Antik davrda ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi va shakllanishi


Download 60 Kb.
bet2/6
Sana04.02.2023
Hajmi60 Kb.
#1158214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Antik davrda ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi va shakllanishi

(Buddizm –Budda nomidan olingan. Buddaviylik –jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Unga e’tiqod qil. Tax. 500 mln.ortiq. Mil.ol. V-VI asrlarda Hindistonda paydo bo’lgan. )
(Konfutsiychilik- Xitoydagi axloqiy-siyosiy ta’limot. Keyingi eng ta’sirli uch asosiy falsafiy diniy oqimlardan biri. (daosizm va buddizm bilan birga.) Konfutsiy asos solgan. Konfutsiylik milodiy I asrlarda davlat ta’limotiga aylandi. )
Ko’p mamlakatlarda ilk davlatlar paydo bo’lgan davrda tabiat va inson birligiga asoslangan. Ibtidoiy odamga xos bo’lgan o’tkir kuzatuvchilik va uning tabiat bilan chuqur tanishishi insonni tuganmas tabiat kitobining ba’zi sirli varaqlarini o’qiy bilish darajasiga ko’targan.
Albatta, mazkur ijobiy bilimlar to’planmaganda insoniyat o’zining go’daklik davridan chiqa o’lmas, umuman rivojlanish bo’lmas edi. Uning yo’lida uchragan va doimo g’ov bo’lib kelgan noto’g’ri, teskari xayoliy tasavvurlar qanchalik ko’p bo’lmasin, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotni xech vaqt to’xtata olmagan. Aksincha, ijobiy bilimlar o’zidan keyin paydo bo’lgan ilmiy tafakkurning ashaddiy raqibi hisoblangan diniy tasavvurlar bilan murosasiz kurashda shakllanib, bu kurash jarayonida to’plagan bilimlarning qanchalik xaqiqiy ekanligi aniqlangan.
2. Eng qadimgi davrlardan boshlab Quyosh, oy, yulduzlar kompas va soat vazifasini bajargan. Bir tadqiqotchining obrazli iborasi bilan aytganda, odamni xayvondan ajratadigan belgilaridan biri, uning ba’zan boshini ko’tarib osmonga qarashining asosiy sababi ish mavsumini yulduzlarning xarakatlari va sonlari o’zgarishiga qarab belgilash zaruriyatidadir. Masal, papuaslar quyoshning yurishiga qarab ishni boshlash va tugatish vaqtini aniqlaganalar, Arabistonda yashovchi ko’chmanchi qabilalar uchun jazirama issiqdan qochib, kechalari ko’chib yurganlarida oy doimiy yo’lchi bo’lgan. Shuning uchun ham bu yerda paydo bo’lgan Islom dinining muqaddas alomati yarim oydir.
Ko’p xalqlarda xozirgacha yil xisobi oy kalendariga asoslangan.
Deyarli barcha qabilalarda yulduzlarni hayvon ismi bilan nomlash odat bo’lgan. mas, afrikalik bushmenlar u yoki bu yulduzni toshbaqa, kaltakesak, tog’ echkisi va xk. Hayvon nomi bilan ataganlar. Tub avstraliyaliklar jadi yulduzlarini kenguru deb ataydilar. Ularning o’ylashicha osmon ovchilari tutib yeyish uchun bu kenguruning ketidan yurar emish, osmondagi somon yuli esa usha ovchilar yerda yoqqan gulxanning osmonga ko’tarilgan tutini emish.

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling