60 II oʻtuvchan tok qiymatlari olinadi. 4. Nochiziqlilik koeffitsienti K nelin sinov kuchlanishini U min va U max ni 60 chi sekundagi oʻtuvchan tok qiymatlari asosida aniqlanadi va K nelin = i max * U mun / i min * U max xolda U min =0,5 U nom deb olinadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling