Anorganik kimyo 3-daraja X tuzini suvda eritganimizda M
Download 0.85 Mb.
|
Zeyfman(Hoshimov H)
kulsonit ortiqcha miqdordagi suyultirilgan H2SO4 bilan eritilganda, gaz ajralib chiqmadi. Hosil bo’lgan eritma ikkiga bo’lindi. Birinchi qismi zudlik bilan permanganat eritmasi bilan titrlandi. Boshqa qismi qattiq yopilmagan yopiq idishda bir oy turgandan so’ng titrlandi. Birinchi qismni titrlash uchun 22,5 ml 0,2 M li permanganat eritmasi sarflandi. Ikkinchi qismga esa, huddi shu eritmadan 9 ml sarflandi. Bizga ma’lumki, dastlabki eritma binafsharang. Saqlangan eritma esa, ko’k – yashil. Filtrlangan eritma och – sariq rangli. Mineral tarkibini toping.
21. X karbonatni (o’rta suvsiz tuz) (NH4)2CO3 eritmasiga 00C temperaturada Y metal galogenidning eritmasi ta’sir ettirib olinadi. Bu karbonat to’q yashil rangda va kuchsiz qizdirilganda parchalanadi. Bunda hosil bo’lgan oksidning massasi olingan karbonat massasini53,91% ini tashkil etadi. Agar olingan oksiddan Y ni sinpraporsiya qilsak, buning massasi oksid massasini 144,4%ni tashkil etadi. Moddalarni toping? X moddasini almashinish emas, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi orqali olish mumkinmi va qanday? 22. Ikkita kislotaning suyultirilgan suvli eritmasi (ikkala kislotaning konsentratsiyalari yig’indisi 20%) ko’mir ustidan palladiy bor sharoitda vodorod o’tkazilib qaytarildi. Reaksiya natijasida qiyin eriydigan X modda cho’kma sifatida tushdi. 10 g dastlabki eritma NaHCO3 bilan reaksiyaga kirishib 780,5 ml CO2 ajratadi. 10 g ushbu eritmani neytrallash uchun 1,547 g Ca(OH)2 kerak bo’ladi va reaksiya natijasida suvda erimaydigan ammo dastlab kikislotali aralashmada eriydigan 1,08 g cho’kma hosil bo’ladi. 100 g dastlabki kislota aralashmasini gidrogenlasak X moddasini hosil bo’lishi (nazariy jihatdan 70 %) 9,61 g ni tashkil etadi. Moddalarni toping. 23. X metall bromidi uglerod tetraxloridli muhitda Y oksidi bilan reaksiyaga kirishadi. Metallning massa ulishi 8,41 % bo’lgan Z qatlamli modda hosil qiladi. Bu modda suvda eritilganda kislotali eritma hosil bo’ladi va ushbu eritma bug’latilganda tarkibida 7,2 % metall bo’lgan kristalogidrat hosil bo’ladi. Tarkibida 12,68 % metall bo’lgan suvsiz tuzni Z moddasini ushbu metall xloridi bilan reaksiyasiyasidan olinadi. Reaksiya tenglamalarini yozing va xlorid bilan reaksiyasini alohida e’tiborga oling. 24.Noyob bo’lgan mineral pedsidni tarkibini quyidagi xususiyatlardan aniqlang. Pedsid-qora suyultirilgan kislota va ishqorlarga chidamli. Shox arog’i ta’sir etganda 0,555 g oq cho’kma hosil bo’ladi. Agar qolgan moddani neytrallab unga gidrozin xlorid eritmasi ta’sir ettirilganda 0,583 g qora cho’kma hosil bo’ladi. 1 g dastlabki mineralga konsentrlangan nitrat kislota ta’sir ettirilganda u qisman eriydi va 0,254 g sariq qoldiq qoladi. 1g mineralni havoda soda bilan suyultirilganda 0,671 g kompakt quyilma sifatida dore metali hosil bo’ladi. Agar qolgan natriyli tuzlarni suvda eritib, ushbu eritmaga qaynayotgan sharoitdagi ortiqcha miqdorda SO2 qo’shsak, kulrang cho’kma hosil bo’ladi. Mineralni tarkibini toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 25. Quyidagi berilgan tenglamadagi barcha moddalarda N2 bor. Dastlabki moddalar juda ham muxim bo’lgan sanoat mahsulotlari hisoblanadi. A + B = V + G + D V + B = E Moddalardagi N2 ning massa ulushi: A,B – 35%; V – 66,67%; G – 17,07%; D – 82,35%; E – 45,9%
26. X tuzini qizdirilganda H2 bilan qaytarilishi quyidagi metod bo’yicha o’tkaziladi. Tuzni kvars idishga solinadi va sekin temperaturani 1000C dan 10000C ga ko’tarib, ikki soat davomida H2 o’tkaziladi. Idishda toza P moddasi 80-90 % unum bilan qoladi. Agar temperaturani asta sekinlik bilan emas, zudlik bilan 10000C gacha ko’tarsak, reaksiya unumi tushib ketadi va ajralayotgan gazlar kondensatlanib, ishqoriy eritma hosil bo’ladi. Birinchi tajribada 10 gr X tuzidan 5,554 gr P mahsuloti olindi.Reaksiya unumi 80%. Bir vaqtning o’zida 4,654 g ishqoriy eritma hosil bo’ldi va uni neytrallash uchun 29,83 ml 1M li HCl eritmasi sarflandi, tuzni toping va reaksiya tenglamalrini yozing. 27. Tabiiy mineral deyarli erimaydigan sulfid qizdirilganda konsentrlangan H2SO4 bilan reaksiyaga kirishadi(erish kuzatiladi) yoki qaynatilganda ammoniy karbonat eritmasi bilan reaksiyaga kirishadi. 1-reaksiyada 1 g dastlabki sulfiddan 523 ml SO2 hosil bo’ladi. 2-reaksiyada 1g datslabki sulfiddan 1,062 g oq cho’kma hosil bo’ladi. Bu cho’kma HCl eritilganda 43,6 ml gaz ajralib chiqadi. Sulfidni toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 28. Reaksiya o’tkazish sharoitiga qarab M metali X gazi bilan xar-xil reaksiyaga kirishadi. 3000C dan yuqori temperaturada 10 g M metali ortiqcha miqdorda X gazi bilan 10,68 g qora maxsulot hosil qiladi. Gazning hajmi esa 1,27 l ga kamayadi. Agar reaksiyani 50-100 0C da bosim ostida o’tkazilganda 10 g M metalidan 29,1 g rangsiz maxsulot hosil bo’ladi. Gazning hajmi esa 15,27 ml ga kamayadi. Metalni, gazni toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 29. Elektron texnikada ishlatiladigan X birikmasi sovuq suvda erimaydigan rangsiz kristallar issiq suv bilan reaksiyasida X moddasidan boshqa erimaydigan Y moddasi hosil bo’ladi va uning massasi X massasini 72 % ini tashkil etadi. Qaynash temperaturasida CO2 va H2O bilan reaksiyasi natijasida massasi dastlabki X modda massasini 22 % ini tashkil etuvchi cho’kma hosil bo’ladi. X moddasini toping va uni olish uslubini tavsiya eting. 30. Tarkibida 36,08 % J2 bo’lgan to’q qizil rangli modda metall nitratni CH3COOH da KJ va CH3COONa bilan reaksiyasi natijasida olinadi. Bu modda KJ bilan suvli eritmada ta’sirlashadi. Moddalarni toping. 31. Texnika va sanoatda ishlatiladigan qotishmaning narxi po’latning narxidan ozgina qimmat va u odatda asosiy kompanentning massasi 60 % qilib olinadi. Bu qotishmaning yetarlicha reaksion xususiyati bor lekin, uni to’liq eritib yuboradigan erituvchini topish mushkul. Qotishmani HCl bilan reaksiyasida yoqimsiz xidli gaz ajralib chiqadi va massasi qotishmaning massasini 50% dan 60% gacha tashkil etadigan kulrang qoldiq qoladi. Suyultirilgan HNO3 ta’sir etmaydi. Konsentrlangani esa oksidlab oq kukun qoldiradi. Bu kukunni qizdirganimizdan keyin massasi qotishmaning massasini 125-130% ini tasgkil etadi. NaOH va HF ga chidamli bo’lgan bu qotishmani eruvchan maxsulotga aylantirish mumkin. Buning uchun havo sharoitida qotishmani qattiq ishqor bilan qotirish kerak. Qaysi qotishma haqida gap bormoqda va u qanday olinadi? 32. Suvda eruvchan X kaliyli tuzi ortiqcha miqdorda BaCl2 bilan reaksiyaga kirishganda 4 g oq cho’kmani hosil qiladi. Bu cho’kma konsentrlangan HNO3 da oksidlanib, 3,174 g oq cho’kmani hosil qiladi. Agar qolgan eritmani NH3 eritmasi bilan neytrallab keyin ortiqcha miqdorda BaCl2 eritmasi ta’sir ettirsak 3,55 g cho’kma hosil bo’ladi. Bu cho’kmaga ortiqcha miqdorda Br2 li suv ta’sir ettirganimizda uning massasi 3,76 g gacha ortadi. Dastlabki tuzning eritmasi saqlanganda loyqalanadi. Tuzni toping va tajriba natijalarini tushuntirib bering. 33. X tuzi 3000C gacha qizdirilganda (ushbu temperatura) 5 ta gazlar aralashmasini hosil qiladi. H2 ga nisbatan zichligi 10,64. Xuddi shu tuzning suvli eritmasi Pd katalizatori ostida qaynatilganda H2 ga nisbatan zichligi 7,8 bo’lgan 3 ta gazlar aralashmasiga parchalanadi. Tuzni toping. 34. Qora rangli X binar birikmasi tarkibida oktaedrik ionlar saqlaydi va suvda eritilganda gidrolizlanadi. Gidrolizdan hosil bo’lgan cho’kma HCl da erib, eritmada 2 ta kompleks birikma aralashmasini hosil qiladi. Bu eritma qaynatilganda kompleks birikmalarining biri ikkinchisini hosil qiladi va Cl2 ajralib chiqadi. X ning gidrolizidan olingan eritmaga KCl eritmasi ta’sir ettirilganda tarkibida 23,9 % K bo’lgan cho’kma tushadi. Cho’kmaning massassi miqdoriy jixatdan dastlabki binar birikma massasiga deyarli teng. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 35. Bu sintez odatda mikromiqdorlarda olib boriladi. Tajribalarning birida 450 mg A elementining xloridi ortiqcha miqdorda benzolda eritildi va Al kukuni qo’shildi. Hosil bo’lgan reaksion massani bosim ostida va havosiz sharoitda 1400C da qizdirildi.Ikki kundan keyin eritma filtrlandi va vacum ostida bug’latildi. 792 gr tarkibida 6,37% Al bo’lgan mahsulot olindi. Mahsulot suvda gidrolizlandi. Filtrlanishdan so’ng olingan eritma KPF6 bilan ta’sirlashdi va tarkibida 7,75% fosfor bo’lgan erimaydigan geksaftor fosfat olindi. Moddalarni toping. 36. Cr ning massa ulushi 16,94%; N ning massa ulushi 36,48% bo’lgan sarg’ish rangli X moddani cho’kma sifatida sarg’ish rangli Y(Cr-12,35%; N-33,25%) moddasiga ortiqcha miqdorda konsentrlangan NaNO3 ta’sir ettirib olinadi. Eritmani qizdirish N2 ning ajralib chiqishiga olib keladi. Y moddasi Cr ni NH3 li eritmasidan NH4NO3 orqali cho’ktirishdan hosil bo’lgan modda hisoblanadi. X kristall suv saqlamaydi. Y esa, monogidrat. Moddalarni toping va strukturalarini yozing. 37. Oson suyuqlanadigan X suyuqligi (bug’larning vodorodga nisbatan zichligi 56) bug’ xolatida kislorodda yonadi. Buning uchun X bug’larini hajmidan 1.5 marta ko’p hajmda O2 kerak bo’ladi (ushbu sharoitda olingan).X ni suvda eritilganda sein gidroliz boradi va natijada 1 mol X suyuqligidan 1 mol CO2 ajralib chiqadi. Qolgan eritmaga HCl ta’sir ettirilganda yana 2 mol CO2 ajralib chiqadi. X moddasi turib qolganda polimerlanadi. Vakumda qizdirilganda depolimerlanadi. X ni toping va polimer strukturasini aniqlang. 38. 4 gr oddiy modda suyuq NH3 da gaz ajratmasidan eriydi. Vakum ostida NH3 ni olib tashlash 6.9 gr tillarang qoldiq qolishiga olib keladi. Bu qoldiqni xona temperaturasigacha qizdirish, modda massasini 4.93 gr gacha olib keladi. Olingan qoldiqni qizdirish esa 4.27 gr qattiq modda hosil bo’lishiga olib keladi. Reaksiya tenglamalarini yozing. 39. Qimmatbaxo tosh tarkibida 5 % gacha noyob metall saqlaydi. Qolgani esa Al,Si va O2 ga to’g’ri keladi. Bu tosh HF da to’liq eriydi. Hosil bo’lgan eritmani quriguncha bug’latish 2 ta uchuvchan bo’lmagan ftoridlar aralashmasiga olib keladi (SiF4 bug’latish sharoitida bug’lanib ketadi). 2 ta ftorid aralashmasida noyob metalning massa ulushi 8.74 % qimmatbaxo toshni hosil qiluvchi mineral tarkibini toping. 2 ta ftoridning massasi tosh massasini 57.54% ni tashkil etadi. Ushbu tosh qanday rangga va nima sababdan bo’yalgan? 40. X metali o’zining xloridining suyuqlanmasida erib, to’q qizil rangli eritma hosil qiladi. Sovutilganda metall eritmadan qayta kristallanadi. Ammo olingan qizil rangli eritmaga Y metall xloridining suyuqlanmai qo’shilsa, sovutilganda sariq C tuzi kristallanadi. C tuzining tarkibida 9.6 % Y metali, 40% X metali mavjud. Metallni, tuzni tarkibini va tuzilishini aniqlang. rangning o’zgarishini tushuntirib bering. 41. A va B moddalari har-xil anorganik kislotalarning Ca li tuzlari hisoblanadi. A tuzini 1 molini 5000 C gacha qizdirish yoki B tuzining 1 molini 8000C gacha qizdirish 1 moldan gaz ajralib chiqishiga olib keladi. A tuzining 1 moli va B tuzining 1 moli aralashmasini 5000 C gacha qizdirish 1.5 mol gazlar aralashmasi hosil bo’lishiga olib keladi. Tuzlari toping va 3 ta parchalanish reaksiya tenglamalarini yozing. 42. Oson uchuvchan va massasi 9.54 gr bo’lgan X moddasi tarkibida 0.18 mol ishqor bo’lgan NaOH eritmasi bilan reaksiyaga kirishdi, olingan eritma 3 ga bo’lindi. 1-qismi Ba(NO3)2 ning sovuq eritmasi bilan reaksiyaga kirishganda 1.97 gr cho’kma hosil qiladi va bu cho’kma qaynash temperaturasigacha qizdirilganda erib ketadi. 2-qismmi AgNO3 eritmasi bilan reaksiya uchun o’rganildi. 0.015 mol AgNO3 qo’shilganda cho’kma hosil bo’lmadi. Ammo ortiqcha miqdorda AgNO3 qo’shilganda 10.14 gr 3 komponentli cho’kma hosil bo’ldi. Oxirgi qismi extiyotlik bilan bug’latildi va 5.04 gr cho’kma hosil bo’ldi. 3.18 gr dastlabki X moddasi qizdirilganda Pd da gidrogenlanadi va sovutilganda 3.36 gr qattiq, suvda eritilganda tez gidrogezlanadigan va AgNO3 bilan reaksiyada 5.64 gr cho’kma hosil qiladigan oq moddaga aylanadi. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 43. X tuzi (metalning massa ulishi 52.03%) Y tuzi (metalning massa ulishi 35.16%) ni vakumda qizdirishdan olinishi mumkin. Reaksiya borishining tashqi xususiyatlari quyidagicha: rangli X tuzi vakumda qizdirilganda rangsiz Y tuziga parchalanadi. Bu tuz haydaladi va X tuzini hosil qiluvchi kislota va gaz hosil bo’ladi. X tuzini hosil qiluvchi kislota quruq muz bilan sovutilayotgan qopqonda kristallanadi. Gaz esa suyuq N2 bilan sovutilayotgan qopqonda kristallanadi. Bundan tashqari 25000C gacha qizdirganimizda ham tarkibini o’zgartirmaydigan va tarkibida 88.89 % metall bo’lgan to’q jigarrang qoldiq qoladi. Nazariy jihatdan 100 gr Y tuzidan 27.03 gr X tuzi hosil bo’ladi. moddalarni toping. 44. X Ba li tuzi tarkibida 28.74 % Ba bor. Bu tuzning eritmasi ustidan CO2 o’tkazilganda cho’kma hosil bo’ladi. bu cho’kmani filtrlab 7000C da qizdirilganda hosil bo’lgan modda tarkibida 30.11 % Ba bor. Ammo uglerod yo’q. Filtratda faqat suv qolgan. Cho’kma suvda erimaydi. Lekin, konsentrlangan HCl da eriydi. Tuzni toping? 45. X elementi 3 xil ftorid hosil qiladi. Shulardan biri qolgan ikkisiga disproporsiyalanishga chidamsiz. Barcha ftoridlar uchuvchan. Birining molekulasi chiziqli, ikkinchisi gaz holatda 2 xil geometrik izomerlar aralashmasida iborat. Uchinchisi 3 xil geometrik izomerlar aralashmasidan iborat. Birinchisi Lyuis asos hisoblanadi. Uchinchisi Lyuis amfoter. Ikkinchi esa kuchli Lyuis kislotalari yoki asoslari bilan oksidlanish darajasini o’zgartirib reaksiyaga kirishadi. Ftoridlarni toping? Uchinchisi Au bilan oksidlovchi sifatida reaksiyaga kirishadi va Lyuis asos hisoblanadi. 46. X metali 400-4500C da qizil P bilan reaksiyaga kirishib metalning massa ulushi 52.44 % bo’lgan fosfidni hosil qiladi. Ushbu fosfidni suv bilan ohista reaksiyasida (reaksiya ekzotermik va sovutishni talab etadi) rangsiz yonuvchi gaz va qaytaruvchilik, buferlik xossasiga ega bo’lgan eritma hosil bo’ladi. Ushbu eritma bilan reaksiyaga kirishgan HCl va NaOH va ajralib chiqqan gazning miqdori 8:5:7 nisbatda bo’ladi. Fosfidni toping. Uning anioni tuzilishi qanday? Metall tarkibi boshqacha bo’lgan fosfidlarni hosil qilishi mumkinmi? Agar mumkin bo’lsa ular qanday olinadi? 47. Davriy jadvalda qo’shni bo’lgan A va B elementidan hosil bo’lgan 2 ta kislota konsentrlangan holatda reaksiyaga kirishganda cho’kma hosil bo’ladi va reaksion massa yorug’ rangga ega bo’ladi. Ushbu reaksiyada kislotalarning biri mol miqdorda olingan. Ranggi deyarli qora bo’lgan cho’kma o’zgaruvchan tarkibli 2 komponentli aralashma hisoblanib, 15 % dan 20 % gacha A element saqlaydi. Qolgani esa B. Bu aralashmadagi yonaki moddalarni CCl4 bilan yuvib tarkibida 20.13% A elementi bo’lgan to’liq modda olinadi. Ushbu to’liq mahsulotni qo’shimcha miqdori matochnikni vakum ostida bug’latib olinadi. To’liq mahsulot suvda erimaydigan bo’lsada, qizdirishga va gidolizga chidamsiz. Gidroliz mahsulotlaridan biri dastlabki kislotalardan biri hisoblanadi. Moddalarni toping. Nimani hisobiga to’liq mahsulot reaksion massada eriydi? 48. Cu X va Y kislotalarda erib mos ravishda X1 va Y1 tuzlarini hosil qiladi. Ikkala tuz ham qizdirilganda CuO va X2, Y2 gazlar aralashmasini hosil qiladi. Bu gazlarni aralashtirib suv ustidan o’tkazilganda eritmada X va Z kislotalar aralashmasi hosil bo’ladi. Z Cu ni erita olmaydi. Lekin, CuO ni erita oladi. Bunda hosil bo’lgan tuz 4000C da qizdirilganda suvda erimaydigan, lekin, X va Y kislotalarda eriydigan tuz hosil bo’ladi. Moddalarni toping. 49. Tarkibida 31,71% K bo’lgan rangsiz K li tuz suvda eritildi va bu eritma o’zida M metalini eritadi( suv bilan reaksiyaga kirishmaydi). Olingan eritmani bug’latilganda tarkida 25,16% K bo’lgan rangsiz Y tuzi kristallanadi. X termik parchalanganda Y, K li Z tuzi va A gazini hosil qiladi. Y ni davomli qizdirish natijasida Z, A va qizg’ish rangli tarkibida K saqlamagan qoldiq qolad. M va X tuzlari orasidagi almashinish reaksiyasi natijasida jigarrang suvda erimaydigan B tuzi hosil bo’ladi. Bu tuz kuchsiz qizdirish natijasida A ga va polimer tuzilishli moddaga parchalanadi. Ushbu polimer tarkibida 71% M metali bor. Moddalarni toping.
51. Tarkibida bir elementning massa ulushi 35.6 % bo’lgan binar birikma quyidagi usulda olinadi. 2 oddiy modda (massa nisbati 28:72) inert erituvchida eritiladi. Katalitik miqdorda yod qo’shiladi va bir qancha vaqt quyosh nuri ostida qoladi. Yodning rangi avval yo’qoladi. Eaksiya ohirida yana paydo bo’ladi. bunda reaksiya uchun olingan barcha oddiy moddalarga nisbatan yomon eriydigan binar birikma cho’kmaga tushadi. Nazariy unum 70 %. Qaysi elementlar haqida gap bormoqda? Yodning katalitik miqdori qancha? Reaksiyaning yorug’lik va qorong’ulik bosqichini aniqlang. ushbu reaksiyani yuqori temperaturada qaynayotgan erituvchida (odatda xlor naftarinda) termik amalga oshirilganda boshqa binar birikmani hosil qiladi. (1 elementning massa ulushi 43.64 %) Ushbu 2 sintez qanday yonaki hodisalardan amalga oshadi? 52. 50 gr KOH ning 100 gr suvdagi eritmasi X gazi bilan to’yintirildi va ushbu eritmaga ohistalik bilan yana 60 gr KOH qo’shildi. Reaksion kolbadan havo ohistalik bilan N2 yordamida chiqarildi va to’yinguncha Y gazi o’tkazildi. Y gazining 2 hajmiga oldin yutilgan X gazining 1 hajmi to’g’ri keladi. Bunda chokma ajralishni boshlab 3 kun cho’kma tushdi. 120 gr (56% li) tuz olindi. Eritma kechadigan yonaki reaksiya natijasida reaksiya unumi tushib ketadi va hosil bo’lgan tuzni Z gaziga parchalanishiga olib keladi. Suyultirilgan eritmada bu parchalanish tez boradi va 120 gr maxsulotdan Z gazi va amaliy jihatdan ahamiyatsiz 95,65 gr tuz hosil bo’ladi. Moddalarni toping. 53. Na2SO3 ni 30 % li NaOH dagi eritmasi KMnO4 ga ta’siri natijasida och havorang massa hosil bo’ladi va ushbu massani filtrlash najisida tarkibida 17,1 % Na bo’lgan kristallar olinadi. Huddi shu modda faqat suvsiz tuz ko’rinishida NaOH ning MnO2 bilan O2 li sharoitda (mol nisbati 3:1) qotishtirish natijasida olinadi. Saqlanganda yoki suvda suyultirilganda modda yashil rangga kiradi. Moddalarni toping. 54. NaCl ni ohistalik bilan X suyuqligiga tushirish (intensiv aralashtirish va issiqlik o’tkazuvchi kerak bo’ladi) va keyinchalik olingan maxsulotni haydash natijasida kuchli kislota xossasiga ega bo’lgan Y modda hosil bo’ladi. Y moddasi NaCl bilan reaksiyaga kirishganda Na li tuz va HCl ajralib chiqadi. Lekin, Na li tuz NaOH yoki Na2CO3 bilan reaksiyada hosil bo’lmaydi. Na li tuzning termik parchalanishi natijasida oson uchuvchan va suv bilan ba’zi sharoitlarda X ni hosil qiluvchi B moddaga parchalanadi. Moddalarni toping. 55. M metall nitrat eritmasiga 13.6 gr Hg ta’sir ettirildi. Reaksiya ohirida cho’kmada 8.88 gr X moddasining uzun yorqin kristallari hosil bo’ladi. Kristallar bilan hosil bo’lgan eritmani bug’latib qoldiq 3000C gacha qizdirildi. Ohistalik bilan qolgan uchuvchan bo’lmagan moddani sovutish natijasida 26.65 gr X moddasi hosil bo’ladi. Moddalarni toping va jarayonlarni tushuntirib bering. 56. Fosfin X tuzi eritmasiga (kuchsiz kislotali muhit) tushirilganda tarkibida 4.19 % P bo’lgan Y birikma cho’kmaga tushadi. Filtrat kuchli kislotali eritma hisoblanadi va uni filtrlash uchun yutilgan fosfinning miqdoridan 3 marta ko’p ishqor kerak bo’ladi. Xlorli suv Y ni H3PO4 gacha oksidlaydi va yangi eritma hosil bo’ladi. Bu eritma o’zida X ni saqlaydi. X va Y ni toping. 57. X binar birikmasi va P oddiy moddasi (P atomlari X tarkibiga kiradi) Y H2 li birikmasi bilan reaksiyaga kirishib tarkibida 0.418 % H2 bo’lgan F moddani hosil qiladi. F tarkibi X ga o’xshash bo’lgan boshqa binar birikma bilan reaksiyaga kirishib A binar birikmani hosil qiladi. A binar birikma tarkibida P elementning massa ulushi 95.6 %. A ning O2 yonishi natijasida H2 ga nisbatan zichligi 31.1 bo’lgan 2 ta gazlar aralashmasi hosil bo’ladi. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 58. Xona haroratida gazsimon bo’lgan X moda qizdirilganda bosim ostida mol miqdorda g’ovak Ni bilan reaksiyaga kirishadi. Bunda 2 xil mahsulot: kristall A modda va oson qaynaydigan B suyuqligi hosil bo’ladi. B bug’larining zichligi X bug’larining zichligidan 2.585 marta katta. Hajmi esa 4 marta kichik. A ning massasi reaksiyaga kirishgan Ni ning massasidan 1.76 marta ko’p. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 59. X kompleks birikmasi quruq havoga va 6000C gacha qizdirishga chidamli va kuchli oksidlovchi hossalarni namoyon qiladi. 3 gr X modda suv bilan reaksiyada 39.2 ml O2 va 1.67 gr qora erimaydigan qoldiq hosil qiladi. Huddi shuncha massadagi X modda KJ ning HCl dagi eritmasi bilan reaksiyada yod ajratib chiqaradi va bu yodni titrlash uchun 21 ml 1 M li K2S2O3 eritmasi kerak bo’ladi. Yod bilan bir vaqtda reaksiyada 4.87 gr sariq cho’kma hosil bo’ladi. Huddi shuncha na’muna xona temperaturasida H2 bilan qaytarilib, keyin qizdirilganda 2.2 gr 2 komponenentli metall qotishmasi hosil bo’ladi. Komponentning Brutto formulasini toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 60. X tuzi suv bilan qaytmas gidrolizga uchrab kuchli kislotali eritma hosil qiladi. 1 gr X tuzidan hosil bo’lgan eritmani neytrallash uchun 0.625 gr NaHCO3 kerak bo’ladi. X tuzi yopiq idishda termik parchalanib suvda eriydigan kislotali moddalarni hosil qiladi. Parchalanishdan hosil bo’lgan moddalar bilan reaksiyaga kirishish uchun 3 marta ko’p gidrokarbonat kerak bo’ladi. X ni toping. 61. X tuzi appatitga o’xshash kristall panjaraga ega va mol nisbati 2:1 bo’lgan 2 ta Ba li tuzning qizdirilishidan hosil bo’lgan Y tuzga suyultirilgan Ba(OH)2 eritmasi ta’sir ettirilib olinadi. Ba ning massa ulushi: X da 65.24 %, Y da 63.92 %, dastlabki 2 ta tuz aralashmasida 58.46%. X tuzi suyultirilgan HNO3 bilan ta’sirlashganda dastlabki 2 tuzning bittasi cho’kmaga tushadi. Bundan tashqari tarkibida 2 ta nitrat bo’lgan rangli eritma hosil bo’ladi. tuzlarni toping. 62. Suvda erimaydigan X tuzi FeCl3 bilan va CuCl2 bilan reaksiyaga kirishadi. Lekin, FeCl2 bilan reaksiyaga kirishmaydi. 2 gr X modasi FeCl3 eritmasi bilan reaksiyada 0.4 gr Y modda cho’kmaga tushadi. Huddi shunday massadagi X moddani CuCl2 bilan reaksiyasida massasi 3.69 gr bo’lgan suvda erimaydigan 2 komponentli aralshma hosil bo’ladi. Tuzni toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 63. X gazi havoning doimiy tarkibiy qismi hisoblanadi va uning hakmiy ulushi 0.00005 % ni tashkil etadi. Bu gaz toza holatda O2 bilan reaksiyaga kirishmaydi. Lekin, uning H2 yoki NH3 bilan aralashmasi portlovchi hisoblanadi. Toza holdagi X ni 2 ta kislotani kamroq qizdirib olinadi. Huddi shu kislotalar H2SO4 eritmasida va sovutilganda beqaror. Lekin, barqaror tuzlar hosil qiluvchi kislotalar hosil bo’ladi. Ushbu kislotaning ishqoriy tuzlarini termik parchalanishi judayam qiyin. Ammo K li tuzining parchalanishida asosiy mahsulot X gazi va tarkibida 40 % K bo’lgan qattiq qoldiq qoladi. Gazni toping. o’rganilgan K li tuzning anionini tuzilishini aniqlang va parchalanish mexanizmini asosiy yoki yonaki ekanligini aniqlang. 64. X moddasi 2 xil allotropik o’zgarish hosil qiladi. Ularning molekulyar masasi bir xil va deyarli bir xil kimyoviy xususiyatlari bor. Lekin, fizik xossalari bilan farq qiladi. Oddiy sharoitda bu allotropik shakl o’zgarishlari bir-biriga aylanmaydi. Lekin, katalizator ostida oson muvozanatni o’rnatadi. Kamroq turg’un bo’lgan shakl o’zgarishni past temperaturali xromotogafiyadan ajratib olish mumkin. Qaysi shakl o’zgarishlari haqida gap bormoqda? 65. X anorganik tuzini bir xil massasi sharoitiga qarab Cl2 bilan har xil reaksiyaga kirishadi. Suvli sharoitda 10 ml Cl2 reaksiyaga kirishadi. Quruq tuz bilan esa 40 ml reaksiyaga kirishadi, KCl ning to’yingan eritmasida va sovuqda 50 ml reaksiyaga kirishadi. K2CO3 bor sharoitda 70 ml reaksiyaga kirishadi. Kuchli KOH eritmasi sharoitida 90 ml reaksiyaga kirishadi. Tuzni toping va reaksiya tenglamalarini yozing. Cl2 bevosita karbonat yoki KOH bilan reaksiyasi hisobga olinmasin. 66. Oson suyuqlanadigan, tezda polimerlanadigan suyuq holdagi A moddasi gidrolizga uchrab, massasi A ning massasidn 2.32 marta ko’p bo’lgan B tuzini hosil qiladi. A moddasi Ag li V tuzi (Ag ning massa ulushi 72 %) va G gazidan ham olinadi. Bu reaksiyada ikkinchi mahsulot sifatida AgCl hosil bo’ladi. Moddalarni toping va A ning gidroliz tezligi va bir xilligini hisobga olib, A ning strukturasini aniqlang. 67. NH4+ li X tuzi sanoatda X tuzini termik parchalab Y kislota olinishida hosil bo’ladigan muhim oraliq modda. X termik parchalanganda 35 % massasini yo’qotadi. X ni Z kislota bilan qizdirilganda NH3, H2O va 3500C gacha qizdirilganda haydaladigan, suvda eriydigan va K2SO4 ning eritmasida cho’kma hosil qiladigan C tuzi hosil bo’ladi. Olingan K li tuzning cho’kmasi 5000C da parchalanib, 54% massasini yo’qotadi va qattiq qoldiq Y kislotaning K li tuzi hosil bo’ladi. Bu tuz qizdirishga chidamli. Moddalarni toping. 68. X kislotaning suyultirilgan eritmasi mol miqdorda M metaliga ta’sir ettirildi. Hosil bo’lgan eritmani Na3PO4 eritmasi (pH=11) bilan ta’sir ettirildi. Metalning massa ulushi 17.52 % bo’lgan 1 gr 3000C gacha qizdirilganda 0.81 gr oq, qattiq, suvda erimaydigan qoldiq hosil qiladigan cho’kma tushdi. Metalni va cho’kmani aniqlang. 69. X anorganik tuz eritmasi NaOH eritmasi bilan reaksiyada har xil natija beradi. Agar dastlabki reagentlar 1:1 mol nisbatda olinsa massasi reaksiya uchun olingan X ning massasini 83.36 % ini tashkil etuvchi oq cho’kma hosil bo’ladi. Agar ishqor mol miqdorda olinsa massasi olingan X ning massasini 66.72 % ini tashkil etuvchi sariq cho’kma hosil bo’ladi. X ni toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 70. M metalning 5.4 grami mol miqdorda X moddasining eritmasida eritilganda 0.56 l H2 ajralib chiqdi. Vakum ostida hosil bo’lgan eritmani ohista bug’latilganda massasi 7.55 gr bo’lgan C tuzini hosil qiladi. Reaksiya tenglamalarini yozing. 71. 15.2 gr yashil kukun qizdirilganda 10.4 gr qora kukun, 2.16 gr kislota eritmasi va gazni hosil qiladi. HNO3 da eritilganda ushbu yashil kukun faqat mis nitratni hosil qiladi. Kukunning tarkibini va olingan kislota konsentratsiyasini aniqlang. 72. 123.5 gr noma’lum metall 1200 gr noma’lum kislota eritmasida eritildi. Bunda 20.16 litr rangsiz gaz va 1294.5 gr eritma hosil bo’ldi. Olingan gazni mol miqdorda qizdirilgan Cu ustidan o’tkazilganda hajm12. 32 l gacha kamaydi. Cu niga massasi 13.6 gr ga oshdi. Metalni, kislotani va gazni tarkibini aniqlang. Kislota konsentratsiyasini baholab, tajriba natijasini tushuntirib bering. 73. Qaysidur tabiiy preparat suvda eritilgan eritmada 2 ta kation va 1 anion hosil bo’ladi. 3 gr preparat qizdirilganda 2.318 gr qora qoldiq hosil bo’ladi. Bu qoldiq suv bilan ta’sirlashganda tarkibida 2 ta kationdan biri va yangi anion va 0.635 gr qora erimaydigan kukun bo’lgan eritmani hosil qiladi. Bu eritma dastlabki eritma bilan aralashtirilganda 0.906 gr sariq cho’kma va 2 ta anion va 1 ta kation tutuvchi eritma hosil bo’ladi. Preparat tarkibini toping. U qanday nomlanadi va nimaga ishlatiladi? 74. 6 gr tuz suvda eritlganda yorqin rangli 9.93 % li eritma hosil bo’ladi. eritmaga H2SO4 qo’shilganda rang ocharadi. Lekin, yo’qolib ketmaydi. H2S eritmasi ustidan o’tkazilganda 2.34 gr (W(s)=33.33%) cho’kma hosil bo’ladi. dastlabki moddalarni toping. Qanday va nima uchun rang o’zgarmoqda? Agar H2S dastlabki yorqin eritma ustidan o’tkazilganda huddi shu cho’kma hosil bo’ladimi? Tushuntirib bering. 75. Sariq G gazining sintezini yaxshi preparativ usuli quyidagicha: KCl suyuq J moddasi bilan reaksiyaga kirishadi. Bunda reaksiyaning ikkinchi mahsulot sifatida massasi dastlabki KCl massasidan 1.365 marta ko’p bo’lgan qora T moddasi hosil bo’ladi. Reaksiya oxirigacha boradi va boshqa moddalar hosil bo’lmaydi deb hisoblang. 76. X tuzini 1 gramini mol miqdorda Cl2 bilan reaksiyasi natijasida Z gazi va massasi 1.032 gr bo’lgan Y qoldiq hosil bo’ladi. Y suvda to’liq eriydi va mol miqdorda AgNO3 bilan reaksiyasida 0.844 gr AgCl cho’kmasini hosil qiladi. Dastlabki X tuzi sovuq sharoitda konsentrlangan HCl bilan ta’sirlashganda Z gazi hosil bo’ladi. Y qoldig’i sovuq sharoitda konsentrlangan HCl bilna ta’sirlashganda gaz ajralmaydi. Hosil bo’lgan eritma esa o’zida Pt ni eritib Z gazini hosil qiladi. Olingan eritmani sovutilganda tarkibida 40.12 % Pt va 43.83% Cl2 bo’lgan cho’kma hosil bo’ldi. Harflar bilan qanday moddalar atalgan? Reaksiya tenglamalarini yozing. 77. N.sh da X binar birikmasi oson qaynaydigan och yashil suyuqlik. U juda ham kuchli reaksion qobiliyatga ega. Uning bir tomchisi daraxt yoki qog’ozni yonib ketishiga sabab bo’ldi. Agar Ar bug’lari bilan suyultirilgan X moddani qizdirilgan NaOH eritmasi ustidan o’tkazilganda eritmada mol nisbati 1:2:9 bo’lgan 3 ta tuz aralashmasi hosil bo’ladi. X Al2O3 bilan reaksiyada tuz va mol nisbati 2:3 bo’lgan 2 ta gazlar aralashmasini hosil qiladi. X ni formulasini toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 78. X binar birikmasi qora A oddiy modda bilan B oddiy modda bug’larini 7000C da reaksiyasidan hosil bo’ladi. X juda ham kuchli reaksion qobiliyatga ega. Havoda tutaydi, O2 da yonib ketadi. 4.5 gr X O2 da yonganda 2.3 gr qattiq qoldiq va 11 gr gaz hosil bo’ladi. Qoldiq suvda yaxshi eriydi. Agar eritmda 2.3 gr qoldiq bo’lsa bu eritma 0.733 gr yonishdan hosil bo’lgan gazni yutushi mumkin. Eritmaga kislota ta’sir ettirilganda gaz qaytib ajraladi va uni massasi 1.467 gr ni tashkil etadi. Birikmani toping. Uning strukturasi qanday? Suv bilan qanday reaksiyaga kirishadi? 79. M metalning A xloridi sovuqda konsentrlangan HCl da yomon eriydi. Lekin, qizdirilganda eriydi. A ning konsetrlangan HCl dagi eritmasi ustidan Cl2 o’tkazilganda B xloridi hosil bo’ladi. Agar A ning konsetrlangan HCl dagi to’yingan eritmasini va B ning suvdagi to’yingan eritmasini qizdirgan holatda aralashtirsak, sovutilganda eritmada V xloridining kristallari hosil bo’ladi. V xloridi kristallarini suvda yuvib bo’lmaydi. Chunki suvda yuvilganda V B ga va suvda kam eriydigan G xloridga parchalanadi. V va G ning rentgenostruktur analizi shuni ko’rsattiki V ning kristallarida zarrachalar tetroedrik, G ning kristallarida esa oktaedrik joylashadi. 20 gr V moddasi suv bilan ta’sirlashganda 12.474 gr G moddasi va 9.269 gr B moddasi hosil bo’ladi (B 4 ta suvlik kristalgidrat. V va G esa suvsiz tuz hisoblanadi). Moddalarni toping va ularning strukturasini aniqlang. Kristallardagi zarrachalarning geometriyasini tushuntirib bering va reaksiya tenglamalarini yozing. G xloridini osonroq bo’lgan sintez usulini taklif qiling. 80. 750 ml n.sh da 2 ta gazlar aralashmasi qizdirilgan Ca ustidan o’tkazildi. Bunda Ca 1 ta gaz bilan to’li q, ikkinchi gaz bilan qisman reaksiyaga kirishdi. Reaksiya mahsuloti sifatida faqat 5.625 gr qattiq moddalar hosil bo’ldi. Bu qattiq moddalar mol miqdorda suvda to’liq erib ishqoriy eritmani hosil qiladi. Bu eritmani to’liq neytrallash uchun 104.3 gr 10 % li HCl eritmasi kerak bo’ladi. Dastlabki gazlar aralashmasini tarkibini aniqlang. Reaksiyaga kirishmagan gazning hajmi qancha? 81. 5 gr oddiy modda havoda yondirildi. Olingan gaz mol miqdorda Ba(OH)2 ning suvdagi eritmasi ustidan o’tkazildi. Bunda 34.006 gr cho’kma hosil bo’ldi. Boshqa tajribada esa 5 gr oddiy moddani yonishidan hosil bo’lgan mahsulotlar mol miqdorda BaCl2 eritmasi ustidan o’tkazildi va 1.456 gr cho’kma hosil bo’ldi. Oddiy moddani toping. Tajriba natijalarini tushuntirib bering. Agar yonish O2 da olib borilsa, tajriba natijasi qanday o’zgaradi? 27.146 gr suvsiz sulfat 100 ml suvda eritilganda to’yingan eritma hosil bo’ldi. 27.146 gr suv bug’latib keyin sovutilganda eritma tarkibida 14.525 % metall bo’lgan 17.35 gr kristallogidrat cho’kmaga tushadi. Kristallogidrat formulasini toping. 2 ta gazlar aralshmasi hajmi 14 l bo’lgan termostatda 00C va 1 a.t.m bosim ostida turibdi va ularning zichligi 1.2165 gr/l aralashmaga 00C ni saqlagan holatda astalik bilan HCl gazi tushitildi. Bunda qattiq modda hosil bo’ldi. Bosim tushib ketdi va minimal darajaga yetganda termostatdagi gazlar zichligi 0.1786 gr/l ni tashkil etdi. HCl tushirilishi davom ettirilganda qattiq modda hosil bo’lishi tugadi. Bosim ko’tarila boshladi. Bosim 1 a.t.m. ga yetganda gazlarning zichligi 1.40 gr/l ni tashkil etdi. Qanday gazlar va qanday miqdorda gazlar termostatda bor edi? 1.000 gr Me oksidi mol miqdorda bromid kislotada erib, 2.726 gr bromid, 0.664 gr Br2 va suvni hosil qildi. Oksidni aniqlang. Sxemaga qarab A, B, C, D elementlarini toping. AB2C + D2 = ACD3 + B2 B2 + C = B2C2 A + C = AC2 B2C2 + D2 = B2 + CD2 AC2 + B2 = AB2C + C A + CD2 = AD + CD B2C2 + A = AB2C2 A + B2 = A3B2 Noma’lum eritma 2 ga ajratildi. 1-qismi uzoq vaqt havoda qoldi. 2-qism havosiz sharoitda saqlandi. 1-qismga KSCN ning eritmasi qo’shilganda to’q qizil rang hosil bo’ldi. Bu eritmaga 2-qism qo’shilganda esa, rang yo’qolib ketdi. Eritma tarkibini tavsiya eting. 2 ta tuzning 2 ta 5.46 gr dan bo’lgan aralashmasi bor. 1-aralashma qizdirib ustidan H2 o’tkazilganda 4.98 gr qoldiq va H2O hosil bo’ldi. Olingan qoldiq 2-aralashma bilan aralashtirilib suvda eritildi va eritmaga H2SO4 qo’shildi. Bunda 7.62 gr to’q binafsha rangli cho’kma hosil bo’ldi. Eritmada esa, faqat 1 ta tuz qoldi. Aralashmani tarkibini, tuzlarning mol ulushlarini aniqlang. 14 gr A oddiy moddasi 14 gr B moddasi bilan qotishtirildi. Qotishma suv bilan ta’sirlashganda 12.6 l gaz va eritma hosil bo’ldi. Boshqa tajribada 14 gr A oddiy moddasi 14 gr V oddiy moddasi bilan qotishtirildi. Qotishma suv bilan ta’sirlashganda 8 gr qattiq qoldiq va 11.2 l gaz ajraldi. 3-tajribada 14 gr B modda 14 gr V modda bilan yopiq amplutada 5000C gacha qizdirildi. Ampula ochilganda 11.375 gr o’sha qoldiq va suyuqlik olindi. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing. Harflar bilan qanday moddalar berilgan? X = Y + Z + O2 Y + HCl = X + NaCl + H2O X + NaOH = Y + H2O Z + O2 + NaOH = Y + H2O 2 ta metall qotishmasi HNO3 da eritildi va olingan eritma bug’latildi. Bunda 20.1 gr 2 ta nitrat aralashmasi hosil bo’ldi. Bu aralashma qizdirilganda parchalanib, 9.6 gr qattiq qoldiq va N2 ga nisbatan zichligi 1.5306 bo’lgan gazni hosil qildi. Qattiq qoldiq H2SO4 va HCl da qisman, HNO3 da to’liq eriydi va HNO3 da eritilganda gaz ajralib chiqadi. Qotishma massasi va tarkibini aniqlang. Metall oksidi sirka kislotada eritilganda metall asetat, konsentrlangan HNO3 da eritilganda metall nitrat hosil bo’ldi. Agar, olingan asetatdagi metalning massa ulushi nitratdagi massa ulushidan 1.25 marta ko’p bo’lsa reaksiya tenglamasini yozing. KCl na noma’lum metall xloridining 6.387 gr aralashmasi suvda eritildi. Eritma 2 ta teng qismga bo’linib, 1-qismiga mol miqdorda AgNO3, 2-qismiga mol miqdorda AgF eritmalari quyildi. 1-reaksiyada 8.1795 gr, 2-reaksiyada esa 8.9355 gr cho’kma hosil bo’ldi. Dastlabki aralashmaning miqdoriy va sifatiy tarkibini aniqlang. 2 anorganik gazning hajmi 2.6 l bo’lgan aralashmasi (1000C. normal bosim) sovuq sharoitda suyultirilgan NaOH eritmasi ustidan o’tkazildi. Bunda 336 ml gaz yutilmay qoldi. Olingan eritmani filtrlash uchun 56 ml 0,5M li KMnO4 ning H2SO4 dagi eritmasi kerak bo’ldi. Boshqa tajribada huddi o’sha gazlar aralashmasi 100 ml 0,5 M li KMnO4 ning H2SO4 dagi eritmasi ustidan o’tkazildi. Bunda aralashma to’liq yutildi va olingan eritmani titrlash uchun 65 ml 1.000 M li FeSO4 eritmasi kerak bo’ldi. 3-tajribada huddi shu gazlar aralashmasi H2SO4 qo’shilgan, FeSO4 ning 80 ml eritmasi ustidan o’tkazildi. Bunda individual modda bo’lgan va hajmi dastlabki gazlar aralashmasining hajmiga teng bo’lgan gaz ajralib chiqdi. Olingan eritmani titrlash uchun 4 ml 0,5 M li KMnO4 eritmasi kerak bo’ldi. Aralashmaning miqdoriy va sifatiy tarkibini aniqlang. To’qimachilik sanoatida oqartiruvchi sifatida ishlatiladigan anorganik tuz tarkibida 156.8 % aktiv xlor bor (ya’ni HCl bilan reaksiyasida ajralib chiqqan Cl2 ning massasi dastlabki modda massasini 156.8 % ini tashkil etadi). Bu qanday modda? Nima uchun tarkibida huddi shu elementlar bo’lgan arzonroq moddalar ishlatilmasdan, aynan shu modda ishlatiladi? Hajmi 4.00 l bo’lgan 2 ta gaz aralashmasi qizdirilgan CuO ning nayidan o’tkazildi. Bunda nayning massasi 5 gr ga ortdi. Naydan chiqayotgan gaz P2O5 nayi ustidan o’tkazildi. Bunda massa 2.411 gr ga ortdi. Gazlar aralashmasining tarkibini aniqlang va reaksiya tenglamasini yozing. Barcha kuzatishlar 2000C da olib borilgan. 3.1 gr A birikmasi bug’latildi va bug’lari ketma-ket 4000C gacha qizdirilgan CuO, P2O5 nayi va suyuq NaOH eritmasi ustidan o’tkazildi va ohirgi reaksiyada yutilmagan gaz qolmadi. 1-nayning massasi 0,5 gr ga kamaydi, 2-niki 0,72 gr ga ortdi. NaOH eritmasi ustidan o’tkazilgan gazlardan hosil bo’lgan eritma 80 ml 0,1 M li KMnO4 va H2SO4 aralashmasini rangsizlantiradi. Dastlabki modda formulasini aniqlang. 0.81 gr n.sh.da suyuq bo’lgan anorganik X moddani CuO li trubkadan 3500C da o’tkazildi. Trubkani massasi 0.042 gr ga ortdi. Agar trubkada hosil bo’lgan kukunga NH3 eritmasi ta’sir ettirilsa 1.194 gr eriydi va rangsiz eritma hosil qildi.Agar qolgan kukunga suyultirilgan HNO3 ta’sir ettirilsa 179.2 ml No n.sh.da ajralib chiqadi. X ni toping va reaksiya tenglamasini yozing. 1.000 gr X moddani yopiq idishda parchalanishi 7000C da bordi. So’ng n.sh. ga olib kelinganda 3 ta modda hosil bo’ldi. 0.402 gr suv va 2 ta oddiy modda: 125 ml n.sh.da rangsiz va hidsiz gaz. 0.441 gr kulrang kukun hosil bo’ldi. Bu tajriba 1600C da o’tkazilganda keyingi natijalar chiqdi. 10.74 gr X moddadan 448 ml n.sh.da huddi o’sha gaz, 1.08 gr suv va 9.1 gr rangsiz qoldiq qoldi. X ni toping. Uning termik parchalanish reaksiya tenglamasini yozing. Parchalanish natijasida boshqa moddalar olsa bo’ladimi? X moddani sintez qilishning eng yaxshi usuli sotuvda bor reaktivlardan quyidagicha: KMnO4 eritmasini mol miqdorda KOH eritmasida qaynatib, yam-yashil rangli eritma olindi. Hosil bo’lgan eritmaga Ba(NO3)2 eritmasidan qo’shildi. Agar eritma rangsizlanmasa unda eritma rangsizlanguncha qaynatish davom ettiriladi. Hosil bo’lgan cho’kmani yuvib, suv bilan aralashtirib, hosil bo’lgan aralashmaga mol miqdorda CO2 o’tkazildi. Hosil bo’lgan eritmani filtrlab, filtrlangan eritmani X modda kristallanguncha bug’latildi. O’tkazilgan reaksiya tenglamalarini yozing. 100 gr KMnO4 dan necha gr X moddasi olsa bo’ladi? Reaksiya unumi 85 %. 14.636 gr ikki valentli metall oksidi va karbonati aralashmasi yetarli miqdorda HCl da eritildi. Natijada 1.568 l (n.sh) CO2 ajralib chiqdi. Hosil bo’lgan eritmaga Zn plastinkasi tushirildi. Reaksiya tugaganda (Zn mol miqdorda) plastinka eritmadan chiqarildi. Suv bilan yuvib, quritib, tarozida tortildi. Plastinkani massasi 4.23 gr ga ortdi. Metalni toping va dastlabki aralashmani tarkibini aniqlang. 5 gr X oddiy modda mol miqdorda Y metalmasi bilan 33.63 gr binar birikma A1 ni hosil qiladi. 5 gr X modda Y moddaning kamroq miqdori bilan reaksiyaga kirishganda 22.18 gr binar birikma A2 hosil bo’ladi. A2 modda mol miqdorda S bilan reaksiyaga kirishganda faqat 27.34 gr B1 modda hosil bo’ladi. A1 moddaning mol miqdori S bilan reaksiyasi natijasida 27.34 gr B1 va 21.77 gr B2 modda hosil bo’ladi. Modda tarkibi va bu moddalarni gidroliz reaksiyasini yozing. 11 gr suyuq binar anorganik A birikmasi bug’latildi va bug’larini qizdirilgan ko’mirdan o’tkazildi. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalarni sovutildi. Bunda 11.72 gr eritma olindi. Eritilgan B moddaning massa ulushi 21.16 % . Reaksiya tenglamasini yozing va A, B moddalarni ishqor bilan sovuqda va qaynatilganda Griniyar reaktivi bilan reaksiya tenglamasini yozing. 2 ta kislotadan tashkil topgan eritma bor. Shu eritmani titrlash uchun 5 ml 1 M li NaOH eritmasi kerak. Ma’lumki 100 ml shu eritma 0.594 gr Al bilan reaksiyaga kirishishi mumkin(Al mol miqdorda). Natijada 470.4 ml n.sh.da H2 ajralib chiqadi. Eritmada esa faqat 2 ta tuz qoladi. Dastlabki eritmani 10 ml ga mol miqdorda AgNO3 ning suvdagi eritmasiga ta’sir ettirilsa, 0.6745 gr oq cho’kma hosil bo’ladi. Kislotalarni toping va bo’lib o’tgan reaksiya tenglamasini yozing. B va V moddalarini alohida-alohida suvdagi eritmalari qattiq, suvda erimaydigan A modda bilan reaksiyaga kirishmaydi. Agar B va V moddalari eritmasini qo’shib, hosil bo’lgan eritmaga A modda qo’shilsa, reaksiya boradi va gaz ajralib chiqadi. Eritmada esa faqat G modda qoladi. Ma’lumki 0.8 gr A moddani AgNO3 eritmasi bilan mol miqdorda reaksiyaga kirishtirilsa, B modda eritmasi hosil bo’ladi va 2.7 gr cho’kma hosil bo’ladi. 1.2 gr A moddani B va V moddalari eritmasi bilan reaksiyasida 4 gr G modda bo’lgan eritma hosil bo’ladi. Modda tarkibini va reaksiya tenglamasini yozing. Och yashil X tuzi quyidagicha kimyoviy o’zgarishga uchrashi mumkin: 1000C gacha qizdirilganda 11 % massasini yo’qotadi. Bu massa krisrallizatsion suv. Agar 1 gr X tuzi eritmasiga mol miqdordagi BaCl2 eritmasi ta’sir ettirilsa, 1.375 gr cho’kma tushadi. Bu cho’kmaga H2SO4 eritmasi ta’sir ettirilganda 1.424 gr cho’kma va Y kislota eritmasi hosil bo’ladi. Dastlabki tuzga BaCl2 ta’sir ettirilgandan keyin hosil bo’lgan cho’kma eritmaga mol miqdorda KOH eritmasi ta’sir ettirilsa, quyuq cho’kma hosil bo’ladi. Bu cho’kmani havoda qizdirilishi 0.163 gr jigarrang qattiq qoldiq hosil bo’lishiga olib keladi. Dastlabki tuzni, Y kislotasini, quyuq cho’kmaga ta’sir ettirilishidan olsa bo’ladi. Katalizator-KOH. Tuzni toping va reaksiya yenglamasini yozing. 106. Quyida keltirilgan reaksiya tenglamalaridan G1, G2, G3, G4 bilan turli gazlar belgilangan. C1, C2, C3 da turli tuzlar. Strelka oldidagi “?” belgisi reaksiyani ma’lum sharoitda borishini anglatadi. Reaksiya tenglamasini keltiring. G1 + G2 = C1 + H2O G3 = G2 C1 + NaOH = G1 + C2 + H2O C1 + C3 = C2 + G4 + H2O G4 + H2 = G1 2 ta gazlar aralashmasi suvda erimaydi, kislota va ishqorlarning eritmasi bilan reaksiyaga kirishmaydi. Agar shu aralashma yondirilsa, hosil bo’lgan mahsulotlar kondensantrlanadi. Shunda 5 % li kislotaning suvli eritmasi hosil bo’ladi. Shu eritmaga CO2 ajralib chiqishi tugaguncha qattiq NaHCO3 qo’shildi. Bunda 6.96 % li tuz eritmasi hosil bo’ldi. Kislotani toping. Dastlabki gazlar aralashmasini tarkibini aniqlang (hajmini % da toping) va reaksiya tenglamasini yozing. X moddasining quyidagi sintez usuli mavjud: 34.2 gr MnCl2 * 4H2O eritmasi yoki ekvivalent miqdorda asetat yoki Mn(NO3)2 ni aralashmasiga 30 gr H3PO4 va 8 gr konsentrlangan HNO3 qo’shildi. Aralashma quriguncha bug’latildi, zangori-kulrang cho’kma hosil bo’ladi. Eritma sovugandan so’ng 50 ml suv qo’shildi. Cho’kma filtrlandi va suvda yuvib, quritildi. 15-23 gr hosil bo’ladi (hisoblashda 52-79 % Mn tuzi olingan). X moddani aniqlang va monogidrat ekanligini unutmang. Reaksiya tenglamasini yozing va quyidagi savolga javob bering: nega bu reaksiyada MnCl2 yoki Mn(NO3)2 o’rniga MnSO4 ishlatib bo’lmaydi? NaCl ni X kislota bilan 1:1 mol nisbatda aralashtirildi. Hosil bo’lgan aralashma bug’latildi. Qoldiqni 2500C da qizdirildi. Agar shu qoldiq suvda eritilsa, hosil bo’lgan eritma suvda erimaydigan X kislotani Ba li tuzini eritib yuboradi. Uzoq vaqt saqlansa, cho’kma hosil bo’lishiga olib keladi. Bu cho’kmada Ba ning massa ulushi – 58.8 % ga teng. Modda tarkibi va jarayonlarni kimyoviy nuqtai nazardan tushuntiring. Massasi 5 gr bo’lgan oq kristall kukun suvda eritildi. Bu eritma 4.04 gr NaHCO3 bilan reaksiyaga kirishganda 1.077 l CO2 ajralib chiqadi. Hosil bo’lgan eritma (CO2 chiqib ketguncha bug’latildi). Mol miqdorda Ba(OH)2 bilan reaksiyaga kirishganda 10.82 gr cho’kma hosil bo’ldi. Dastlabki moddani tarkibini aniqlang va reaksiya tenglamalarini yozing. A va B moddalari molyar massalari teng bo’lgan 1 ta metalning tuzlari hisoblanadi. A tuzi qizdirilganda oksid va 2 ta gaz (1:4 nisbatda) ga parchalanadi. B tuzi qizdirilganda A tuzidan hosil bo’lgan oksid va mol nisbati 1:1:2 bo’lgan gazlar aralashmasiga parchalanadi. Agar A va B tuzlarini 1:1 nisbatda aralashtirsak, parchalanish pastroq temperaturada boradi va 1:1:1 nisbatda 3 ta gazlar aralashmasini hosil qiladi (D(H2)=18) parchalanishdan hosil bo’lgan metall oksidining massasi dastlabki tuz massasini 27 % ini tashkil etadi. Tuzlarni toping. 100 gr 9 % li anorganik tuz eritmasini mol miqdorda suyultirilgan H2SO4 bilan qizdirilganda nordonlashadi. Bunda eritma to’q rangga kiradi. Keyin ozroq ocharadi va 375 ml gaz ajralib chiqadi. Hosil bo’kgan eritmaga mol miqdorda Cu qo’shilsa, 1867 ml dastlabki gazdan ajralib chiqadi. 9.6gr Cu eriydi. Tuzni aniqlang. Zichligi 13.45 gr/sm3 bo’lgan suyuqlik -590C da muzlaydi. 1 ml ushbu suyuqlik suyultirilgan HNO3 da eritilganda va ishqor bilan neytrallanganda 12.73 gr qora A cho’kma hosil bo’ladi. 1 ml dastlabki suyuqlikni konsentrlangan HNO3 da eritilganda va ishqor bilan neytrallanganda 13.21 gr li sariq B cho’kma hosil bo’ladi. Bu ikkala cho’kmaga ham Na2CrO4 qo’shilsa, 1.55 gr suvda erimaydigan, lekin Cl2 li suvda eriydigan sariq cho’kma hosil bo’ladi. Suyuqlik tarkibini aniqlang va reaksiya tenglamalarini yozing. Olinishi qiyin bo’lgan birikma 2 ta Na li tuzni qo’shib qizdirilishidan hosil qilinadi. Bunda 1 gr A modda va 963 ml N2 hosil bo’ladi. 1 gr A modda 181 ml Cl2 bilan reaksiyaga kirishadi va 2 ta birikma ralashmasini hosil qiladi. Moddalarni toping. Fe li J1 tuzi qizdirilganda Fe2O3, A va B aralashmasiga parchalanadi. 1 mol J1 5 mol boshqa Fe li tuz J2 bilan aralashtirib qizdirilsa, faqat Fe2O3 va A hosil bo’ladi. 2-A 1-A dan 4.33 marta ko’p. tuzlarni toping. Aralashmadagi 2 ta anorganik Ba li tuzlar suvda erimaydi. Massasi 10 gr bo’lgan aralashmani ortiqcha miqdorda suv bilan qaynatildi. Bunda bir qancha vaqt o’tgandan so’ng reaksiyada rang hosil bo’ldi. Qaynatish davom ettirilganda rang uchib ketdi va rangsizlandi. Rang hosil qilgan vaqtda kuchli kislotali eritma hosil bo’lgan. Cho’kmada 6.57 gr aralashma B bo’lgan. Neytrallanishdan oldin 0.73 gr cho’kma-B tushdi. Bunda qolgan suyuqlik toza suv edi. Reaksiya tenglamalarini yozing. ANORGANIK KIMYO 1-DARAJA. Ikkita kislota bir-biri bilan reaksiyaga kirishib, Mr i – 44 gr/mol bo’lgan gaz va H2SO4 ni 1:2 mol nisbatda hosil bo’ldi. Kislotalarni toping. Ikkita kislotani oddiy birikmalardan oling. Ba(NO3)2 suvda eriydigan 2 ta anorganik sulfatlar aralashmasiga ta’sir ettirildi. 13.04 gr aralashmada 22.37 gr BaSO4 hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan eritmadagi 2 xil nitratlar bug’latildi. 12 gr kulrang kukun qoldi. Dastlabki sulfatlar NaOH bilan cho’kma bermaydi. Lekin, rangini o’zgartiradi. Aralashmaning miqdoriy va sifatiy tarkibini toping. Eritmadagi metall nitratga kuchli ishqor eritmasi ta’sir ettirildi. Bunda cho’kma tushadi. Bu cho’kma qora binar birikma bo’lib, 97.77 % metall bor. Ishqoriy eritmani K ni suyuq birikmasi X bilan olib bo’ladi. Lekin, H2 chiqib ketadi. Moddalarni tarkibini va reaksiya tenglamasini yozing. 2 ta xlorning O2 li birikmalari A va B. Ikkalasida ham 52.6 % (massa bo’yicha) xlor bor. A – sarg’ish-yashil gaz. B – oson qaynaydigan, portlovchi suyuqlik. Ikkalasi O3 bilan oksidlanadi va A1 va B1 hosil bo’ladi. Ularda 42.5 % Cl2 bor (massa bo’yicha) . A1 – qizil suyuqlik. B1 – rangsiz kristallar. Bu birikmalardagi moddalarning strukturalarini yozing. A va B qanday olinadi? Amaliyotda ishlatiladiga stexiometrik aralashma ikkita komponentli. Bular bir-biri bilan reaksiyaga kirishib ketadi. Bu aralashma massasi 10 gr. Ishqor bilan ishlanganda 2.95 l gaz ajralib chiqadi. Hosil bo’lgan moddalar suyultirilgan HCl bilan ishlanganda 2.21 l o’sha gaz ajralib chiqadi. Gazlarning hajmi n.sh.da o’lchangan. Aralashma tarkibini toping. U nima deb ataladi? Noma’lum metall ftoridi suv bug’i bilan 4000C da ishlandi. Hosil bo’lgan gazli aralashmani shu temperaturada Cu li trubkadan o’tkazildi. Ma’lumki, agar 6 gr ftorid olsa, bunda reaksiyada 4.16 gr qora cho’kma tushadi. Trubkani massasi 1.31 gr. Ftoridni toping. Alyuminotermiya usuli toza metall olish usuli hisoblanadi. Ma’lumki, reaksiyada 25 gr X bilan 25.76 gr Al2O3 hosil qiladi. Metallni toping. Birikmani misolini keltiring. Bu yerda asetat ioni bidetant ligant sifatida bo’lishi kerak. Shu birikmani strukturasini keltiring. Kimyoviy bog’larni aniqlang. 3 gr X tuzi qizdirilganda 1.318 gr uchuvchan bo’lmagan metalga va 0.241 gr uchuvchan A tuzga,1.315 gr uchuvchan K kislota va 101 ml n.sh.da gazsimon oddiy moddaga parchalanadi. Reaksiya tenglamalarini yozing. Rudalardan ajratib olingan X elementini mahalliy Al va Fe dan farqi eritmalarda ammoniy karbonat bo’lib, cho’kmaga tushmaydi. Sovuqda mol miqdorda olingan. Lekin, eritma qaynatilganda cho’kma bo’lib tushadi. Ammo bu cho’kma to’liq emas. Shu eritmaga CoCl2 ta’sir ettirilganda to’liq cho’kma bo’lib tushadi. Cho’kma tarkibi quyidagicha: Co – 12.66 % , N – 18.03 %, C – 7.73 %, H – 6.22 %, X – 3.86 % qolgani kislorod. X elementini toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 8 gr metall xlorid mol miqdorda CH3COONa bilan ta’sirlashdi. 10.15 gr cho’kma hosil bo’ldi. Bu qoldiq vakumda qizdirilganda parchalanmaydi. Bu usul metalning tozalanishi uchun ishlatilishi mumkin. Bu moddani parchalanishi 6000C da gaz fazada boradi. Bunda toza metall oksidi hosil bo’ladi. Metalni toping. YaMP nurlarida tarkibida F19 izotopi bo’lgan SbF5 00C da 3 ta chiziqli 2:2:1 nisbatda bo’ladi. 250C dab u liniyalar birikib, 1 ta signal hosil qiladi. SbF5 ning past temperaturadagi strukturasini toping. X metall konsentrlangan HCl da eritildi. H2 ajralib chiqdi. Huddi shu metall suyultirilgan HCl da eritilganda 5 % ko’p H2 ajralib chiqdi. Ma’lumki, X metalning suvsiz yuqori xloridi yondirilsa va shunda 5 % metall eritilsa, hosil bo’lgan rasplafdan elektr toki o’tkaziladi. So’ng suvda eritilganda H2 ajralib chiqadi. Ma’lumki, xloridning yuqori va pastki valentli birikmasi 5:8 Mr nisbatda 10000C da 5:4 nisbatda. X metalni toping. Eritmadagi jarayonlarni tushuntirib bering. X va Y tuzlari (8 gr, 2 gr) ta’sirlashib, yagona suvda erishi qiyin bo’lgan Z mahsulotdan 10 gr hosil qiladi. Agar 8 gr X tuzini parchalasak, faqat 7.507 gr Z tuzi va O2 hosil bo’ladi. Tuzni toping. Y tuzi binar birikma. Perxloradlarning eruvchanligi Na dan Cs ga tomon kamayadi. Perxloradlarni suvsiz HCl da eruvchanligi teskari tushadi. Shu eritmalar sovutilganda MClO4*HClO4 tarkibli moddalar kristallanadi. Moddalarni tuzilishini toping. Hajmi 100 ml bo’lgan no’malum tuz eritmasi 10 ml dan 10 ta bo’lakka bo’lindi. Har biriga Fe kukunidan 0.1 gr dan 1 gr gacha (0,1; 0,2;0,3;…) qo’shildi. Reaksiya tugagandan so’ng har bir bo’limdan hosil bo’lgan cho’kmalarni filtrlandi va o’lchab ko’rildi. Cho’kmani massasini Fe kukuniga nisbati quyidagi jadvalda berilgan: Tuzni toping va uning massasini hisoblang. Atom massalarini butun songacha yaxlitlang. 2.24 l sarg’ish-zangori gaz mol miqdorda O3 bilan reaksiyaga kirishganda 8.35 gr qizil portlovchi yog’simon modda hosil bo’ldi. U portlaganda 4.48 l 2 xil gaz aralashmasi ajralib chiqdi. Gazlar aralashmasini ishqor bilan o’tkazilganda hajmi 3.36 l gacha kamaydi. Moddalarni toping. Barcha jarayonlar n.sh.da o’lchangan. Konsetrlangan ammiakli suv va AlCl3 ta’sirlashganda cho’kma hosil bo’ldi. 1 gr cho’kmani qizdirilganda 0.85 gr suvda erimaydigan cho’kma hosil bo’ldi. Reaksiya tenglamalarini yozing. 4 gr noma’lum metalni suyultirilgan HNO3 da eritildi. Hosil bo’lgan eritmani titrlash uchun 0.629 gr KMnO4 va H2SO4 bo’lgan eritma kerak bo’ldi. Metalni toping. 4 gr noma’lum metalni suyultirilgan HNO3 da eritildi. Hosil bo’lgan eritmani titrlash uchun 7.292 gr KMnO4 va H2SO4 bo’lgan eritma kerak bo’ldi. Metalni toping. Noma’lum moddalarni toping: A + O2 = B + C B + HCl = A + C + H2O A metali suyultirilgan HCl bilan ta’sirlashmaydi. B metall esa HCl da eriydi. B metall oksidi suvda eriydi. Lekin, HCl da gaz hosil qilmay eriydi. Hosil bo’lgan eritma A metali bilan ta’sirlashadi. Bu reaksiyada gaz ham, cho’kma ham hosil bo’lmaydi. Qaysi metallar haqida gap ketayotganligini toping va reaksiya tenglamalarini yozing. 5 gr metall oksidi bilan HCl ta’sirlashsa, 2.8 gr xloridga aylanishi uchun kerak bo’lgan Cl2 ajralib chiqadi. Har ikkala reaksiyada ham bir xil Cl2 hosil bo’ladi. Metall 3 alentli. Metalni toping va reaksiya tenglamalarini yozing. X elementining ba’zi oksidi vakumda kuchli qizdirilganda 63.43 % massasini yo’qotadi. Huddi shu oksid havoda qizdirilganda qizdirilgan oksiddan 1.11 marta ortiq bo’lgan uchuvchan oksid hosil qiladi. Oksidlarni formulasini toping va reaksiya tenglamalarini yozing. Dastlabki oksidni konsentrlangan HNO3 bilan reaksiya tenglamasini yozing. 2 gr J2 noma’lum eritma bilan ta’sirlashganda 88.19 ml gaz hosil bo’ldi (n.sh.da). hosil bo’lgan eritma rangsiz va pH i 7 dan katta. Eritma tarkibini taklif qiling. A oksidi S bilan 1:1 mol nisbatda ta’sirlashganda SO2 va B oksidi hosil bo’ladi. A oksidi tionel xlorid bilan reaksiyaga kirishganda SO2 va V oksoxloridi hosil bo’ladi. 1-reaksiyadagicha SO2 olish uchun 2 baravar kamroq A oksidi kerak. B oksidi Cl2 bilan ta’sirlashganda A oksidi va V oksoxloridi hosil bo’ladi. A oksid bilan V oksoxloridni nisbati 3.813. Moddalarni formulasini toping. Noma’lum element oksidini parchalanishi natijasida faqat gazlar aralashmasi hosil bo’ldi(zichligi 3.2 gr/ml). Bu qaysi oksid? 3 ta element 2 xil birikma hosil qiladi. 1-A3BC3, 2-A3BC4. 1- birikmadagi C ning massa ulushi 24.36 %. 2-birikmadagi C ning massa ulushini toping va A,B,C larni aniqlang. 3 ta element A,B,C-3 ta binar birikma hosil qiladi. Har bir ekement uchala birikmada ham bir xil valentlik namoyon qiladi. A ning massa ulushi B bilan hosil qilgan birikmasida 75 %. B ning massa ulushi c bilan hosil qilgan birikmasida 7.8 %. C elementning A bilan birikmasidagi massa ulushini toping va elementlarni aniqlang. A element 2 ta oksid-B va C larni hosil qiladi. 100 gr B oksid parchalanishidan C oksid va 24 gr O2 hosil bo’ladi. Boshqa tomondan qaraganda 100 gr B oksid oddiy modda A bilan 152 gr C oksid hosil qiladi. Bu qaysi element va qaysi oksidlar? 1.6 gr qora kukun bilan mol miqdorda konsentrlangan H2SO4 ning o’zaro ta’siridan 0.02 mol 2 valentli metall sulfat, 3.2 gr SO2 va 1.08 gr H2O hosil bo’ladi. Qora kukun formulasini aniqlang va reaksiya tenglamalarini yozing. M metalning oksidi, X modda qaynatilganda suyultirilgan H2SO4 bilan reaksiyaga kirishishi natijasida M metall va sulfat eritmasi hosil bo’ladi. X konsentrlangan H2SO4 da eriydi. Bunda shu sulfat eritmasi va X modda hosil bo’ladi. M metal ham konsentrlangan H2SO4 bilan qizdirilganda reaksiya ketadi. Bunda ham sulfat eritmasi va SO2 hosil bo’ladi. H2SO4 bilan reaksiyasida X oksid va M metalning massasi bir xil. H2SO4 ning massasi 2:6:9 nisbatda. Boshlang’ich oksid formulasini toping. Quyidagi tajribalarni tushuntiring. Zn bilan suyultirilgan HNO3 ta’siridan olingan eritma KMnO4 eritmasini rangsizlantiradi. KMnO4 eritmasi bilan mol miqdorda KOH qizdirilganda sekinlik bilan ko’k rangga o’ta boshlaydi. Kislotali muhit hosil qilganda rang avvalgi holatga qaytadi va qo’ng’ir cho’kma hosil bo’ladi. Zn kobalt sulfat eritmasiga ta’sir ettirilganda gaz ajralib chiqadi. Al bilan Na2CO3 ning to’yingan eritmasi o’zaro ta’sirlashganda (qizdirilganda) gaz ajralib chiqadi. HCl bilan cho’yan qipiqlari ta’sirlashganda hosil bo’lgan H2 yoqimsiz hidga ega bo’ladi. 34. 1 gr noma’lum metall sulfati KMnO4 eritmasi bilan o’zaro ta’sirlashganda cho’kmaga tushadi: a) 0.191 gr MnO2 b) 0.96 gr MnO2. Har bir sulfatning formulasini aniqlang. 35. 1 gr Hg(NO3)2 ni mol miqdorda noma’lum eritma bilan ta’sirlashuvi 2.8 gr indvidual simobli binar birikma hosil bo’lishiga olib keladi. Eritma tarkibini keltiring.
Mg + X = A + B + H2O Mg(OH)2 + B = A + B + H2O D + X = B 37. Noma’lum moddalarni aniqlang: S + X = A + B
38. 6 gr A metal oksidi 1.125 gr C bilan metalgacha qaytarildi. Bunda olingan gaz 36 gr A oksidni qaytarib 34.8 gr B oksid hosil qiladi. Metall va oksidni aniqlang va reaksiya tenglamalarini yozing. 39. 1 gr anorganik modda O2 to’kida qizdirilganda 1.4 gr qoldiq va 448 ml n.sh.da N2 hosil qiladi. Moddani aniqlang. 40. X va Y gazlar O2 bilan reaksiyaga kirishmaydi. 50 hajm X va 2 hajm Y dan iborat aralashma 24.5 hajm O2 bilan ta’sirlashib, 48 hajm gaz mahsulot va qattiq cho’kma hosil qiladi. Qaysi gazlar haqida gap bormoqda? Kuzatishlar 600C da olib borilgan. 41. Metall xloridning eritmasidan mol miqdorda H2S gazi o’tkazilganda 0.77 gr HCl da erimaydigan cho’kma hosil bo’ladi. O’sha metall xloridning shuncha miqdori mol miqdordagi Na2S bilan sovuqda ta’sirlashganda 5 gr xlorid kislotada qisman eriydigan cho’kma hosil bo’ladi va 1.077 l n.sh.da H2S hosil qiladi. Xloridni aniqlang va reaksiya tenglamalarini yozing. Suvda erimaydigan rangsiz X tuzi quyidagicha xossalarga ega: HCl bilan ta’sirlashganda och sariq cho’kma hosil qiladi. Br2 li suvni rangsizlantiradi. Suvda va kislotada erimaydigan Y tuz cho’kmasini hosil qiladi. Havoda qizdirilganda SO2 va Y tuz hosil bo’ladi. 1- va 2- tajribalarda olingan eritmlarni filtrlab qo’shilganda yana Y cho’kma hosil bo’ladi. X va Y ni aniqlang. Bir nechta tajriba o’tkazildi. Har birida Ca 224 ml (n.sh.da) noma’lum gaz modda bilan qizdirildi. Reaksiya tugagandan keyin moddalar n.sh.ga olib kelindi. Hosil bo’lgan gazlarni hajmini tekshirishdi. Tajriba xulosalari jadvalda keltirilgan: Qaysi gazlar haqida gap ketmoqda? Qaysi tajribalarda qattiq qoldiqlar reaksiya tugagandan keyin indvidual moddalar bo’lgan? Shu moddalarni aniqlang va reaksiya tenglamalarini yozing. Ikkita anorganik moddalarni suvdagi eritmasi qo’shildi. Bunda cho’kma bilan gaz hosil bo’ldi. Bu tajribaga har xil moddalardan 3 ta misol keltiring. Gazlar massasi cho’kma massasidan kattaroq bo’lsin. Suvda yaxshi eriydigan gazlar (NH3, vodorod galogenid) eritmadan ajralib chiqmaydi deb hisoblang. 2 ta anorganik moddalar suvda eritildi (eritilganda kimyoviy reaksiya bo’lishi mumkin). Hosil bo’lgan eritmalar qo’shilganda cho’kma tushdi. Uning massasi dastlabki anorganik moddalar massasi yig’indisidan ko’proq bo’ldi. Uchta har xil misollar keltiring. Mis (II) oksidini suv bilan reaksiyasidan CuO to’liq reaksiyaga kirishdi va cho’kma hosil bo’ldi cho’kmani massasi dastlabki CuO dan kamroq bo’ldi. Eritma tarkibini aniqlang. CaO ni suv bilan ta’sirlashuvidan CaO to’liq reaksiyaga kirishdi va cho’kma qoldi. Uning massasi dastlabki CaO massasidan kamroq. Eritmada Ca(OH)2 yo’q. Eritma tarkibini aniqlang. Cl2 suvda eritildi. Bunda Cl2 to’liq reaksiyaga kirishdi va cho’kma qoldi. Uning massasi dastlabki Cl2 massasidan kamroq. Eritma tarkibini aniqlang. Noma’lum moddalarni aniqlang: A(oq) + B(gaz) = V(ko’k) A + O2 = G(qora) + B G + D(kislota) = V + H2O A + H2 = E(qizil) + D E + V = A 10 gr 20 % li A modda eritmasiga 2.5 gr suvda erimaydigan B modda qo’shildi. Shunda 3.235 gr cho’kma, 0.898 gr hidsiz gaz va cho’kmani ustidagi suyuqlik olindi. A va B modda orasidagi reaksiya oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi bo’lmagan. Dastlabki moddalarni va hosil bo’lgan cho’kmani tarkibini aniqlang. Cho’kma faqat suvsiz tuz deb hisoblang. 51. A – E moddalar tarkibida X elementi bor: A + HCl = B + H2O B + V = G G + NaOH = D + NaCl + H2O D + Cl2 = B + A B +NaOH = E + NaCl E = A + H2O A + H2 = B +H2O Reaksiya tenglamasini yozing va X elementini toping. 52. Qora rangli metall oksid qizdirilganda to’q-sariq rangga o’tib qoladi. Bu to’q-sariq moddaga HNO3 qo’shilganda cho’kmaga yana qora rangli oksid tushib qoladi. Bunday ta’sirdan keyin oksid massasi qanchaga kamayadi? Reaksiya tenglamasini yozing. 53. Birincha metall nitrat qizdirilganda faqat shu metall oksidiga va NO2 ga parchalandi. Ikkinchi metall nitrat qizdirilganda shu metall oksidi, NO2 va NO ga parchalandi. Ikkala nitratlar 1:1 mol nisbatda. Bu qaysi nitratlar? 54. Eritma tarkibida 2 ta metall nitrati bor. Bu eritmaga 1 gr Co qo’shildi. Reaksiya tugagandan keyin cho’kma filtrlandi. 3.51 gr cho’kma olindi. Cho’kmaga yana 1 gr Co qo’shildi. Reaksiya tugagandan keyin filtrlangan cho’kmani massasi 3.02 gr bo’ldi. Cho’kmaga yana 1 gr Co qo’shildi. Reaksiya tugagandan keyin filtrlangan cho’kmani massasi 2.01 gr bo’ldi. Cho’kmaga yana 1 gr Co qo’shildi. 1.51 gr cho’kma hosil bo’ldi. Undan keyin o’sha cho’kmani tarkibida faqat Co(NO3)2 bor edi. Eritmada qanday tuzlar bo’lganini va ularning massasini aniqlang. 55. 100 gr 37.8 % li HNO3 mol miqdorda Cu bilan reaksiyaga kirishdi. Ajralib chiqqan NO bilan NO2 ni aralashmasini Cu li trubkadan o’tkazildi. Trubkani massasi 4.2 gr bo’lib qoldi. Hosil bo’lgan eritmada mis nitratni massa ulushini aniqlang. 56. K va Ca qotishmasi bilan Al va Ba qotishmasini massasi teng. Ular suvdan teng miqdorda H2 ajratib chiqaradi. Ma’lumki, 1-qotishmadagi bitta metalning massa ulushi 2-qotishmadagi 1 ta metalning massa ulushiga teng. Qotishma tarkibini aniqlang. 57. Ma’lum miqdor HCl 10 gr Zn ni eritishga yetadi. Lekin, 11 gr Fe ni eritishga yetmaydi. Fe bilan reaksiyasidan hosil bo’lgan H2 36.8 gr PbO ni qaytarishga yetadi. Huddi shu miqdordagi H2 ni 15 gr X metali bilan suvni reaksiyadan olsa bo’ladi. Dastlabki eritmadagi HCl ni miqdorini aniqlang. 58. 6 gr noma’lum tuzni mol miqdordagi CO bilan qizdirilganda quyidagi mahsulotlarni beradi: 0.889 gr CO2, 4.18 gr suvda erimaydigan X tuzi va 2.343 gr suvda erimaydigan qattiq Y oksidi. Noma’lum moddalarni toping v areaksiya tenglamalarini yozing. 59. Oq cho’yan qipig’i bilan suyultirilgan sirka kislota reaksiyaga kirishganda uning sekinlik bilan erishiga olib keladi va (CH3COO)2Fe hosil bo’ladi. Bunda suyultirilgan sirka kislotada erimaydigan kulrang X modda qoladi. U HCl da to’liq eriydi va FeCl2 bilan gaz moddalarni murakkab aralashmasini hosil qiladi. Lekin, bu aralashmani tarkibiga qaramay 1.8 gr X moddadan 448 ml n.sh.da gazlar olsa bo’ladi. Aralashmani H2 ga nisbatan zichligi doimiy va 4.5 ga teng. Kimyoviy nuqtai nazardan bo’lgan hodisalarni tushuntiring va HCl bilan reaksiyada mahsulotlar aralasmasini yahlitlab aniqlang. Undagi asosiy moddani mol ulushi 54 % ga teng. 60. Noma’lum metall bilan HNO3 ni reaksiyasida 17.85 gr metall nitrat 784 ml n.sh.da NO va H2O hosil bo’ldi. Metalni aniqlang. 61. Tarkibida HCl va H2SO4 bo’lgan 100 gr eritma 50 gr BaCO3 bilan ta’sirlashdi. Bunda 4.975 l n.sh.da CO2 ajralib chiqdi va 22.89 gr eritmadagi qoldiq qoldi. Dastlabki eritmadagi kislotalarni massa ulushlarini toping. Etalondagi 1 gr 30 % li noma’lim modda eritmasi yonganda 1.11 l (n.sh.) CO2 va 0.994 gr H2O beradi. Eritmadagi moddani formulasini aniqlang. 10 l NH3 va H2 aralashmasini 4000C da kam miqdordagi CuO bilan qizdirildi. Reaksiya tugagandan so’ng 4000C da gaz mahsulotlarning hajmi dastlabki moddalar hajmidan 12 % ga ko’p bo’ldi. Hosil bo’lgan gazlar aralashmasining H2 ga nisbatan zichligi esa 64/7 gr teng bo’ldi. CuO to’liq reaksiyaga kirishgan. Reaksiya uchun necha gr CuO olingan? 2 valentli metall oksidi va uning korbanati aralashmasidan uglerodning massa ulushi 2.89 % ga teng. O2 ning massa ulushi esa 14.12 % ga teng. Metalni aniqlang. N.sh.da 10 l HCl bor idishga K metali tushurildi. Reaksiya tugaganda va mahsulotlarni n.sh.ga keltirilgandan keyin reaksiyaga kirishmagan gaz 2 l ga teng bo’ldi. Reaksiyada olingan qattiq qoldiqni massasini aniqlang. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari konfiguratsiyalarida ikkala elementning ham hosil bo’lgan atomida elektronlar soni o’zgaryapti. 5d96s1 = 5d66s0 va 2s02p0 = 2s02p3 4s03d10 = 4s03d9 va 4s03d0 = 4s03d5 4s03d2 = 4s03d5 va 2s22p6 = 2s22p4 6s0f7 = 6s04f8 va 5s25p5 = 5s05p2 Elementlarni aniqlang va reaksiya tenglamalarini yozing. Oddiy X modda Fe, O2 va Cl2 da yondirildi. Hamma holatlarda uchuvchan mahsulotlar hosil bo’ldi. Zichliklari 1.197:1:1.167 nisbatda. Barcha birikmalar suv bilan ta’sirlashgandan keyin FeCl2 eritmasi bilan qayta tiklandi. Ma’lumki, FeCl2 ning miqdori xlorid va ftoridni qayta tiklashga bo’lgan miqdori 1:2 nisbatda, ftorid va oksidni tiklashga 3:4 nisbatda. Moddalarni toping. Xlorid eritmasini va oksidni suvda o’zaro birikishini yozing (xlorid mol miqdorda). 15 gr Br2 mol miqdordagi X moddaning suvdagi eritmasi bilan ta’sirlashdi. Reaksiyadan keyin olingan rangsiz eritma vakumda bug’latildi va 21.19 gr rangsiz mahsulot olindi. Bu moddning 1 gr miqdori 100 ml suvda eritildi. Bu eritmaning 5 ml I KMnO4 ning 0.05 M li 8.85 ml eritmasi bilan kislotali muhitda ta’sirlasha oladi. X ni toping va reaksiya tenglamasini yozing. Yaqinda anorganik X tuzini sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan yangicha sintez usuli tavsiya qilindi. Xozirgi vaqtda X tuzini sanoatdagi sintezidan farqi oddiy aparat tuzilishida, yonish va portlash nisbati pastroq. Hom ashyo ishlatilishida bir necha marta yutkazadi. Usulning mohiyati shuki, A va B qattiq moddalar ta’sirlashadi. Ikkala qattiq moddada ham E1 va E2 elementlari bor. Ularning birikmadagi massa ulushi: WA(Э1) = 27.06 % WA(Э2) = 16.47 % WB(Э1) = 58.97 % WB(Э2) = 35.9 % Mol miqdorda X tuzi Ca(NO3)2 bilan Y birikma hosil qildi. Y birikma tarkibida Э1 va Э2 elementlari bor. Ularning massa ulushi 14.11 % va 51.53 %. Barcha birikmalarni toping va reaksiya tenglamasini yozing. Noma’lum gaz qizdirilganda parchalanib, hajmi boshlang’ichga nisbatan 1.5 marta ortdi. Hosil bo’lgan aralashmaning H2 ga nisbati zichligi boshlang’ich moddaning H2 ga nisbatan zichligidan 11.67 % ga kam. Gazni aniqlang va qizdirilgandagi hosil bo’lgan mahsulotlarni toping. ORGANIK KIMYO 1-DARAJA. Goffman reaksiyasi shartida (NaBrO) ftall kislota dramidi Brutto formulasi C8H6N2O2 bo’lgan mahsulot chiqadi. Hosil bo’lish mexanizmini tushuntiring. Qanday mahsulotlar o’xshash sharoitda 3.4 piridin dikarbon va malein kislotalarni diamidini beradi? Fenidon fotografiyada ochiltirgich sifatida ishlatiladi. U quyidagicha yo’llar bilan olinadi: С6H5NH2 + NaNO2 + HCl = X Z + ClCH2CH2COCl = Z1 X + SnCl2 + HCl = Y Z1 = Fenidon C9H10N2O Y + NaOH = Z Fenidonni strukturasini aniqlang va uni AgBr bilan reaksiyasini yozing. Quyidagi reaksiya mahsulotlari o’rganilganda noodatiy izomeriya turi kuzatildi: N[(CH2)20]3N + CH3J = 2 ta metil guruh tutgan mahsulot 3 ta izomerlar aralashmasidir. Izomerlar har xil miqdorda. Bu qanday izomerlar? Qaysi kimyoviy reaksiyalarda shu izomerlarni kimyoviy xossalari har xilligi kuzatiladi. Misollar keltiring. A modda ko’p tonnali sanoat mahsuloti. A modda tarkibidagi C ning massa ulushi 54.24 %. U 1 mol HCl ni CuCl ishtirokida biriktira oladi va B modda hosil bo’ladi. B moddani gidrolizi bir xil bo’lmaydi va S spirt (W(C) = 45.07 %) yoki D keton (W(C) = 68.57 %) hosil bo’lishiga olib keladi. Moddani aniqlang va reaksiya tenglamasini yozing. Geksametilen diaminni guanidin xlorid bilan qizdirilganda NH3 ajralib chiqadi. Qolgan modda oynasimon massa suvda yaxshi eriydi. Lekin, konsentratsiyasi 10 % dan yuqori bo’lgan eritmalar o’zini kimyoviy xossalarini o’zgartirib turadi. Xona haroratida turganda ular soviydi va quyuq moddaga aylanib qoladi. Qizdirilganda esa, yana suyuq holatga qaytadi. Kuzatilgan hodisalarni tushuntiring. X modda 2 asosli kislota hossalariga ega. U tabiatda uchramaydi. Lekin, uni mono va dimetil efirlari saqichdan ajratib chiqarilgan. X birikmasi tarkibida 65.45 % C bor. Sharoitga qarab u oksidlanib, qizil Y birikma (W(C) = 66.66 %)ga aylanadi. Yoki to’q binafsha rangli Z birikma (W(C) = 67.29 %) ga aylanadi. X birikma ftall angidrid bilan AlCl3 ishtirokida reaksiyaga kirishadi va bo’yoqlar olinadigan modda hosil bo’ladi. Noma’lum moddalarni toping. X modda (o’spa va prokaza bateriyalarida topilgan [W(C) = 82.94 %]). A kislota va B spirtning murakkab efiri. A kislota B spirt tarkibidagi C skeleti tarmoqlanmagan. Qattiq sharoitda X sovunlanadi. Hosil bo’lgan B spirtning massasi olingan X moddani massasini 32.18 % ini tashkil etadi. B spirt Iodoform reaksiyasiga kirishadi, Iodoform massasi reaksiya uchun olingan. B spirtning massasini 132.2 % ini tashkil qiladi. A kislota umuman suvda erimaydi. Lekin, benzolda eriydi va shu eritmada KMnO4 bilan boshqa A1 kislotaga oksidlanadi. A1 ning massasi A kislota massasidan tahminan 5 % ga ko’proq bo’ladi. X moddani formulasini toping. Bu modda bakteriyalarga qanday xususiyatlarni beradi? U hujayraning qaysi qismida joylashgan? Bitta anorganik X birikma aldegid bilan reaksiyasida R-CN nitril beradi. Simmetrik keton (R-C(0)-R) bilan reaksiyasida esa, amid R-C(0)NHR beradi. Karbon kislota R-COOH bilan reaksiyasida R-NH2 amid beradi. Shu reaksiya mehanizmini tushuntiring. X uglevodorod ko’p tonnali sanoat mahsuloti. Har xil galagenlar bilan har xil reaksiyaga kirishadi. Ftor bilan X strukturasiz reaksiyaga kirishadi. Xlor bilan quyosh nuri ta’sirida organik mahsulot beradi (W(C) = 60.76 %). Br2 bilan 300-3500 C haroratda uglerodning massa ulushi 13.04 % bo’lgan mahsulot beradi. Yod bilan maxsus sharoitda uglerodning massa ulushi 92.31 % bo’lgan mahsulot beradi. AlCl3 ta’sirida X qizdirilganda X1 skelet izomeriga aylanadi. U galogenlar bilan reaksiyalarida bunday xilma-xillik ko’rsatmaydi. Moddalarni aniqlang. A va B modda bir-biriga sis-trans izomer. Ikkala modda ham parchalanganda harorati keskin farq qilishiga qaramasdan har xil mahsulot beradi. KMnO4 bilan kislotali muhitda oksidlanganda 772 ml (n.sh.da) CO2 ajralib chiqishiga olib keladi. 1 gr A yoki B modda hisobiga KMnO4 bilan ishqoriy muhitda okidlanganda har xil isomer mahsulotlar hosil bo’lishiga olib keladi. Izomerlardan biri cho’kmaga tushadi. Moddani toping. Quyidagi ketma-ketlikni amalga oshiring. Qo’shilayotgan reaktivlarning 1 moli tarkibida bittadan ortiq C atomi mavjud. Har bir bosqichda reaksiya unumi 80 % dan ortiq. HOOC – (CH2)2 – COOH → A → B → C → D → HOOC – (CH2)4 – COOH K karbon kislotadan benzil aminni sintezi uchun quyidagi sxemani ishlatish mumkin. K + NH3 → A C + C6H5CH2Cl → D A →250C B D + KOH(kons. кип) → С6H5CH2NH2 + E B + KOH(TB) → C E + HCl → K Ma’lumki shu sxema bo’yicha 1.0 gr kislotadan 8.43 gr benzil amin olish mumkin. Kislotani toping (ikkita javob). Ikkala kislotani ham sintezini bitta CxHy dan ko’pi bilan 3 bosqichda amalga oshiring. Solitsil aldegiddan bitta bosqichda C9H6O2 ni oling. Kerakli tibbiyot preparati pirokatekindan quyidagicha sintezlanadi: 2-xlor etan kislotaning xlorangidridi bilan reaksiyasi Hosil bo’lgan modda bilan metal aminni reaksiyasi Yumshoq gidrogenlash Vino kislota bilan reaksiyasi Aralashmani bo’linishi Ishqorlantirish. Bu qanday mahsulot? A modda oq kukun. Sovuqda suvda erimaydi. Lekin, qaynash haroratida eriydi. Eritma Br2 li suv bilan, A2 O ning NH3 dagi eritmasi bilan reaksiyaga kirishmaydi. Suvdagi permanganat bilan (MnO2 ajralib chiqishi bilan) va bilan reaksiyaga kirishadi. Kukun qizdirilganda qorayadi. O2 da yonadi. O2 da yonganda faqat CO2 bilan H2O hosil bo’ladi (mol nisbati 6:5). Eritma HCl bilan katalitik miqdorda qaynatilgandan keyin kumush ko’zgu reaksiyasini beradi, faqat Ag eritmada qoladi. Kukun zaharsiz, arzon va sotuvda bor. A moddani toping. To’yingan X CxHy ni sintezi (W(C) = 89.26 %) asetil asetondan quyidagi sxema bo’yicha amalga oshadi. Portlash 1.2 dibrom etan bilan (spirtda erigan) reaksiyasi ishtirokida amalga oshadi. Alyumogidrid bilan qaytarish. Piridindagi PBr3 bilan reaksiyasi. Kaliy tretbutilat tretbutanoldagi eritmasi bilan reaksiyasi. 1600 C da qizdirilishi (aktiv ko’mir ishtirokida). Barcha sintezni yozing. CxHy faqat bitta monoxlor hosilasi lekin, 50 ta har xildixlor hosilalari hosil qiladi. CxHy strukturasini aniqlang. X organik modda mashhur kimyoviy reagent. 1 gr shu modda sovuqda suvda gidrolizlanadi va qattiq kislotali eritma hosil bo’ladi. Uning neytrallanishiga 10. 5 ml 1 M li NaOH eritmasi ketadi. 1 gr X moddani gidrolizidan hosil bo’lgan suvdagi eritmani uzoq qaynatganda 0.483 gr suyuq organik moddani hosil bo’lishiga olib keladi. Bu modda suv bilan aralashmaydi. Lekin, suv qavatida organik moddalar qolmaydi. Shu qavatni m moddadagi BaCl2 bilan reaksiyasida 1.223 gr kislotada erimaydigan cho’kma hosil bo’ladi. X aniqlang. 1.08 gr aldegid va keton aralashmasi Ag2 O ning NH3 dagi eritmasi bilan reaksiyasida 8.64 gr Ag ajralib chiqdi. Huddi shu aralashma moddadagi dinitrofenil gidrozin bilan reaksiyasida 5.4 gr dinitrofenil gidrozonlarning aralashmasi hosil bo’ldi. Aralashmaning sifatiy va miqdoriy tarkibini aniqlang. X oddiy efir katalitik miqdordagi H2SO4 ishtirokida sirka aldegid bilan oson reaksiyaga kirishadi. Hosil bo’lgan Y mahsulot amaliyotda ishlatiladi. X efir sirka kislotani xlor angidridi bilan oson reaksiyaga kirishadi. Lekin, bu reaksiyada Y moddadan tashqari ko’p boshqa mahsulotlar ham chiqadi. X va Y da C ning massa ulushi 77.78 % va 72 % ga teng. X va Y ni aniqlang. Qanday keraksiz mahsulotlar hosil bo’lishini va nimaga xlor angidrid bilan reaksiyasida ular ko’proq hosil bo’lishini tushuntiring. Y qayerda ishlatiladi? Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling