Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet202/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Piridoksin gidroxlorid 
(Pyridoxini hydrochJoridum).
Sinonimlari: vitamin B6, pirivitol.
Farmakologik ta’siri. Moddalar almashinuvida katta rol o‘ynaydi. Organizmda
fosforillanib, piridoksal-6-ibsfat kofermentiga aylanadi.
Aminokislotalarning dekarboqsillanishi va qayta aminlanishida ishtirok etadigan
fermeitlar tarkibiga kiradi. Lipidlar almashinuvida ishtirok etadi. Homilador ayollar va
go‘dak bolalarda vitamin B6 yetishmovchiligi boshlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Ishatiladigan o‘rni. Piridoksin yctishmovchiligining alimentar va ikkilamchi xili
homiladorlar toksikozlari. Ensefalitdan keyingi parkinsonizm va boshqa turdagi
parkinsonizmlar. Xoreya. Chaqaloqlarda bo‘lib turadigan talvasa sindromi. Pellagra
(nikotinat kislota bilan birgalikda). Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi.
Mikrotsitar gipoxrom ancmiya. Periferik nerv sistemasi kasalliklari. Nur kasalligi. O‘tkir
va surunkali gepatit. Seboreya va eksfoliativ dermatit, ayniqsa go‘dak bolalarda
uchraydigan dermatitlar. Bclbog‘ lemiratki, neyrodermitlar. Ekssudativ diatez. Tubazid
va silga qarshi boshqa preparatlar ishlatilganida ro‘y beradigan zaharlanish hodisalari.
Ishlatish usuli va dozalari, 0,02-0,05 g dan kuniga 1-3 mahal ichiladi; 1% li, 2,5%
li va 5% li eritmalari 1-2 ml dan muskullar orasiga va teri ostiga yuboriladi. Davo kursi
1-3 oy.
Nojo‘ya ta’siri. Allergik reaksiya (eshakem toshishi va boshqalar).
Yara kasalligi va jigarning og‘ir kasalliklari mahalida ehtiyot bo‘lish (ko‘pi bilan
kuniga 0,025 g miqdorida ishlatish) zarur.
Chiqariladigan shakli. Kukun, o‘rtasi chizilgan, 50 donadan o‘ralgan 0,002 g va
0,01 g li tabletkalar, 10 donadan o‘rog‘lik holda chiqariladigan 1 ml li ampulalar,
bularning ichidagi eritmasi 1 % li va 5% li bo‘ladi.
Saqlash shartlari. Yorug‘ tushmaydigan, salqin joyda saqlanadi. Aleykiyalarning
rivojlanish mexanizmi kam o‘rganilgan. Biroq, ularga nuklcin kislotalar almashinuvining
buzilishi sabab bo‘ladi, deb hisobdaydilar. Shuning uchun kasalliklarga davo qilish
uchun nuklein kislota unumlari qo‘llaniladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling