Antik davrda ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi va shakllanishi


Download 60 Kb.
bet5/6
Sana04.02.2023
Hajmi60 Kb.
#1158214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Antik davrda ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi va shakllanishi

CHorvachilik va dehkonchilikning paydo bo’lishi ib­tidoiy davrda tabiatshunoslik kurtaklarining vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Taxminan besh-o’n ming yillar muqaddam odamlar har xil hayvonlarni xonakilashtirishni boshlaganlar. Chunki ular go’sht va boshqa oziq.-ovqatlarga, kiyim-kechak uchun jun va teriga, yuk tashish va keyinchalik xaydash uchun ish xayvoniga muxtoj edilar. Shunisi diqqatga sazovorki, yuqori madaniyat yaratgan keyingi avlodlar ibtidoiy odamlar xonakilashtirgan ot, qoramol, qo’y, echki, tuya, tovuq, kurka kabi uy xayvon-parrandalaridan boshqa birorta xayvonni xonakilashtirmaganlar. Chorva mollarining o’sishi, dehqonchilikda yer va hosil o’lchash zaruriyati ibtidoiy davrdan boshlab hisoblash, uzunlik va og’irlik o’lchovi kabi tushunchalarni paydo qilgan edi.
Faqat o’tkir kuzatuvchilik va tabiat bilan yaqindan tanishish natijasida ibtidoiy odamlar yovvoyi holda o’sayotgan don va poliz ekinlarini, meva daraxtlarini sun’iy o’stirish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Masalan, melaneziyaliklar o’n xil non daraxtini, 52 ta banan turini ustirishni bilganlar.
Amerikadagi qabilalar esa o’n bir xil mais (makka) turini parvarish qilganlar. Hozirgi davr­da ekiladigan boshoqli ekinlardan bug’doy, tariq, arpa va sholi eng qadimdan (neolit davridan) va juda ko’p joyda parvarish qilina boshlagan o’simliklardir.
SHunday qilib, hozirgi davrda insoniyat iste’mol qilayotgan va xo’jalikda foydalanilayotgan madaniy o’simliklarning deyarli hammasi qadimgi zamonlarda turli mamlakatlarda turli qabila va elatlar tomonidan mahalliy yovvoyi turlaridan yetishtirilgan. Behisob yovvoyi o’simliklar orasidan inson uchun foydali turlarini tanlab olish, ularni parvarish qilish usullarini uylab topish va zararli o’tlardan qo’riklash uchun uzoq vaqt davomida ibtidoiy odamlar qancha sabot-matonat va mehnat sarf qilganlar.
Ibtidoiy kashfiyotlarning eng muhim ahamiyati shundaki, inson ko’p asrlik ishlab chiqarish tajribasi va ibtidoiy bilimlar asosida tevarak-atrofni va o’z tabiatini to’gri ob’ektiv idrok qila boshlagan, ratsionalistik (ijobiy) bilimlar ibtidoiy odamlarning ongiga dastlabki ijobiy to’g’ri tushunchalarning singishida muhim zamin bo’lgan. Kishilar o’z bilimlarini tajribada tekshirib, har gal asta-sekin tabiat to’g’risida ancha aniq va ob’ek­tiv ma’lumotlarga ega bo’lib borganlar.
Buyuk demokrat A.I.Gertsenning obrazli iborasi bilan aytganda, "Yozilgan narsani bolta bilan kesib bo’lmaganday, tajriba orqali olingan bilimni olov bilan kuydirib bo’lmaydi".
Ibtidoiy jamiyatda dastlabki ilmiy bilimlar inson ongini cho’lg’ab olgan xurofiy tuman ichidan kurtak otib chiqishga doimo intilib kelgan. Yuqorida qayd qilganimizdek, ba’zi ibtidoiy qabilalar narigi dunyo (oxirat), jonning tandan ajralib chiqib abadiy yashashi to’grisi-dagi tasavvurga ega bo’lmaganlar.

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling