Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Tadqiqot uslubiyoti 
Yuqoridagi dolzarb vazifalardan kelib chiqib, 2018-2019 yillar davomida 
mavzu yuzasidan tadqiqotlarimiz Farg‘ona viloyatining Quva tumanida joylashgan 
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va еtishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot 
instituti ilmiy tajriba stansiyasining o‘tloqi soz, mexanik tarkibiga ko‘ra og‘ir 
qumoq, kam sho‘rlangan, sizot suvlari 1,6-1,8 metr chuqurlikda joylashgan tuproq 
sharoitida olib borildi. Tajribada har bir nav uchun 8 ta variant olingan bo‘lib,3 ta 
takrorlanishda joylashtirildi.


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
44 
Ajratilgan variantlarga S8290 va S6775 g‘o‘za navining ko‘saklari 30-40 % 
xamda 50-60 % ochilgan muddatda yuqoridagi defoliantlarning ko‘rsatilgan
me’yorlari qo‘llanilib, ularning maqbul qo‘llash me’yori va muddati aniqlandi.Ilmiy 
izlanishlar O‘zPITIda qabul qilingan «Metodika polevыx opыtov s xlopchatnikom» 
(1981), “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” (2007) qo‘llanmalari asosida olib 
borildi.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi 
O‘tkazilgan kuzatuv va tahlillarda tadqiqot o‘tkazilgan 2018-2020 yillar 
sharoitida S-8290 g‘o‘za navining nazorat variantida yillarga mutanosib ravishda bir 
ko‘sakdagi paxta vazni 5,41-5,41-5,43 g ni, o‘rtacha esa 5,42 g ni tashkil qildi. 
SuyuqXMD defolianti 8,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda bir ko‘sak paxta vazni 
nazoratga nisbatan 0,1 g ga kam bo‘ldi. Buni defoliantning qattiq va tez ta’sir qilib, 
g‘o‘za barglarining qovjirashi oqibatida ko‘saklarning to‘la pishmasdan ochilishi 
bilan ifodalash mumkin. 
Entodefol defolianti 0,20 l/ga me’yorda qo‘llanilganda nisbatan yuqori natija 
olinib, bu variantdagi bir dona ko‘sakdagi paxta vazni o‘rtacha 5,72 g ni tashkil 
qildiki, bu ko‘rsatkich nazoratdan 0,3 g ga, andoza SuyuqXMD ta’siriga nisbatan 
esa 0,4 g ga yuqori bo‘ldi. 
FanDEF-a’lo defoliantining esa 7,0 l/ga me’yorida o‘rtacha bir ko‘sak 
paxtasining vazni nazorat va etalon (SuyuqXMD 8,0 l/ga) variantlariga nisbatan 0,2-
0,3 g ga ortiqroq ekanligi aniqlandi. (1-rasm). 
Ushbu variantlarda bir dona ko‘sak vaznining oshishiga sabab, biz yuqorida 
aytib o‘tganimizdek, ushbu variantlarda g‘o‘za barglarining 90,0-96,0 % gacha 
to‘kilishi natijasida, ko‘saklar quyoshdan tushayotgan yorug‘lik va issiqlikdan 
samarali foydalanganligi bois, unda sellyulozaning ko‘proq to‘planishi, shuningdek 
chigit tarkibida yog‘ va oqsillarning ko‘payishi hisobiga oshdi degan xulosaga 
keldik. 
Ikkinchi o‘rganilgan S-6775 g‘o‘za navining tasnifiga ko‘ra, bir dona ko‘sak 
vazni 5,7-6,5 g. gacha borib, bu albatta agrotexnik tadbirning qanday o‘tkazilishi 
hamda tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liq. 
S-6775 g‘o‘za navining ko‘saklari 30-40 % ochilgan fonda nazorat variantida 
yillar bo‘yicha bir ko‘sakdagi paxta vazni 5,24-5,45-5,55g ni, o‘rtacha esa 5,41 g ni 
tashkil qildi. SuyuqXMD defolianti 8,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda bir ko‘sak 
paxta vazni nazoratga nisbatan 0,05 g ga kam bo‘lganligi kuzatildi. 
Ushbu fonda ham Entodefol defolianti 0,20 l/ga me’yorda qo‘llanilganda 
nisbatan yuqori natija ko‘rsatdi va bir dona ko‘sakdagi paxta vazni o‘rtacha 5,77 g 
ni tashkil qilib, bu ko‘rsatkich nazoratdan 0,36 g ga, andoza SuyuqXMD ta’siriga 
nisbatan esa 0,41 g ga yuqori bo‘ldi. (2-rasm). 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling