Antitra nspirantlar
Download 34.43 Kb.
|
bbbbbbb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fotosintezning CAM-yoMi.
Fotosintezning C4-yo‘li. Fotosintezning ushbu yo‘li awalo, Yu.S. Karpov (1960) tomonidan kuzatilgan. So‘ngra Yu.S. Karpov va I.A. Tarchevskiylar (1963) tomonidan ayrim o‘simliklarda, masalan, makkajo‘xori barglarida fotosintezning birlamchi mahsuloti to‘rt uglerodli birikma-olma kislotasi sintez bo‘lishini aniqlanganlar. Shuningdek, G.P.Gorchak va boshq. ham shakarqamish o‘simligida C 0 2 gazining fiksatsiyasining birlamchi mahsuloti ikkikarbon kislotalari boMgan olma va asparagin ekanligini tajribalar asosida tasdiqlashgan. Ammo ushbu masalaga aniqlik kiritgan olimlar bu avstraliyalik M.D. Xetch va K.R. Slekdir (1966). Ular o‘zlarining bir qator tajribalari asosida ayrim o‘simliklarda, xususan, makkajo‘xori, shakar qamish, javdar kabi o‘simliklardagi fotosintez jarayonida, C 0 2 fiksatsiyasining C3 yoMidan tamomila farq qiladigan boshqa bir yo‘l mavjud ekanligi va bunda fotosintezning birlamchi organik mahsuloti 3-FGK (3-fosfoglitserin kislotasi) etnas, balki oksaloatsetat va olma kislotalari ekanligini ko‘rsatdilar. Keyinchalik ushbu jarayon fanda Xetch-Slek sikli deb nom oldi.
Fotosintezning CAM-yoMi. CAM atamasi inglizsha (srassulasean asid metabolism) so'zlarning bosh harflari yig'indisidir. Fotosintezning ushbu yo'li tabiatdagi o'ta qurg'oqchilik sharoitida o'sadigan o'simliklar uchun xosdir. O'ta qurg'oqchilik sharoitida o'suvchi ko'pchilik o'simliklarning barg ogMzchalari odatda kunduzi yopiq boMadi va suvning bug'lanishi-transpiratsiya jarayonining jadalligi ham kam boMadi. Ammo ular kechasi ochiq boMadi va havodan C 0 2 gazini yutadi. Hujayralarga yutilgan C 0 2 sitoplazmada mavjud boMgan FEPkarboksilaza fermenti yordamida FEP bilan birikib oksaloatsetatni hosil qiladi. Oksaloatsetat malatdegidrogenaza fermenti ta’sirida qaytarilib olma kislotasini hosil qiladi. Malat kislotasi ushbu o'simliklarning hujayralarining vakuolasida to‘planadi va buning natijasida hujayra shirasining nordonlashishi (asosan tun vaqtida) kuzatiladi. Kunduzi harorat yuqori bo‘lishi bilan ogMzchalar yopiladi malat vakuoladan sitoplazmaga o‘tadi. Sitoplazmaga o‘tgan malat, malatdegidrogenaza (MDG) fermenti faoliyati tufayli dekarboksillanadi va piruvat hamda C 0 2 birikmalarini hosil qiladi. So‘ngra C 0 2 xloroplastlarga o‘tib Kalvin siklida ishtirok etadi vaqand moddalari hosil boMishida qatnashadi. Download 34.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling