Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
253 
UO‘T 631.2 
DAVLATLARARO MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARINI 
TAShKIL ETIShNING GEOEKOLOGIK JIHATLARI 
 
Qosimov Dilshodbek Baxodirovich 
 farg‘ona davlat universiteti
ekologiya kafedrasi o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada taranschegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarni tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan bo‘lib, Farg‘ona 
vodiysida tashkil etish imkoniyatlari asoslab berilgan. 
Kalit so‘zlar: IUCN, ekologik karkas, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, 
barqaror rivojlanish, rekreatsiya, turizm, biololgik va landshaft xilma-xilligi. 
Markaziy Osiyoda mintaqasidagi mavjud muhofaza etiladigan tabiiy 
hudud(METH)larni bo‘yicha yaxlit tizimga biriktirish hamda 
«Global 200» 
ro‘yxatidagi ekoregionlarni to‘liq muhofazasini ta’minlash uchun transchegaraviy 
muhofaza etiladigan tabiiy hudud(TMETH)
larni tashkil etish muhim vazifalardan 
biri hisoblanadi [9]. Farg‘ona vodiysi yaxlit artezian havza hisoblanib, ko‘plab 
daryo va soyliklar vodiy markaziga Sirdaryo tomonga oqib tushadi, lekin faqat 
Sirdaryogina vodiydan oqib chiqib, tranzit vazifasini bajaradi. Vodiyning 
suvayirgichlardan boshlab hisoblaniladigan maydoni 78 ming km
2
bo‘lib, unda 
O‘zbekiston respublikasining Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari joylashgan 
hudud 19,3 ming km
2
ni tashkil etadi. Farg‘ona vodiysida tabiat, aholi va xo‘jalik 
piramida shaklida tasvirlansa, tabiati “yupqa” va nozik, demografik yuki katta
xo‘jaligi o‘rtacha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi [2]. Shu bois, “Tabiat - aholi - 
xo‘jalik” uchlik tizimida aholi va xo‘jalikning faolligi juda yuqori bo‘lgan Farg‘ona 
vodiysida biologik va landshaft xilma-xilligini saqlab qolish hamda mintaqani 
barqaror rivojlanishini ta’minlash masalalari dolzarb xisoblanadi. 
Tabiatni muhofaza qilish va undan barqaror foydalanishda yuqori 
samaradorlikka erishish uchun barcha METHlar, jumladan transchegaraviy 
hududlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash zarurdir. Chunki, TMETHlar 
tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, uchib o‘tuvchi va tuyoqli yovvoyi 
hayvon turlarning havfsiz migratsiyasini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir [6, 
8]. Tabiatni muhofaza qilishning bunday shakli METHlarni butun dunyo bo‘yicha 
yagona tizimga birlashtirishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, xamkorlikda ilmiy 
tadqiqot ishlarini olib borish, turizm va boshqa sohalarda foydalanish hamda 
munozarali hududlarni hal etishga imkoniyat yaratadi [3, 4, 5].
Farg‘ona vodiysining MTEHlarga oid tavsiyalar ishlab chiqishda METHlarni 
yagona tizimga biriktirish bo‘yicha 
Butun jahon Yovvoyi tabiat Fondi (WWF) 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling