Anorganik kimyo 3-daraja X tuzini suvda eritganimizda M


Download 0.85 Mb.
bet3/11
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1544286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zeyfman(Hoshimov H)

X5 va X6 ning LiAlH4 bilan reaksiyasini quyidagcha yozish mumkin:

Si3Br8 + 2LiAlH4 = Si3H8 + 2LiAlBr4


Si5Br12 + 3LiAlH4 = Si5H12 + 3LiAlBr4

Javob: X1 – SiBr4 X2 – (SiBr2)n X3 – SiBr3


X4 – SiBr2 X5 – Si3Br8 X6 – Si5Br12
Y5 – Si3H8 Y6 – Si5H12

32. X qora moddasi ( w(Me)=63,78% w(H)=1,45% w(O)=34,77%) noma’lum metal gidroksidining ochiq havoda uzoq muddat ushlab turish natijasida olinadi. 5gr X moddasi ortiqcha miqdorda HBr bilan reaksiyaga kirishib, 11,88gr bromid va 2,9gr Br2 hosil qiladi. X ni toping va uni qizdirilganda parchalanish reaksiyasini yozing.


Yechish: 5gr X moddasi tarkibidagi Me ning massasini topamiz: 5*0.6378=3.189gr.


Demak, bromid tarkibida 3.189gr Me va 8.691gr Br bo’lgan ekan. Ekvivalentlar qoidasidan foydalanib, Me ni topamiz:
8.691gr_______________3.189gr
80ekv________________Xekv X= 29.5ekv. Agar bu modda ikki valentli bo’lsa, Ni ga to’g’ri keladi. X ning Mr ini topamiz:

3.189gr Ni_______________5gr


59gr___________________X X = 92.33gr. Agar 2 ta Ni bo’lsa, 185gr. 3 ta Ni bo’lsa, 277gr.

63.78/59 : 1.45/1 : 34.77/16 = 1.081:1.45:2.173 Ni3xH4xO6x Bu modda Ni3O2(OH)4 ga to’g’ri keladi.
Quyidagi reaksiyalar ketadi:

6Ni(OH)2 + O2 = 2Ni3O2(OH)4 + 2H2O

Ni3O2(OH)4 + 8HBr = 3NiBr2 + Br2 + 6H2O
Javob: Ni3O2(OH)4

33. Olinishi qiyin bo’lgan O oksidini olishning eng zo’r usuli quyidagicha: P oq oddiy moddaga G gazi ta’sir ettiriladi. G gazi K1 kislotani qizdirilgan HNO3 ga ta’sir ettirish natijasida olinadi. Bu reaksiyada G gazidan tashqari H2O va K2 kislota ham hosil bo’ladi. Yonaki moddalar sifatida O oksidini olinishida KR va oq modda B hosil bo’ladi va reaksiyaga kirishmagan P moddaning ozgina miqdori ortib qoladi. O oksidini yonaki moddalardan tozalash uchun suyuqlantirib filtrlanadi. Bunda KR, P, B filtrda, suyuq O oksidi esa, (T(suyuq)=230C) filtratda qoladi. Agar O oksidini ajratmasdan, butun reaksion massani havoga olib chiqsak, u o’z-o’zidan yonib, yagona modda sifatida B ni hosil qiladi. O va B moddalar H2O bilan reaksiyaga kirishib, mos ravishda K3 va K4 kislotani hosil qiladi. K3 kislota qizdirilganda parchalanib, parchalanishning birinchi mahsuloti sifatida K4 ni hosil qiladi. K1,K2,K3,K4 moddalarida H2 ning massa ulushi mos ravishda 3,09;2,04;3,66;3,06 % gat eng. Moddalarni toping, reaksiya tenglamalarini yozing. Nma uchun O oksidini olishda G gazi o’rniga O2 ni ishlatish mumkin emas?


Yechish: P oddiy modda fosforga to’g’ri keladi. Havoga olib chiqilganda ortib qolgan fosfor mol miqdordagi O2 bilan ta’sirlashib, P2O5 hosil qiladi. Demak, B modda P2O5 ekan. K4 kislotada H2 ning massa ulushi 3,06% bo’lsa, bu kislota H3PO4 ga to’g’ri keladi. K3 kislota tarkibida uchta vodorod bo’lsa, H3PO3 bo’lishi mumkin. Demak, O oksidi P2O3 bo’lgan. K2 kislota ikki negizli bo’lsa, 98gr H2SO4 ga to’g’ri keladi.

NH2SO3H + HNO3 = N2O + H2SO4 + H2O

Demak, K1 kislota NH2SO3H bo’lgan ekan.

P4 + 8N2O = P2O3 + P2O5 + 8N2
Javob: P - P4 O - P2O3 B – P2O5
KR – N2 G –N2O
K1 – NH2SO3H K2 - H2SO4
K3 – H3PO3 K4 - H3PO4

34. Ikki har xil metalning ikki har xil oksidi ortiqcha miqdordagi HBr bilan ta’sirlashganda tarkibida 3ta har xil bromid bo’lgan eritmani hosil qiladi. 16,96 gr shu aralashma ortiqcha miqdordagi H2 bilan qaytarilganda 15,2 gr qattiq qoldiq hosil qiladi. Bu qattiq qoldiq shuncha miqdor Mg bilan reaksiyaga kirishganda, 12,96gr 2ta metall aralashmasini hosil qiladi. 15,2gr qattiq qoldiqni ham, 12,96gr metallar aralashmasini ham HBr bilan ishlanganda tarkibida 1ta bromid va suvda erimaydigan kislota qoldig’iga ega bo’lgan eritma hosil qiladi. Agar dastlabki oksidlar ozgaruvchan valentlikka ega oksidlar hisoblansa, aralashma tarkibini toping.


Yechish: 16,96gr aralashma ikki oksiddan, 12,96gr aralashma esa, ikki metaldan iborat. 15,2gr aralashmada bir metal kichikroq valentli oksidi holida, ikkinchisi esa, metal holida bo’lishi mumkin. Oksid holidagi metalni Fe deb olamiz.

Me2Ox + xH2 = 2Me + xH2O Fe2O3 + H2 = 2FeO + H2O FeO + Mg = Fe + MgO

16gr O2_________________72gr FeO tarkibida bo’lsa,


2,24gr(15,2-12,96) O2_________________Xgr FeO tarkibida bo’ladi. X= 10,08gr.

Demak, 11,2gr Fe2O3 bo’lgan ekan. U holda ikkinchi oksid 5,76 gr(16,96-11,52) bo’lgan. Ikkala oksid tarkibidagi O2 ning umumiy miqdori 4gr(16,96-12,96). Fe2O3 tarkibida esa 3,36gr. Demak, ikkinchi oksid 5,12gr metal, 0,64gr O2 dan iborat. Ekvivalentlar qonunidan foydalanamiz.

0,64gr___________________5,12gr
8 ekv___________________X ekv. X=64. Bu bir valentli Cu ga to’g’ri keladi.

Javob: Fe2O3 va Cu2O


35. Anorganik tuzning 3 ta bir xil massalari har xil o’zgarishga uchratildi.


1. Ortiqcha miqdordagi konsentrlangan HCl ta’sir ettirildi. Bunda tuz erib ketdi va ikkita gaz aralashmasi hosil bo’ldi. Eritmada HCl ning ortiqchasidan tashqari bitta xlorid qoldi. Aralashmaning hajm jihatdan ¾ qismi ishqor eritmasidan o’tkazilganda ham, qizdirilgan mis sim ustidan o’tkazilganda ham,yutiladi. Bunda yutilmagan X gazi ortib qoldi.
2. 5000C gacha qizdirildi. Bunda ikkita gazlar aralashmasi hosil bo’ldi. Bu aralashma ishqor eritmasiga yutilmaydi. Lekin, qizdirilgan mis sim ustidan o’tkazilganda, ½ qismga kamayadi. Bunda yutilmagan X gazi ortib qoladi.
3. Ortiqcha miqdordagi 20% li shovul kislota bilan reaksiyaga kirishdi. Bunda gazlar aralashmasi hosil bo’ladi va tarkibida 17,9 % uglero’d bo’lgan suvsiz tuz cho’kmaga tushdi. Gazlar aralashmasi qizdirilgan mis bilan reaksiyaga kirishmaydi. Lekin, hajm jihatdan 6/7 qismi ishqor eritmasiga yutiladi va yutilmagan X gazi ortib qoladi. Tuzni toping. X gazining hajmi uchala holatda ham bir xil. Reaksitalarni yozing.

Yechish: Shovul kislota bilan o’rin olish reaksiyasiga kirishgan dab olib, tuz hosil qiluvchi metalni topamiz.

17.9% C__________________100% tarkibida bo’lsa,
24gr C __________________ X gr tarkibida bo’ladi. X= 134gr. Kislota qoldig’i(COO)2ni ayirib, metalni topamiz. 134-88/2=23gr. Bu metal bir valentli bo’lsa, Na ga to’g’ri keladi. Tuz esa, Na2XeO4 bo’lishi mumkin. Quyidagicha reaksiyalar ketadi:


  1. Na2XeO4 + 8HCl = 2NaCl + Xe + 3Cl2 + 4H2O

Hosil bo’lgan Cl2 ishqor eritmasidan o’tkazilganda ham, qizdirilgan mis sim ustidan o’tkazilganda ham,yutiladi.

2. 2Na2XeO4 = Na4XeO6 + Xe + O2

3. Na2XeO4 + 4(COOH)2 = Xe + 6CO2 + (COONa)2 + 4H2O

Javob: Na2XeO4

36. C1 tuzi yopiq hajmda 2150C gacha qizdirilganda. J suyuqligi va 2 ta G1 va G2 gazlar aralashmasi hosil bo’ldi. Aralashmani n.sh. gacha sovutilganda, G1 J bilan reaksiyaga kirishib ketdi. Bunda C2 tuzi va yutilmagan G2 gazi qoldi. C2 ning massasi reaksiya uchun olingan C1 massasini 80% ini tashkil etdi. G1 gazi 60% li NaOH eritmasini C1 ga ham, C2 ga ham ta’sir ettirilganda olinadi. G2 gazi G1 dan ikki marta zichroq. Tuzlarni toping. Reaksiyalarni yozing.


Yechish: 2:1 Mr nisbatli gazlar aralashmasi PH3 va NH3. Bu gazlar hosil bo’lishi uchun tarkibida


P―H bog’lanish mavjud bo’lgan NH4+ tuzi qizdirilishi kerak. Bu tuzni NH4H2PO2 deb olamiz.

2NH4H2PO2 = H3PO4 + PH3 + 2NH3


Sovutilganda NH3 va H3PO4 reaksiyaga kirishib ketadi.

2NH3 + H3PO4 = (NH4)2HPO4


Haqiqatdan ham bir mol (NH4)2HPO4 ning massasi ikki mol NH4H2PO4 ning 80% ini tashkil etadi.

NaOH + NH4H2PO2 = NaH2PO2 + NH3 + H2O

3NaOH + (NH4)2HPO4 = Na2HPO4 + 2NH3 + 3H2O

Javob: C1 - NH4H2PO2 C2 - (NH4)2HPO4


G1 – NH3 G2 – PH3 J – H3PO4

37. A oksidini B kislota bilan suvsiz sharoitdagi reaksiyasi 2 xil yo’l bilan boradi. 0-50C gacha bo’lgan temperaturada yagona modda C tuzi hosil bo’ladi. 1000C dan yuqori temperaturada G oksidi va D kislota hosil bo’ladi. C tuzi to’liq gidrolizlanadi. Gidroliz mahsulotlari D kislota va G, E oksidlardir. X elementining C, B, G va E dagi massa ulushi 1:2:2,76:4.23 nisbatda bo’ladi. Moddalarni toping. Reaksiya tenglamalarini yozing.


Yechish: A + B = C A + B = G + D

C + H2O = D + G + E

X elementi C, B, G va E moddalar tarkibida bor. A oksidini hosil qiluvchi elementni metalmas deb olamiz. Amfoter metall deyish mumkin emas. Chunki tuz hosil qiluvchi metal holida suv bilan reaksiyaga kirishib kislota hosil qilmoqda.


A oksidini SO2; B kislotani HNO3 deb olsak, quyidagicha reaksiya ketadi:

SO2 + HNO3 = NOHSO4

SO2 + 2HNO3 = H2SO4 + 2NO2

2NOHSO4 + H2O = 2H2SO4 + NO2 + NO


Javob: A – SO2 B – HNO3
C – NOHSO4 D – H2SO4
G – NO2 E – NO X - N

38. Maktablarda yaxshi o’rganilgan va hammaga mashhur bo’lgan A va B oksiddan tashqari adabiyotlarda X elementining O2 bilan bir necha binar birikmalari yozilgan. Ularni K, L, M, N deb ataymiz. K va L birikmalari O2 da yonib, asosan A ni hosil qiladi. N va M qizdirilganda parchalanadi. M moddasi qizdirilganda avval N va O2 hosil bo’ladi. Keyin qizdirish davom ettirilsa, N moddasi parchalanib, B va O2 hosil qiladi. Bizga ma’lumki K qattiq moddasi X ning H2 li birikmasi va uning oksoxlorididan olinadi. L moddasi 40mm Hg ustuni bosimida beqaror bo’lgan gaz hisoblanadi. Bu gaz past bosimda X ni CuO bilan qizdirish yoki X elementini binar birikmasini va oksoxloridini Ag bilan reaksiyasidan olinadi. M va N aralashmasi A bilan ortiqcha miqdorda O2 aralashmasi ustidan sonayotgan elektr razryadi o’tkazish natijasida olinadi. Sovuq sharoitda ortiqcha miqdordagi Y kislotaga F2 ta’sir ettirib ham M ni olish mumkin.

2L = 3X + A 2K = 15X + A
4M = 2H + O2 2N = 4B + O2


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling