Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Oqsil va polipeptid unumli gormonal moddalar
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
Oqsil va polipeptid unumli gormonal moddalar
Gipofiz bezining gormonal moddalari. Fiziologik holatda gormonlar gshyufizning old qismi, o`rta va orqa qismidan ajraladi. Gipofizning old qismida trop — boshqaruvchi gormonlar hosil bo`ladi, bu jarayon gipotalamus bilan bog`liqdir. Agar qonda trop gormoilar miqdori kamaysa yoki organizm alohida xolatga tushib qolsa (yallig`lanish ro`y bersa), gipotalamusdan rilizinggormonlar qonga chiqadi va gipofizdan trop gormonlar ajralishiga va ular miqdorining qonda oshishiga sabab bo`ladi. Keltirilgan misolda kortikotropin ko`p hosil bo`lib, qonga tushadi, shu tufayli buyrak usti bezidan glyukokortikoidlarning ajralishi ortib boradi, ular esa o`z navbatida organizmni og`riqqa chidamli qiladi, yalliglanishga qarshi ta`sir ko`rsatadi. Agar biror sababga ko`ra qonda trop gormonlar ko`payib ketsa, gipotalamusda rilizinggormonlar ajralishi kamayadi, shu tufayli gipofizda trop gormonlar kamayadi. Gipotalamusda hosil bo`lgan rilizinggormonlar past molekulali peptidlardan iborat bo`lib, liberin deb ataladi. Masalan, kortikotropin ajralishini orttiradigan rilizinggormon kortikoliberin, shu toifada qolganlari — tiroliberin, folliliberin, lyuliberin, somatoliberin, prolaktoliberin deb ataladi. Gipofiz trop gormonlari ajralishini kamaytiradigan moddalar statlnlar deb ataladi, masalan; somatostatin, chprolaktostatin shular jumlasidan. Hozirgi kunda liberin va statinlar tibbiy amaliyotda qo`llana boshladi, bu borada katta ilmiy ishl*ar olib borilyapti. Gipofiz old qismi gormonal moddalari qatoriga kortikotropin, somatotropin, tirotropin, menopauzali hamda xorionik gonadotropin, prolaktin kiritiladi. Kortikotropin 39, somatotropin 188. prolaktin 198 aminokislotalardan iborat, ular me`daichak shirasi ta`sirida parchalanadi, parenteral yo`llar orqali yuboriladi. Kortikotropin yoki AQTG buyrak usti bezlari faoliyatiga ta`sir ko`rsatadi, ularda kortikosteroidlar, ayniqsa glyukokortikoidlar hosil bo`lishini, ajralishini orttiradi. Qortikotropin ta`sirida buyrak usti bezlarida askorbinat kislota va xolesterin kamayib ketadi, chunki xolssterindan kortikosteroidlar hosil bo`ladi. Kortikotropin ta`siri asosan glyukokortikoidlarga o`xshab ketadi — yallig`lanishga, allergiyaga qarshi, immunodepressiv xususiyatlari bor qamda uglevodlar, oqsillar almashinuviga ta`sir ko`rsatadi. Bundan tashqari, kortikotropin miya qon tomirlari tonusini, o`tkazuvchanligini, ekstrapiramid sistema faolligini normallashtiradi, Kortikotropin ilgari revmatizm, poliartrit, bronxial astma, leykoz, neyrodermitlar, ekzemalar ha?lda allergik kasalliklarii davolashda keng ko`llanklardi. Hozirgi kunda bu xasalliklarni davolashda glyukokortikoidlar hamda yallig`lanishga qarshi boshqa moddalar ko`prok qo`llanyapti. Kortikotropii asosan glyukokortikoidlar bilan uzok, vaqt davolanganda, buyrak usti bezi faoliyatini oshirish uchun qo`llanady. Qortikotropin mnya shishida, miyada kon aylanishi yetishmaganda, xoreya, parkinsonizm kasalliklarida ham qo`llanadi. AQTG uzoq vaqt mobaynida qo`llaiganda organizmda unga nisbatan antitelolar paydo bo`lishi, allergik holatlar, uyqusizlik yuzaga kelishi hamda qon bosimi oshkshi mumkin. Somatotropin anabolik xususiyatga zga, ya`ni bu modda oksillar — aminokislotalarning hujayraga o`tishiga to`sqinlik qiladi, natriyni tutib qoladi. Mukopolisaharidlarni, ayniqsa xondroitinser kislota hosil bo`lishiga, uping almashinuviga ijobiy ta`sir ko`rsatishi tufayli somatotropin osteogeiyez. xondrogsnez jarayenlarini kuchaytiradi. Bu modda yog` almashinuviga ham ta`sir ko`rsatadi, lipaza fermenti faoll^gini, qond^ erkin yog` kislotalar miqdorini ko`paytiradi, insulinga qarshi ta`sir qiladi, qonda qand miqdorini oshirib yuboradi. Somatotropin asosan o`rinbosar davo uchun, organizmda bu modda yetishmovchiligi tufayli kelib chiqadigan gipofizar pakanalikda qo`llanadi. Tirotropin qalqonsimon bez hujayralarida adenilsiklaza fermentini, siklik AMF ni oshirib, tiro,ksin hosil bo`lishi uchun kerak bo`lgan fermenuni faollashtiradi. Gipotireozki apiqlash uchun hamda tirsoidin bilan birga qalqonsimon bez yetishmovchiligida qo`llanadi. Menopauza gonadotropini ayollarda tuxumdonda follikulalar rivojlanishiga, estrogenlar hosil bo`lishig`a, erkaklarda — spermatogenezga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bu modda menopauza davrini boshidan kechirayotgan ayollar siydigidan olinadi va ayollarda follikulalar yetishmovchiligida, estrogenlar kamayib ketganda, erkaklarda — spermatogenez yetishmovchiligida qo`llanadi. Xorionik gonadotropin tuxumdonda ovulyatsiya va sarnk tana, urug`donda testosteron hosil bo`lish jzrayonini kuchaytiradi. Menopauza goiadotropini va xorion.ik gonadotropin birgalikda bepushtlikda erkak va ayollarda qo`llanadi. Laktotrop gormon — prolaktin bola tugilgakdan keyin opada sutni ko`paytirish uchun ishlatiladi. Gipofizning o`rta qismidan olinadigan intermedin degan modda ko`z quvvatini oshiradi, ko`zning qorong`ilikka moslashishiga yordam beradi. Asosan ko`z kasalliklarida: ko`z to`r pardasida deg`enerativ o`zgarishlar paydo bo`lganda, gemeralopiyada, pigmentli retinitda qo`llanadi. Gipofizning orka qismi gormon moddalari qatoriga: oksitotsin, vazopressin, pituitrin, adiurekrin kiritiladi. Vazopressin diurezga qarshi ta`sir etadi: buyrak kanalchalarida suv, natriyning kayta so`rilishiga ta`sir ko`rsatadi. Organizmda vazopressin yetishmovchiligidan kelib chiqqan kasallikda — qandsiz diabetda qo`llanadi. Qandsiz diabetda bemor juda tashna bo`ladi, suvni ko`p ichadi, ko`p siyadi (diurez). Vazopressin qo`llanganda og`iz qurishi, tashnalik, diureya kamayadi, chuiki natriy bilan suvning buyrak kanalchalarida kayta so`rilishi me`yoriga keladi. Vazopressin mayda qon tomirlar, ichak, spidik p\f,'1P1 kjusshsh, iyeristaltikasini, kon bosimiii oshiradi. Oksitotsin homilador bachadonga tanlab ta`sir qiladi. Oksitotsin bachadon hujayralari membranalariga ta`sir ko`rsatadi, menbranalarning kaliy ionlariga nisbatan o`tkazuvchanligini oshiradi, ular potensiali kamayib, qo`zg`aluvchanligi oshadi. Oksitotsin gipofizning laktogen gormoni hosil bo`lishini, sut bezlari sekresiyasini oshirib yuboradi. Bu modda tug`ish jarayoni susayib ketganda hamda bachadon qisqarishini kuchaytirish uchun (gipotonik qon ketishda) qo`llanadi. Pituitrin g`ipofizning orqa qismidan olingan vazopressin va oksitoiindan iborat. Tarkibida oksitotsin miqdori ko`p bo`lgan pituitrin M yoki gifototsin modda sifatida ishlab chiqariladi. Bu modda asosan akusherlik amalistida tugish jarayeni susayib ketganda, homiladorlik muddati o`tib ketganda, bachadonda gipotonik qon ketishida qo`llanadi. Tarkibida vazopressin ko`proq bo`lgan, boshqa modda pituitrin R deb ataladi, bu qandsiz diabetda o`rinbosar davo uchun qo`llanadi. Qandsiz diabetda kattalar va bolalarga pituitrin teri ostiga yubornladi. Bu surunkali kasallik bo`lgani uchun pituitrinni har kuni" y"n`eksiya rrqali qo`llash bemorga og`irlik qiladi. Mana shuning uchun ham pituitrinning qurug`i, ya`ni adiurekrin deg`an modda tayyorlangan. U asosan vazopressindan iborat poroshok, malham Shaklida burun shillig`iga qo`yiladi. Qandsiz diabetning yengil, o`rta turlarida hamda bolalar kechasi siydik tutolmagan hollarda qo`llanadi. Bu modda og`iz qurishini, chanqovni kamaytiradi, Adiurekrinni nafas yo`llari (burun shilliq pardalari) jarohatlanganda qo`llash man etiladi. Paraqalqonsimon bezlarning gormon moddasi paratireoidin kalsiy va fosfor almashinuviga ta`sir ko`rsatadi. Bu modda qonda kalsiyni ko`paytiradi, uning me`daichakdan so`rilii^ini, buyrak kanalchalaridan qayta so`rilishini oshiradi, suyaklarda kalsiyni kamaytiradi, kalkonsimon bez gormoni kalsitoninga qarshi ta`sir ko`rsatadi. Paratireoidin qonda fosfor miqdorini kamaytiradi, chunki buyrak kanalchalaridan uning kayta so`rilishi kamayib ketadi. Bu modda o`rinbosar davo uchun gipoparatireozlarda, spazmofiliya, tetaniyaning oldini olish va davolaiguchun ko`llanadi. Yaxshi ta`sir qilishi uchun paratirsoidin kalsiy moddalari — kalsiy xlorid, kalsiy glyukonat bilan birga qo`llanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling