Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


III.BOB. Demografik tahlil asoslari


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
III.BOB. Demografik tahlil asoslari 
3.1 . Demografik vaziyat va demografik tahlil 
Demografik vaziyat ma’lum davrdagi ma’lum hududning demografik holati bo‘lib, 
u aholining soni, tarkibi va demografik jarayonlari asosida yuzaga keladi.
Aholi soni-ma’lum hudud yoki aholi guruhidagi insonlarning miqdoriy 
ifodasidir. Aholi geografiyasi va demografik tadqiqotlarda aholi soni eng asosiy
ko‘rsatkichdir. Yuqorida qayd etilganidek aholi soni dinamikasidagi o‘zgarishlarni
tahlil etganda uning absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Aholi sonining juda yuqori sur’at bilan ko‘payib, yoki kamayib ketishi
demografik vaziyatni keskin o‘zgarishiga olib keladi. Demografik vaziyatning 
shakllanishida aholining sosial, yosh jinsiy va oilaviy tarkibi, muhim omil 
hisoblanadi. Jinsiy mutanosiblik, aholi tarkibida reproduktiv yoshdagi aholi, 
yoshlar salmog‘ining yuqoriligi nikoh va tug‘ilish jarayonlariga ijobiy ta’sir etib, 
aholi sonining muntazam ko‘payib borishini ta’minlaydi. Aksincha, aholi tarkibida 
qariyalar salmog‘ining yuqoriligi demografik vaziyatga o‘ziga hos ta’sir etadi. 
Bunday vaziatda aholi tabiiy o‘sishi kamayib, mehnat resurslari shakllanishi 
sustlashadi va h.k. Demografik vaziyatni yuzaga kelishida demografik jarayonlar
alohida ahamiyatga egadir. Demografik jarayonlar-insonlarning hayotida ularning 
avlodlarini almashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarning kechishidir. Asosiy – 
demografik jarayonlarga tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish (nikohning bekor
etilishi yoki tugatilishi) kiradi. Demografik jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki 
xil xusuiyatga egadirlar. Birinchisi, tug‘ilish va nikoh bo‘lib, bu jarayonlar avlodlar 
almashinuvida, inson naslini davom etishida, aholi soninig ko‘payib borishini 
ta’minlovchi-ijobiy xususiyatga ega bo‘lgan to‘ldiruvchi omillardir. O‘lim va 
ajralish esa aksincha, aholi sonini qisqarishiga olib keluvchi, avlodlar 
almashinuviga salbiy ta’sir etuvchi-kamaytiruvchi omillar hisoblanadi.
Demografik jarayonlar ta’sirida aholida har kuni, har soatda turli demografik 
hodisalar sodir bo‘ladi: ko‘plab chaqaloqlar tug‘iladi, aholining ma’lum qismi 
hayotdan ko‘z yumadi, qator nikohlar qayd etilib, yangi oilalar tashkil topadi, ba’zi 
nikohlar esa buziladi, ajraladilar, aholini bir qismi ko‘chib ketsa, yana bir qismi esa 
ko‘chib keladi. Shunday qilib, demografik tarkib yildan-yilga o‘zgarib turadi. 
Bunday jarayonlar bir qaraganda, oddiy, bo‘lishi muqarrar jarayonlardek ko‘rinadi. 
Lekin mazkur jarayonlarning sodir bo‘lishi juda ko‘p sosial-iqtisodiy omillar 
bilan bog‘liqdir.
Ana shu omillarni demografik jarayonlarga ta’siri, ta’sir mexanizmi vaqtlar 


62 
davomida jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘zgarib turadi. Natijada 
demografik jarayonlar ham miqdor ham sifat jihatidan har bir davrda, ijtimoiy-
iqtisodiy formasiyada turlicha kechadi. Shu bois demografik jarayonlarni 
o‘rganishda avvalo: 1) alohida demografik jarayonlar, umuman aholi takror barpo 
bo‘lishi xususiyatlarini o‘zgarishida qanday qonuniyatlar mavjud; 2) alohida 
davrlar formasiyalar demografik jarayonlarining shakllanishida, aholi takror barpo 
bo‘lishiining sifatiy xususiyatlarida qanday omillar asos bo‘lgan? kabi savollarga 
javob berish lozimdir. Mazkur savollarning javobi esa demografik tahlil
yordamida aniqlanadi.
Demografik tahlilning asosiy vazifasi eng avvalo, demografik jarayonlar 
aholi takror barpo bo‘lishi rivojlanishining barcha sifatiy qonuniyatlarini, sosial-
iqtisodiy shart-sharoitlarini, ma’lum davrda yoki ijtimoiy-iqtisodiy bosqichda 
demografik jarayonlarga ta’sir etgan omillar tizimini aniqlashdan iboratdir. 
Demografik tahlilda demografik jarayonlarning absolyut (miqdoriy ifodasi) 
va nisbiy (demografik koeffisientlar) ko‘rsatkichlaridan, demografik statistika
kartografik va demografik uslublardan foydalaniladi.
3.2. ug‘ilishning demografik tahlili 
Aholi takror barpo bo‘lishida ya’ni yangi avlodlarning dunyoga kelib, 
insoniyat naslini davom etishida tug‘ilish-muhim demografik jarayon hisoblanadi. 
Demografik jarayonlarni mukammal o‘rganishda, ularni turli aholi guruhlari, 
davlatlar, dunyo hududlari bo‘ylab qiyoslashda, kelajak istiqbolini aniqlashda, 
demografik koeffisientlardan foydalaniladi. Ushbu koeffisientlar yordamida 
o‘rganilayotgan demografik jarayonning kerakli jihatlari chuqur va qiyosiy 
darajada o‘rganiladi. Ma’lum tarixiy davr yoki ikki hudud orasida demografik 
farqlarni statistik ma’lumotlar orqali bevosita aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun 
har bir demografik jarayonni mahsus ko‘rsatkichlar, ya’ni koeffisient yordamida 
o‘rganiladi. Buning uchun qayd etilgan demografik jarayonning 1000 kishiga 
nisbatan bo‘lgan miqdori aniqlanadi. Demak, 1000 kishi demografik jarayonlarni 
o‘rganishda mezon hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich yuqorida qayd etilganidek
“promille” deb yuritiladi va quyidagicha- “‰” belgilanadi.
Demografik 
koeffisientlar 
alohida 
demografik 
jarayonlarni 
ifodalaydi. 
Demografik 
koeffisientlar umumiy, maxsus va xususiy jihatlarga egadir.
Tug‘ilish va uning koeffisientlari. Tug‘ilish-ma’lum avlodlarni tashkil 
etuvchi aholi guruhidagi bola ko‘rish jarayonidir. Tug‘ilish-biologik jarayon. Lekin 
u ijtimoiy-iqtisodiy muhit ta’sirida o‘zgarib boradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
tarkibidlagi o‘zgarishlar tug‘ilish darajasini belgilaydi. Tug‘ilishning 
biologik 
asosi insonning pushtliligi, (plodovitos) nasl qoldirish, avlod qoldirish 
qobiliyatidir. Erkak bilan ayol, yo’ni nikoh juftlarining farzand ko‘rishga bo‘lgan 
biologik qobiliyati pushtlilik, deb ataladi va bu tushuncha demografiyada ko‘proq 
ayollarga nisbatan qo‘llanilib, har bir ayolning farzand ko‘rish davridagi (o‘rtacha 
15-49 yosh) jami homiladorligi bilan belgilanadi. Pushtlilik erkak va ayolning 
biologik xususiyatlariga, salomatligiga bog‘liqdir. Ilmiy manbalarda qayd 
etilishicha, sog‘lom ayollar farzand ko‘rish davrida eng ko‘pi 35 tagacha 
homilador bo‘lishi (egizaklar ham bitta homiladorlik hisoblanadi) mumkin ekan. 


63 
Lekin har bir ayol o‘rtacha 10-12 ta tirik farzand ko‘rishi, 10-15 marta homilador
bo‘lishi (o‘lik tug‘ilishi, bola tashlash holatlari bilan birga) mumkin.
Tug‘ilish-tirik tug‘ilgan bolalarni ifodalovchi biologik jarayon bo‘lib, u 
insonlarning reproduktiv mayli, ya’ni farzand ko‘rishga bo‘lgan munosabati bilan 
bog‘liqdir. Reproduktiv mayl esa inson yashayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan 
bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Natijada inson o‘z pushtliligidan, ya’ni bola 
ko‘rishga bo‘lgan biologik imkoniyatidan to‘la foydalanmaydi. O‘zining bolani 
tarbiyalab voyaga yetkazish uchun zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda, farzand ko‘rishga harakat qiladi, ya’ni 
farzandlar tug‘ilishini cheklaydi, nazorat etadi.
Yuqorida qayd etilgandek, tug‘ilishning umumiy, maxsus va hususiy 
koeffisientlari mavjud bo‘lib, ular asosida tug‘ilish darajasi aniqlanadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling