Annotasiyasi


II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TARBIYACHI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH METODIKASI


Download 1.41 Mb.
bet15/25
Sana19.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1626421
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
yulduz dessertatsiya ohir

II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TARBIYACHI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
2.1-§. Xorijiy tajribalar asosida tarbiyachilar kasbiy kompitentligini oshirish jarayonining mazmuni.
Tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarnining munosabati bo‘limida tarbiyachi katta rol o‘ynaydi.Chunki u yetakchi rolini bajaradi. Munosabat-pedagogik faoliyatinining eng asosiy professional kurolidir. Pedagogik munosabat esa - bu tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan mashg‘ulotda, mashg‘ulotdan tashkarida bo‘lgan professional munosabat. Bu munosabat ijobiy psixologik muxit yaratish uchun karatilgan.
Noto‘g‘ri pedagogik munosabat tarbiyalanuvchining ikkilanishiga, xotirasi, dikkatining bo‘linishiga, mustakil fikr yurita bilish, xoxishni keskin pasaytirib yuboradi. Natijada fakat tarbiyachiga emas, balki uning mashg‘uloti xam tarbiyalanuvchi tomonidan negativ karash paydo bo‘ladi.
Pedagogik (faoliyat) munosabat, sotsial-psixologik protsess singari kuyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi; shaxsni anglash, informatsiya almashish, faoliyatning tashkil etilishi, rollar almashuvi, hamdardlik va o‘zini ishontirish.
Munosabatning informatsiyaviy funksiyasi, ma’naviy boyliklarni va materiallar almashuvini ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy motivizatsiya uchun sharoit yaratadi. Tarbiyachi uchun bolani tushuna bilish, ularning etiyojlarini bilish muhim. Tarbiyalanuvchini darsga qiziqtirish va rag‘batlantirib turish kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining muhiti maktabdan ancha farq qiladi. Maktabgacha ta;lim tashkilotida pedagog- tarbiyachi bolaga ta’lim-tarbiyani asosan o‘yin faoliyat orqali beradi. O‘yin faoliyatidan tashqari mashg‘ulot jarayonida, mehnat faoliyati orqali bolani har tomonlama rivojlantirib, unda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga harakat qiladi. Tarbiyachi qanday faoliyatda bo‘lmasin bola bilan bevosita munosabatda bo‘lib, u etakchi rolni o‘ynaydi. Tarbiyachi bola tarbiyalashdan avval uni psixologik jihatdan o‘rganib chiqishi kerak. Bolaga baqirmaslik, jerkmaslik va uning shaxsini do‘stlari oldida pastga urmasligi kerak.
Tarbiyachi bolani qo‘llab-quvvatlashi, to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi shart. U bolada o‘ziga nisbatan ishonch xosil kilishi kerak. Bolaga ta’lim-tarbiya berib bo‘lmaydi. Chunki o‘zini erkin his kilmagan bola hech kachon normal rivojlanmaydi. Bu qo‘rquv bolada tarbiyachiga nisbatan, Maktabgacha ta;lim tashkilotiga nisbatan nafrat uyg‘otadi. Qo‘rquvni his kilgan bola hech kachon tarbiyachi tomonidan berilgan informatsiyani qabul qilmaydi. CHunki bolaning diqqati bo‘lingan bo‘ladi, unda ikkilanish, passivlik paydo bo‘ladi. Bunday vaziyat tuzilmasligi uchun tarbiyachining nutqi aniq ravon ifodali bo‘lishi kerak. Agar mashg‘ulotda passiv qatnashsa, uni aktiv bo‘lishga jalb qilish; bola noto‘g‘ri javob bersa - unga baqirmasdan xatosini tushuntirish, bolani rag‘batlantirish, uni ko‘ngliga yo‘l topish har bir tarbiyachining vazifasidir.
Tarbiyachining ijodkorligi asosan bolalar bilan o‘tkaziladigan biror bir tadbirlarni uyushtirishda namoyon bo‘ladi. Bu tadbirlarni uyushtirishda maqsad asosan bolalarni akliy rivojlanishiga qaratilgan. Bolalarni to‘g‘ri tahlil qilishga, to‘g‘ri fikrlashga va tushunishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Masalan: Navro‘z bayrami, kunning II yarim kuni ko‘ngil ochar soatlar, tug‘ilgan kunlar va boshkalar. Bu tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad bolalarni jamoaga to‘plab va jamoa bo‘lib, ijod kilishga karatilgan. Endi jamoa bo‘lib bajariladigan ishni kanday tashkil kilishni boskichlarga bo‘lib chiqamiz. (Jamoa bo‘lib bajriladigan ish)
I. Birinchi bosqich-jamoaning dastlabki ishi.
II. Ikkinchi bosqich-ishni jamoa bo‘lib rejalashtirish ishi.
III. Uchinchi bosqich-jamoa bo‘lib bajarish ishiga tayyorgarlik.
IV. To‘rtinchi bosqich-jamoa bo‘lib bajarish ishini o‘tkazish.
V. Beshinchi bosqich-jamoa bo‘lib bajrish ishini yakunlash. VI. Oltinchi bosqich-jamoa bo‘lib bajarish ishining natijasi.
I. Bosqichda tarbiyasiz bolalar bilan suhbat uyushtirib, ularni jamoa bo‘lib bajarish qanday ish bajarmoqchi ekanliklarini aniqlaydi. Masalan, biz kim va nima uchun ishlamoqchimiz? Qachon? Qaerda? Kim bilan, kim boshchilik qiladi?
II. Bosqichda tarbiyachi bolalar bilan bajariladigan ishni rejasini tuzib oladi. Buning uchun kichik-kichik guruhlar tuzib, ularda sizlar nima qilmoqchisizlar? Kim uchun bajarmoqchisiz? deb bolalarni qiziqishi va bajaradigan ishga munosabatini aniqlaydi.
III. Bosqichda tarbiyachi tadbirni o‘tkazish tashkilotchi rahbarini aniqlaydi. Ularga konsultatsiyalar beradi. Barcha masalalarni birgalikda hal qilish kerakligi, tadbirga tayyorgarlikni va o‘tkazishini nazorat kilish birbirlari bilan tajriba almashtirishni maslahat beradi.
IV. Bosqichda jamoa bo‘lib bajarish ishini o‘tkazish jamoa rejalashtirgan ishini amalga oshirish bu davrda tarbiyachi barcha egallangan bilimlarni ishga soladi va shuni yaxshi chikishi uchun harakat qiladi. Masalan, «otaonalar burchagiga har xil foto, stend, devoriy gazetalar».
V. Bosqichda jamoa bo‘lib bajarish ish yakunini kay darajada ekanini? Nimani bajara olding? Nima uchun? kabi savollarga javob izlanadi. Masalan, tarbiyachi har bir tarbiyalanuvchidan mana shu savolga javoblarni fikrlashga, aniqlashga qaratadi.
VI. Ish natijalarini birgalikda muhokama qiladi va uni ish tajribasi sifatida boshqa guruhlarga almashtiriladi. Metodik ko‘llanma qilib ishlab chiqiladi. Masalan, bolalar Maktabgacha ta;lim tashkilotisida tarbiyachilarning ish tajribalari.
Ko‘pgina tarbiyachilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, tarbiyachilar o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoѐn eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: ―Garchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz ѐki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir.
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. YA’ni, topshiriqni bajarish, masalani echishda talaba echimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri echimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash). YUqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin:
Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayѐrlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoѐn bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi.
Devid Lyuisning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko‘rsatmalari
1. Bolalarning savollariga chidam bilan to‘g‘ri javob bering. 19
2. Ularning savollari va fikrlarini jiddiy qabul qiling.
3. Bolalarga o‘z ishlari bilan shug‘ullanishlari uchun alohida xona yoki burchak ajrating.
4. Agarda ijodiy jarayon bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda bolani xonadagi tartibsizlik uchun koyimang.
5. Vaqti-vaqti bilan bolalarga ularni yaxshi ko‘rishingizni va ularni qanday bo‘lsalar, shunday qabul qilishlarini namoyon eting.
6. Bolalarga imkoniyatlariga mos yumushlarni buyuring.
7. Ularga shaxsiy rejalarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishga ko‘maklashing.
8. Bolalarga faoliyatlarda yuqori natijalarga erishishlariga yordam bering.
9. Kamchiliklarini ko‘rsatgan holda bolani boshqalar bilan solishtirmang.
10. Bolani kamsitmang va o‘zini yomon, ojiz deb hisoblashishiga yo‘l qo‘ymang.
11. Uni mustaqil fikrlashga o‘rgating.
12. Bolani sevimli mashg‘ulotini tashkil etishi uchun zarur buyumlar bilan qurollantiring.
13. Uni turli voqealarni o‘ylab topishga, fantaziya qilishga majburlang, bu jarayonda unga yordamlashing.
14. Bolani yoshlikdan o‘qib-o‘rganishga odatlantiring.
15. Doimo bolaning ehtiyojlariga e’tibor qarating.
16. Har kuni bola bilan yuzma-yuz suhbatlashish uchun vaqt toping.
17. Oilaga oid masalalarning muhokamasiga bolalarni ham jalb qiling.
18. Xatolari uchun bolani masxara qilmang.
19. Bolani har bir yutug‘i uchun maqtang.
20. Uning yutuqlarini maqtashda samimiy bo‘ling.
21. Bolani turli yoshdagi kishilar bilan muloqot qilishga o‘rgatib boring.
22. Uning borliqni anglashiga yordam beradigan amaliy tajribalarni o‘ylab toping.
23. Bolaga turli latta-puttalar bilan o‘ynashni taqiqlamang – bu uning tasavvurini boyitadi.
24. Uni muammoni topish va uni hal qilishga rag‘batlantiring.
25. Bolaga nisbatan o‘z munosabatingizni baholashda odil bo‘ling.
26. U bilan muhokama qilinadigan mavzularni cheklamang.
27. Bolaga qarorlarni mustaqil qabul qilish va uning uchun javobgar bo‘lish imkonini bering.
28. Bolaga uning shaxs bo‘lib shakllanishi uchun yordam bering.
29. Bolaga uning uchun foydali bo‘lgan teleko‘rsatuvlarni tomosha qilishi va radio eshittirishlarni tinglashi uchun ko‘maklashing.
30. Uni o‘z qobiliyatlarini ijobiy qabul qilishga odatlantirib boring.
31. Bolani kattalardan mustaqil bo‘lishga o‘rgatib boring.
32. Bolaning o‘ziga va uning sog‘lom fikrga egaligiga ishoning.
33. Bolaga “Men ham buni bilmayman” deb, uni muvaffaqiyatsizliklarga bee’tibor bo‘lishga o‘rgatmang.
34. Bolaga, garchi u ishning ijobiy natijaga ega bo‘lishiga ishonmasa-da, boshlangan ishni oxiriga etkazishi uchun imkoniyat yarating.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling