Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Aholi soni dinamikasi va joylashuvi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
2.4. Aholi soni dinamikasi va joylashuvi
Aholi soni ma’lum bir hudud (yer shari, qit’alar, davlat, viloyat, tuman, 
hudud, aholi maskani) aholisi miqdorini ifodalaydi. Masalan 2009 yilda yer shari 
aholisi soni 6.8 milliard, Afrika qit’asi aholisi 999 million, O‘zbekiston davlati 
aholisi esa 27,6 million kishini tashkil etgan
1
. Aholi sonini xisoblaganda o‘troq 
aholi uchun ma’muriy chegara, ko‘chmanchi aholi uchun esa areallar asos qilib 
olinadi. 
O‘rganilayotgan hudud yoki davlat aholisi sonining ma’lum davr (2 yil, 5, 10, 
15 va undan ko‘p yillar) dagi o‘zgarishi aholi soni dinamikasida o‘z aksini topadi. 
Aholi soni dinamikasi, uning jami, umumiy (absolyut) soni, o‘sish koeffisienti
aholi sonining o‘sish sur’ati kabi ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. 
Aholining umumiy (absolyut) soni – ma’lum hudud yoki aholi guruhidagi 
kishilarning ma’lum vaqtdagi miqdoriy ifodasidir. Aholishunoslik fanlari 
tadqiqotlarida aholining absolyut soni, asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, aniq bir sanadagi 
aholi soni haqida ma’lumot beradi. Statistik manbalarda aholining absolyut soni 
ma’lum bir sanaga (1 – yanvar, 1 – iyul, yoki 31 – dekabr) keltiriladi. Masalan 
O‘zbekiston aholisi 1991 – yil 1 – yanvarda 20.7 million 2009 – yil 1 – yanvarda 
esa 27.6 million kishini tashkil etgan. 
Aholining absolyut soni uning tabiiy va mexanik xarakatlari asosida 
muntazam o‘zgarib turadi. Aholi soni davrlar bo‘yicha ko‘payib borsa, aholi 
absolyut soni dinamikasidagi o‘zgarishlar ijobiy, kamayib borsa salbiy xususiyatga 
ega bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston davlatida aholi soni dinamikasi 1926 – 2009 
yillar davomida muntazam ko‘payib kelgan. Demak, aholi soni dinamikasi ijobiy 
xususiyatga ega bo‘lgan. Lekin ikkinchi jaxon urushi (1941 – 1945 – yillarda) 
aholi soni bir muncha kamaygan va aholi soni dinamikasida salbiy xolat 
kuzatilgan. Aholi absolyut sonidagi o‘zgarishlar o‘sish koeffisienti orqali 
aniqlanadi. 
1
Демографический ежегодник Ухбекистана 2002, Ташкент – 2003. с. 29; 36. 


43 
Aholining absolyut o‘sish koeffisientini aniqlashda esa quyidagi formuladan 
foydalaniladi: 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling