Antik davrda ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi va shakllanishi
Eskimoslar yulduzlarni tulen ovlashga chiqib, osmonda yo’l topolmay adashib yurgan ovchilar deb ta’riflaydilar. Mo’g’ullar va turklar yilni 12 oyga
Download 60 Kb.
|
Antik davrda ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi va shakllanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Sharqda
- Mazkur oy nomlari
- Meditsina tarixi
Eskimoslar yulduzlarni tulen ovlashga chiqib, osmonda yo’l topolmay adashib yurgan ovchilar deb ta’riflaydilar.
Mo’g’ullar va turklar yilni 12 oyga bo’lib, har oyni bir xayvon (sichqon, buzoq., arslon, quyon, naxang, ilon, ot, qo’y, maymun, tovuq, it va cho’chqa) nomi bilan ataganlar. Bu yil hisobini qo’shni Osiyo mamlakatlari, shu jumladan O’rta Osiyo xalqlari ham qabul qilgan. Qadimgi Sharqda keng tarqalgan yana bir (Quyoshning yillik xarakati doirasidagi 12 nuqtada joylashgan burj — zodiak yulduzlar turkumiga asoslangan) kalendarda ham sayyoralarning ko’pchiligi hayvon (qo’zichoq, buzoq, qisqichbaqa, sher, chayon, tog’ echkisi, baliq nomi bilan atalgan. Mazkur oy nomlari har bir xalqning mashg’uloti, mehnat faoliyati, turmush tarzining o’ziga xos xususiyatlarini ob’ektiv ravishda ifodalovchi muhim dalillardir. Masalan, zodiak (burjiy) yil hisobida oyning Buzoq yulduzlar turkumining yonida joylashgan vaqt aprel-mayga to’gri keladi va o’sha vaqtda dalaga mol (buzoq,) larni haydab chiqarganlar. Kamon oyi (noyabr-dekabr) ov qilish davriga, sunbula (arabcha "boshoq.") oyi (avgust-sentyabr) yilning dexqonchilikda hosil beradigan eng go’zal urim-terim vaqtiga to’g’ri keladi. Agar moviy samo ovchi qabilalalar tasavvurida ovchilar quvlagan xayvonlar bilan to’lsa, chorva xalqlarida uy hayvonlari va podachilari bilan, dexqonlarda har xil dexqonchilik qurol-asboblari bilan to’la. Masalan, slavyanlar yulduzlar turkumini omoch, mola, xaskash, chalg’i, obkash deb ataganlar. Albatta, ibtidoiy odamlarning yulduzlar, Oy va Quyosh bilan bog’liq, tushunchalarida har xil totemistik tasavvurlar ham ma’lum o’rinni egallagan. Hozirgacha qorong’u osmonda meteorit ko’chsa, birovning o’limi bilan bog’lab, uning "yulduzi uchdi" deyilishi bejiz emas. 3. Madaniyat tarixini o’rganuvchi olimlar ibtidoiy odamlarni olovni hosil qilishlarida ba’zi jixatlaridan- fizik, oziq-ovqat tayyorlashda- ximik, davolashda va yaralarni bog’lashda - xirurg , tevarak-atrofdagi muhitni, daryo va tog’larni bilishda–geograf, barmoq hisobida - matematik, toshbolta va o’q yoyni yasashda–ixtirochi mexanik deb ta’riflaganlar. Uzoq o’tmishga qancha chuqur nazar tashlasak, uning sirli saxifalarini varaqlasak, bu fikr to’gri ekanligi isbotlanadi. Ilmning ilk shakli odamning mehnat qurollarni ishlab chiqarish va ulardan foydalana bilish qobiliyatidan boshlangan edi. Ibtidoiy meditsina va farmakologiya to’plagan ba’zi bilimlar hozirgacha zamondoshlarimizni hayratda qoldiradi. Meditsina tarixi bilan shug’ullanuvchi olimlarning fikricha, ibtidoiy ovchilar ma’lum darajada amaliy anatomiya sohasida ulardan bir necha ming yil keyin (O’rta asrlarda) yashagan vrachlarga nisbatan ancha chuqur bilimlarga ega bo’lganlar. O’rta asrlarda jasadlarni yorib ochish taqiqlangan bo’lsa, ibtidoiy tabiblar eng murakkab xirurgiya yuli bilan bosh suyagini kesish (trepanatsiya qilish) yo’llarini yaxshi bilganlar. Agar o’tgan asrning boshlarida meditsina fani asosida bosh suyagi trepanatsiya gilingan kishilarning 90 foizi halok bo’lgan bo’lsa, bir necha asrlardan beri Shimoliy Afrika qabilalaridagi tabiblar amalga oshirib kelayotgan bosh suyagini kesish operatsiyasidan deyarli xech kim o’lmagan. Lekin shu bilan bir qatorda ibtidoiy qabilalarda vaxshiyona xurofiy usullar ham qo’llanilgan. Masalan, ba’zi qabilalarda dori-darmon va massaj bilan bosh og’riq to’xtamasa, trepanatsiya usuli bilan yoki bemorning manglayini teshib "davolaganlar". Badandagi ortiqcha o’simtalarni olib tashlash, singan joylarni tuzatish, qon oqishini to’xtatish kabi xirurgiya usullari zo’r mahorat bilan bajarilgan. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling