Antitra nspirantlar
FOTOSINTEZ FIZIOLOGIYASYashi
Download 34.43 Kb.
|
bbbbbbb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fotosintez ekologiyasi
- Karotinoidlar.
- Fikobilinlar.
FOTOSINTEZ FIZIOLOGIYASYashil o‘simliklar va suv o‘tlari uchun fotosintez jarayonini quyidagi umumiy tenglama orqali ifodalash mumkin. yorugMik 6C02+12H20 — > C6HI20 6 + 602 + 6H20 xlorofill Ushbu tenglik, asosan, fotosintezning ikkita alohida-alohida qismlaridan iboratdir. yorugMik 12H20 — > 12(H2) + 602 (1) xloroplastlar Bu energiyaning o‘zgarishi yorugMik reaksiyasidir. yorugMik 6C02 + 12(H2) — > C6H1206 + 6H20 (2) xloroplastlar Bu moddalaming o ‘zgarishi qorong‘ulik reaksiyasidir. Biofizik nuqtayi nazaridan fotosintez, energiyalami konversiyasidan iborat, bunda pigment yutgan energiyasini elektronga va asta-sekin kimyoviy bog‘lami hosil qilishga sarflaydi. Fotosintezning yorug‘lik reaksiyalari barg xloroplastlarining tilakoidlari membranalarida ro‘y bersa, qorong‘ulik reaksiyalari xloroplastlaming stroma qismida ro‘y beradi M a’lumki, fotosintez yashil o‘simliklaming bargida sodir boMadi. Bargning hujayraviy tuzilishi fotosintezga, nafas olishga va transpiratsiyaga moslashgan. Uning ustki va ostki tomoni po‘st bilan qoplangan. Qoplovchi to‘qima epidermis bir qator zich hujayralardan tuzilgan va ular yorugMikni yaxshi o'tkazadi. Po‘stni o ‘rtalarida barg ogMzchalari joylashgan va ular ko‘proq barg plastinkasining ostida boMadi. OgMzchalar orqali gazlar almashinuvi sodir boMadi. Ustki po‘st ostida tayoqchasimon, zich joylashgan hosil qiluvchi hujayralar (mezofil) joylashadi. Ularda xloroplastlar ko‘p. Bulami tagida esa dumaloq formadagi hujayralar tarqoq holda joylashib bo‘shliqlar hosil qiladi, bu bo‘shliq gazlar va suv almashinuvida ishtirok etadi,
Fotosintez ekologiyasi deganda uning mahsuidorligiga tashqi muhit omillarining (yorugMik miqdori va uning sifati, CO2 miqdori, harorat, barglaming suv rejimi, mineral oziqlanish va boshq.) ta’siri tushuniladi. Fotosintez mahsuldorligi esa 1 m2 barg yuzasi hisobiga 1 soat davomida o‘zlashtirilgan C 02l yoki hosil boMgan organik modda miqdori bilan oMchanadi. Fotosintezning sof mahsuldorligi deyilganda esa o‘simlik quruq massasining uning barglari yuzasi hisobiga, bir kecha-kunduz davomidagi miqdorining ortishi tushuniladi. Ko‘pchilik hollarda ushbu ko‘rsatkich 5-12 gr/m2 atrofida boMadi. Karotinoidlar. 0 ‘simliklar yashil barglarida xlorofill bilan birgalikda sariq va qizil rangdagi pigmentlar ham mavjud bo‘lib, ular karotinoidlar deb ataladi. Karotinoidlar sabzi ildizmevalari hujayralarida ko‘p bo‘ladi. Karotinoidlar miqdori xlorofillga nisbatan uch marotaba kam boMadi, shunga ko‘ra sezilmaydi. Karatinoidlar ikki guruhga boMinadi ya’ni karotinlar va ksantofillar. Karotinlar (С40Н5б) bir necha xil boMadi: a, p, y-karotin va ulardan a va P-karotin xloroplastlarda ko‘p uchraydi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha karotin 8 molekula izopren qoldig‘idan iboratdir. Ksantofillar ko‘p atomli spirtlar boMib vakillari lyutein (C40HS6O2), violoksantin (C40H56O4) pigmentlaridir. Karotinning (B) struktura formulasi: Fikobilinlar. Suv o ‘tlaridan yuqoridagi pigmentlardan tashqari maxsus pigmentlar ham uchraydi. Ularga fikobilinlar deyiladi. Ularga fikoeritrin va fikotsianin kiradi. Fikoeritrin (C34H47H4O8) qizil suv o ‘tida uchraydi, rangi qizil boMadi. Fikotsianin (C34H42H4O8) ko‘k yashil suv o ‘tini pigmenti boMib, ko‘k rangda boMadi. Ular murakkab oqsillardir, tarkibida to 'rtta pirol halqasi uchraydi va ular qo'sh bogMar bilan bogMangan. Fikoeritrin-498-508 nm, fikotsianin esa 585-630 nm toMqin uzunlikda boMgan nurlarni yutadi va xlorofillga (a) uzatadi. Bu pigmentlarning chuqur suv ostida o ‘sadigan o ‘simliklar uchun ahamiyati kattadir Download 34.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling