Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Dunyo hududlari bo‘yicha tug‘ilishning umumiy va yig‘indi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
 
Dunyo hududlari bo‘yicha tug‘ilishning umumiy va yig‘indi
koeffisientlari (2009 y.) 
Dunyo hududlari 
Tug‘ilishning umumiy 
koeffisienti 
Tug‘ilishning yig‘indi 
koeffisienti 
Dunyo bo‘yicha
20 
2,6 
Rivojlangan davlatlar 
12 
1,7 
Rivojlanayotgan davlatlar 
22 
2,7 
Afrika 
36 
4,8 
Amerika 
17 
2,2 
Osiyo 
24 
2,3 
Evropa 

1,5 
Avstraliya va Okeaniya
18 
2,5 
Population Reference Bureau. 2009 Word Population Data Sheet. 
Sayyoramizda tug‘ilishning hududlar bo‘ylab bunday farq qilishi, avvalo u 
davlat aholisining moddiy va madaniy turmush darajasiga, ayollarning ijtimoiy 
ishlab chiqarishda bandligiga, hamda shu davlat halqining asrlar davomida
shakllanib, saqlanib kelayotgan milliy urf-odatlariga, qolaversa, diniga bog‘liqdir. 
Bulardan tashqari, tug‘ilishga aholining jins va yosh bo‘yicha taqsimlanishi, 
nikohdan o‘tish va ajralish kabi qator demografik omillar, psixologik omillar, 
tibbiyot rivojlanishi, hamda har bir davlat tomonidan olib borilayotgan demografik 
siyosat ham ta’sir qiladi. Yuqorida qayd etilganidek, keyingi 20-30 yil ichida 
dunyoning deyarli hamma hududlarida tug‘ilishning kamayib borish jarayoni 
kuzatilmoqda. 
1970-2009 yillar davomida tug‘ilishning eng tez kamayishi Shimoliy 
Amerikaga to‘g‘ri keladi (shu davr ichida 1,7 marta kamaygan). Uning asosiy 
sabablaridan biri shahar aholisining o‘sishi bo‘lgan. Masalan, AQSh va Kanadada 
shahar aholisining 1950-2009 yillarda 64 % dan 75-80 % gacha o‘sgan. Bundan 
tashqari, tug‘ilishning kamayishiga ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda, 
yollanma ishlarda qatnashishi ham sabab bo‘lgan. Masalan, Kanadada 1931 yil 


67 
modliy ishlab chiqarishda qatnashuvchi aholining 17 % ayollar bo‘lgan bo‘lsa, 
1980-2009 yillarda esa bu ko‘rsatkich 40 % dan oshib ketdi. Shimoliy Amerikada 
tug‘ilishning kamayishiga olib kelgan muhim sabablardan yana biri ajralishning 
nikohdan ko‘pligidir. Hozirgi davrda AQShda har yili qayd etilgan nikohlarning 
50 % ga yaqini buzilganligi ma’lum. Tabiiy holki, nikohning qisqa vaqt davom 
etishi oilada bola sonining o‘z-o‘zidan kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, 
Shimoliy Amerikada ishsizlar sonining tobora ortib borishi, ertangi kunga 
ishonchsizlik bilan qarash kabi xususiyatlari ham tug‘ilishni kamaytiradi. 
Ba’zi joylarda davlat tomonidan olib borilayotgan tug‘ilishni cheklashga 
qaratilgan demografik siyosat ham tug‘ilishning kamayishiga olib kelmoqda. 
Buni Xorijiy Osiyoning eng yirik davlatlari-Xitoy va Hindiston misolida 
ko‘rishimiz mumkin. 
Yuqorida qayd etilganidek, Xitoyda oiladagi bolalar sonini cheklash davlat 
dasturiga kiritilgan. 1970 yillardan boshlab aholi o‘rtasida tug‘ilishni kamaytirish 
uchun qator tadbirlar qo‘llana boshladi. Natijada, Xitoyda tug‘ilish keskin 
kamaydi.
Hindistonda ham tug‘ilish davlat tomonidan nazorat qilinadi. Oilada bolalar 
sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. Bu masala yuzasidan bir qancha 
tashkilotlar maxsus tadqiqot olib boradilar. Ular jumlasiga Oilani rejalashtirish 
asosiasiyasi, Hindiston tibbiyot asosiasiyasi, Hindiston Qizil yarim oy jamiyati 
kabi tashkilotlar kiradi. 
Hindistonda tug‘ilishning kamayishiga aholi savodxonlik darajasining 
oshishi ham ta’sir etmoqda. Masalan, 1971 yili Hindiston aholisining 29,4 % 
savodli edi. Hozirgi davrda 40 % dan yuqori aholi savodlidir. 
Ma’lumki, Xorijiy Osiyo aholisining 70% dan ko‘prog‘ini Xitoy va 
Hindiston aholisi tashkil etadi. Shuning uchun Xitoy va Hindistonda tug‘ilishning 
nisbatan kamayishi butun Xorijiy Osiyo bo‘yicha tug‘ilish ko‘rsatkichiga ta’sir 
kildi. 1970-2009 yillarda tug‘ilish Xorijiy Osiyoda deyarli 2 barobar kamaydi. Ana 
shu davrda tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti Yevropada 2,1dan 1,5 ga, 
Okeaniyada 3,1 da 2,5 ga, afrikada 6,5 dan 4,8 ga kamaygan. 
Shunday qilib, biologik jarayon bo‘lgan tug‘ilish qator ijtimoiy (aholining 
savodlilik darajasi, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei. Oilaning davlatda
jamiyatda tutgan o‘rni, urf-odatlar, qadriyatlar, din, etnik tarkibi, urbanizasiya 
jarayoni va h.k.) iqtisodiy (aholi bandligi, ayollar bandligi, oila daromadi, ijtimoiy
muhofazalar va h.k.) tibbiy (homiladorlikdan saqlanuvichi vositalar, va ular va 
ular haqidagi bilimlar bilan ayollarni ta’minlanganligi, onalar, bolalar 
salomatligi) va demografik (aholining yosh jinsiy tarkibi, reproduktiv yoshdagi 
ayollar salmog‘i, nikoh, ajralish o‘lim jarayonlari) omillar ta’sirida sodir bo‘lar 
ekan. Agar dunyodagi davlatlarni tug‘ilishning bugungi holatiga qarab 
sharxlamoqchi bo‘lsak, ularni shartli ravishda uch guruhga ajratmog‘imiz lozim. 
Ma’lumki, tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti 2,1 dan past bo‘lsa tug‘ilish darajasi 
ham past bo‘ladi: 2,1-4,0 bo‘lsa tug‘ilish darajasi -o‘rtacha va 4,1 va undan yuqori 
bo‘lsa tug‘ilish darajasi yuqori bo‘ladi. Ana shu demografik mezonga asosan
dunyo davlatlarini guruhlarga ajratish mumkin Birinchi guruh – tug‘ilish darajasi 
yuqori bo‘lgan davlatlar: Afrika davlatlari (MSR, Tunis, Moris va Seyshel 


68 
orollaridan tashqari), Osiyo va Janubiy Amerikadagi qator davlatlar hamda 
Avstraliya va Okeaniyadagi ba’zi mamlakatlar. Ulardagi oilalarda farzandlar soni 
o‘rtacha 4,1dan to 7,0gacha, ba’zi hollarda esa, undan ham yuqori bo‘lgan. 
Tug‘ilishi eng yuqori sanalgan davlatlardan Afg‘oniston, Gvineya-Bisau va Niger 
bo‘lib, ularda tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti 7,1-7,7ni va Yamanda – 6,7ni, 
Mali va Kongoda – 6,2ni tashkil etadi. Ushbu davlatlardagi oilalarda tug‘ilish 
darajasining bunday yuqori bo‘lishiga olib keluvchi qator omillar mavjuddir. 
Ulardan asosiylari quyidagilar: yuqorida zikr etilgan davlatlar, asosan, iqtisodiy 
jihatdan rivojlanayotgan davlatlar bo‘lib, ayniqsa ayollarning ma’lumotliligi 
nisbatan past; ko‘p bolalikni qo‘llab-quvvatlovchi an’analar ko‘proq saqlanib 
qolgan; ayollar ijtimoiy ishlab chiqarishda kam ishtirok etadi; shahar turmush 
tarzining shakllanishi sust; tug‘ilishni cheklash haqida tushunchalar va unga 
kerakli tibbiy vositalar keng tarqalmagan. 
Ta’kidlab o‘tish lozimki, tug‘ilish darajasining yuqoriligi ba’zi demografik 
oqibatlarni keltirib chiqardi. Jumladan, aholining soni tez ko‘paya borib, ko‘plab 
yangi oilalar vujudga keladi, aholi tarkibida bolalar soni yuqori bo‘ladi. Bu 
demografik oqibatlar esa, o‘z o‘rnida qator ijtimoiy-iqtisodiy muammmolarga 
sabab bo‘ladi. 
Tug‘ilishi yuqori bo‘lgan davlatlarda keyingi 15-20 yil ichida aholi soni 
yiliga 2,5–3,2 foizdan ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda 40 dan oshiq davlatda 
tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti 4,1–7,5 tashkil etmoqda. Shuni alohida qayd 
etish lozimki, keyingi 10 yil ichida dunyodagi tug‘ilish yuqori bo‘lgan davlatlar 
soni kamaydi. 1989 yili bunday davlatlar soni 79ni tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yili 
ularning soni 37taga kamaydi va 42tani tashkil etdi. Agar 1989 yili ushbu 
davlatlarda istiqomat etuvchi aholi salmog‘i dunyo aholisining 23 foizini tashkil 
etgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib, bu ko‘rsatkich deyarli 14 foizni tashkil etdi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling