Antik davrda ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi va shakllanishi


Ibtidoiy avstraliyaliklar suyak singanda "shina


Download 60 Kb.
bet4/6
Sana04.02.2023
Hajmi60 Kb.
#1158214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Antik davrda ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi va shakllanishi

Ibtidoiy avstraliyaliklar suyak singanda "shina"dan foydalanishni, o’rgimchak uyasi va kul bosib qon oqishni to’xtatishni, ichni surdirishni va qustiradigan vositalarni yaxshi bilganlar. Ko’p qabilalar zahardan baliqni karaxt qilish, uq-yoyni zaharlash hamda ba’zan davolash maqsadida foydalanganlar. Janubiy amerikalik indeetslar ba’zi zaharli o’simliklarni zaharsizlantirib, iste’mol qilish yo’llarini ham bilganlar. Ular kauchuk daraxtidan qlizma qiladigan asbob ixtiro qilganlar, sanitariya va shaxsiy gigiena, issiq, va sovuq; gidrotera­piya usullariga xam, parhez saqlashga ham ahamiyat berganlar. Deyarli har bir qishloqda tepalik yonbagriga uyilgan gorda yoki yerda usti teri bilan yopilgan 6yg’ xammomi bo’lgan, barcha shimoliy indeets qabilalari umumiy qoida buo’icha tez-tez xammomda cho’milganlar. Lekin suvdan qo’rqadigan va mutlaqo chumilmaydigan qabilalar (masalan, kube qabilasi) ham uchraydi.
Jodugarlik, folbinlik va sehrgarlik qancha keng tarqalmasin, ibtidoiy odamlar juda ko’p o’simliklarning, hayvon va mineral moddalarning davolash xususiyatini ham yaxshi bilganlar. Peruning qadimgi aholisi yovvoyi holda o’sadigan xina daraxtining pustlog’idan bezgak kasalini davolaydigan dori (xinin) ni kashf etgan. Ular tamaki chekishni ham davolash vositasi deb hisoblaganlar, har xil zahar va narkotiklardan og’riqni bosish va davolash uchun foydalanganlar.
Qadimgi boliviyaliklar yovvoyi holda o’sadigan koka nomli maxalliy bo’tani ekib kupaytirganlar va uning bargidan og’riqni bosuvchi dori sifatida foydalanganlar. Undan narkotik ichimlik ham tayyorlangan (hozirgi mashhur koka-kola va kokain dorisining ixtirochisi qadimgi Boliviya qabilalaridir).
Tub avstraliyaliklar qirqqa yaqin har xil davolaydigan o’simliklarni bilganlar. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida paydo bo’lgan tabiblar, jodugarlar va duoxonlar faqat sehrgarlik, avrash bilan cheklanib qolmasdan, bal­ki ibtidoiy farmakologiya qo’lga kiritgan barcha dori-darmonlardan ham mohirona foydalanganlar.

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling