A gazini Cl2 deb olsak, G oq moddasi AgCl ga to’g’ri keladi. Ag ning qora rangli B birikmasi esa, Ag2O bo’lishi mumkin. U holda quyidagicha reaksiya ketadi:
2Cl2 + Ag2O = Cl2O + 2AgCl
G moddasi ya’ni AgCl ga ishqor ta’sir ettirsak, haqiqatdan ham Ag2O qayta tiklanadi.
2AgCl + 2NaOH = 2NaCl + Ag2O + H2O
Javob: A – Cl2 B – Ag2O V – Cl2O G - AgCl
44. Fosfor 9 xil sulfid hosil qiladi. N1-P4S10; N2-P4S9; N3-P4S7; N4,5(izomer)-P4S5; N6,7(izomer)-P4S4; N8,9(izomer)-P4S3. Ushbu sulfidlarni strukturasini aniqlash uchun YaMR metodi qo’llanildi 31P. Quyidagi spektorlar olindi: N1- singlet; N2- 2ta singlet(1:3 nisbatda); N3- duplet va singlet(1;1 nisbatda); N4- singlet, ikkita duplet va triplet; N5- singlet va duplet(1:1 nisbatda); N6- duplet; N7-singlet, duplet va triplet(1:2:1 nisbatda); N8- singlet va triplet(1;3 nisbatda); N9- duplet va triplet(1:1 nisbatda). Ushbu sulfidlarni strukturasini keltiring va ularni gidroliz reaksiyasini yozing.
Javob:
45. X tuzini Zn bilan HCl li muhitda qaytarsak, A gazi hosil bo’ladi. X tuzini Al bilan ishqoriy muhitda qaytarsak, B va V (1:1 nisbatda) gazlar aralashmasi hosil bo’ladi. A gazi va B va V gazlar aralashmasi bir xil modda
Do'stlaringiz bilan baham: |