Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet210/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Tayanch iboralari: 
Regeneratsiya
-yangi to`qimalar hosil bo`lishi
Gallyutsinatsiya
-ruhiy o`zgarish
Feminizatsiya
- ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo`lishi.
Jinsiy a`zolarning gormonal moddalari 
Ayollar jinsiy a`zolarining gormonal moddalari estrogen va gestagenlarga bo`linadi.
Estrogenlar qatoriga steroidlar — estron (follikulin), estradiol hamda sintetik
moddalardan sinestrol kiritiladi.
Fiziologik holatda estrogenlar jinsiy vonga yetish davrida bachadon, fallopiy
naylari, qinning rivojlanishini va'ikkilamchi jinsiy belgilarning yuzaga chikishini
ta`minlaydi.
Organizm
jinsiy
voyaga
yetgandan
keyin
bachadon
epiteliysi
proliferatsiyasini, ya`ni hayz sikli bosqichlarini, bachadonda kon aylanishini, uning
oksitotsinga sezuvchanligini ta`minlaydi, homiladorlikka tayerlaydi. Shuningdek
estrogenlar oqsillar hosil bo`lishiga, suyakning kalsiyni o`zlashtir.ishiga yordam beradi
hamda markaziy nerv sistemasi, ayniksa vegetativ markazlar faoliyatida ishtirok etadi.
Shuning uchun estrogenlar yetishmovchiligida — klimakterik holatlarda turli ruhiy
o`zgarishlar paydo bo`ladi.
Estrogenlar tuxumdonlar faoliyati yetishmovchiligida amenoreya, dismenoreya
hamda erkaklarda prostata bezining rak kasalligida, ayollarda sut bezlari o`smalarida (60
yoshdan keyin) qo`llanadi. Estrogenlar uzoq vaqt qo`llanganda bachadondan qon ketishi,
shishlar paydo bo`lishi, me`daichak orqali yuborilganda ko`ngil aynashi, kusish, iya
ketishi mumkin. Erkaklarda qo`llanganda feminizatsiya, ya`ni ularda ayollarga xos
ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo`lishi, jinsiy kuvvat kamayishi mumkin. Estrogenlarni
endometritda bachadondan qon ketishiga moyil ayollarda qo`llash tavsiya etilmaydi.
Jigar kasalliklarida ehtiyotlik bilan ko`llanadi.
Gestagen gormonal moddalar: progesteron, oksiprogesteron kapronat, pregnin
hisoblanadi.
Fiziologik holatlarda tuxum hujayra yetilganda follikulalar bo`linib ketib,
ovulyatsiya jarayoni o`tadi, follikula o`rnida sariq tana hosil bo`ladi. Sariq tananing
asosiy gormoni progesterondir. Ushbu gormon bachadon endometriysi proliferatsiyasini
ta`minlaydi. Agar tuxum hujayra spermatozoid bilen qo`shilgan bo`lsa, progesteron
xomiladorlikni qo`llabkuvvatlab turadi, shuning uchun progesteron homiladorlik gormoni
deb ataladi. PrCh)gesteron bachadon epiteliysini proliferatsiya bosqichidan sekresiya
bosqichiga o`tkazadi, hamon shu bosqichda ushlab turib, embrionning rivojlanishiga
kulay sharoit yaratib beradi. Progesteron bachadonning oksitotsinga sezuvchanligini


kamaytiradi, shuning uchun bachadon kiskarishn kamayib, homila rivojlanib boradi,


keyinchalik yo`ldosh — platsentaning rivojlanishiga ham yaxshi ta`sir ko`rsatadi.
Gestagen gormonal moddalar homilani saklash uchun tuxumdon faoliyati
susayganda ekstrogenlar bilan birga bachadon bosqichiga qarab qo`llanadi. Gestagenlar
shuningdek klimakterik qon ketishlarda ham ishlatiladi. Progesteronning oz bo`lsada
androgen xususiyati bor, shuning uchun u homila jinsiy a`zolarining rivojlanishiga ham
ta`sir ko`rsatishi"mumkin.
Erkaklar jinsiy gormonal moddalari qatoriga androgenlar, bularga testosteron
propionat, testosteron enantat,metiltestosteron moddalar kiritiladi.
Fiziolopj holatda erkaklar jinsiy bezlarining, ya`ni prostata gormoni testosteron
jinsiy a`zolarni, ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlantiradi hamda spermatogenezni nazorat
qilib turadi. Shuningdek testosteronning anabolik xususiyati bor, ya`ni oqsillarni hosil
kilishda qatnashadi. Ular organizmda oksil moddalari yangilanib turishida katta o`rin
tutadi, shuning uchun qariganda, jinsiy gormonlar kamayib yoki faoliyati to`xtashi
.natijasida odam qarib boraveradi.
Androgen moddalar o`rinbosar davo uchun erkak jinsiy bezlari faoliyati
yetishmagan holatlarda — jinsiy ojizlikda, erkaklar klimaksida qo`llanadi. Ayollarning
klimakterik holatlarini hamda sut bezlari va tuxumdon o`smalarini davolashda qo`llanadi.
Androgenlar qo`llanganda organizmda natriy va suyuqlik to`olanib qolishi,
gipofizning gokadotrop faoliyati susayishi mumkin. Ayollarda qo`llanganda ikkilamchi
erkak belgilari paydo bo`lishi — ovoz dagallashishi, ayollarga xos bo`lmagan joyda jun
o`sishi kuzatiladi.
Nerobolil (fenobolin), nerobol (metandrostenolon), retabolnl

Anabolik steroidlar
androgen gormonlar asosida sintsz qilingan. Androgen moddalarning anabolik — oqsillar
hosil bo`lishiga ta`sir kilishi uzok yillardan beri ma`lum bo`lgan, gormonal ta`siri
bo`lgani uchun amaliyotda anabolizant sifatida deyarli qo`llanmagan. Kimyogarlar
mrddalarning anabolik va androgen xususiyatlarini ajratib olishning uddasidan chiqdilar.
Asosan anabolik ta`sir etuvchi moddalar olina boshladi. Bunday moddalar sinchiklab
o`rganildi va hozirgi vaqtda tibbiyotda keng qo`llanmoqda.
Anabolik moddalar oksil hosil bo`lishini orttirnb, parchalanishini kamaytiradi,
aminokislotalarning o`zlashtirilishini yaxshilaydi. Skelet mushaklarining vazni va kuchi
ortadi, ichki a`zolar — jigar, yurak, buyrak vazni ham ortib boradi. Suyaklarda kalsiyni
tutib qoladi, bu ayniksa osteoporoz kasallignda qo`l keladi. Anabolik moddalar umuman
regeneratsiya jarayonlariki oshiradi, chunki bular nafakat oqsillar, fermentlar,
somatotropin hosil bo`lishini, balki to`qimalarda oksidlannsh, fosforlanish jarayog`lzrini
orttiradi. Oqsillardan plazma ayniqsa albuminlar miqdori ortadi.
Anabolizantlar miokardni qisqartiruvchi oksillar sinteznii ko`paytirib yurak
faoliyatiga
ijobiy
ta`sir
ko`rsatadi.
Anabolizantlar
bolalar
amaliyotida

gipotrofiyalarda, gipoplastik anemiyalarda, yuqumli kasalliklardan keyin kaxeksiya,
asteniya, osteoporoz, nur kasalligida, glyukokortikoidlar bilan uzoq vaqt davolanganda
ko`llanadi. Bu moddalar oshkozon yarasi, surunkali gastrit, pankreatit, gepatit, miokard
distrofiyasini davolashda ham qo`llanadi. Anabolik moddalar yaxshi ta`sir etishi uchun
bemor yaxshi ovqatlanishi, organizmga yetarli miqdorda azot, kaliy, fosfatlar tushishi
lozim. Moddalarning ta`siri birinchi 10 kunda yaxshi seziladi, bu ta`sir keyinchalik
kamayib boradi.
Anabolik moddalar uzoq muddat mobaynida qo`llanganda nojo`ya ta`sir paydo
bo`ladi. Bolalar ayniqsa kizlarning rivojlanishi o`zgaradi, suyaklar o`sishdan to`xtaydi,
jigar faoliyati o`zgaradi, organizmda natriy va suyuqlik tutilib qoladi, shish paydo


bo`lishi mumkin. Qizlarda, ayollarda gonadotropin ajralishi kamayadi, xayz sikli


o`zgaradi, ovoz dag`allashib, yuzda xusnbuzarlar paydo bo`lishi mumkin. Nojo`ya
ta`sirlarning oldini olish uchun moddelarni 10—15 kun ko`llab, keyin tanaffus qilish
lozim bo`ladi.
Anabolizantlarni homilador, emizikli ayollarga, qonda bilirubin mikdori oshganda,
jigar kasalliklarida, lrostata bezi o`smalarida qo`llash man etiladi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling