Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Ikkinchi guruh – oilada tug‘ilish darajasi o‘rtacha bo‘lgan davlatlar, ushbu 
davlatlarda tug‘ilishning yig‘indi koeffisienti 2,1–4,0ni tashkil etadi. 1989–2005 
yillarda dunyoda tug‘ilish darajasi o‘rtacha bo‘lgan davlatlar soni 44tadan 57taga 
yetdi, ya’ni 13taga ko‘paydi. 1989 yili O‘zbekiston davlati ham tug‘ilish yuqori 
bo‘lgan davlatlar guruhiga kirgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib u tug‘ilish darajasi 
o‘rtacha bo‘lgan davlatlar guruhidan joy oldi. Tug‘ilish darajasi o‘rtacha bo‘lgan 
guruhda istiqomat etuvchi aholi 2005 yilda dunyo aholisining 37,0 foizini tashkil 
etdi. Mazkur davlatlarda tug‘ilishning bunday darajada bo‘lishi ularning tarixan 
tarkib topib kelgan ijtimoiy-iqtisodiy omillari bilan bog‘liqdir. Tug‘ilish darajasi 
o‘rtacha bo‘lgan joylarda aholining o‘sish sur’ati bir tekis saqlanib turadi. Ularda 
aholining keskin ko‘payib ketishi yoki kamayib ketishi hollari kutilmaydi. Aholi 
taraqqiyotini boshqarish, iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi muammolarni hal 
etish bir muncha yengil kechadi. 
Uchinchi guruh – tug‘ilish darajasi past bo‘lgan davlatlar. Bu davlatlarda 
aholi yiliga 0,7–0,9 foizga ko‘payib boradi. Oilalarning aksariyat qismida 1 yoki 
2tadan bola bor, xolos. Shuni ta’kidlash lozimki, 1989–2005 yillarda tug‘ilish 
darajasi kam bo‘lgan davlatlar soni 32tadan 71taga ko‘paydi yoki 2 barobardan 
ziyod o‘sdi. Hozirgi davrda ushbu davlatlarda dunyo aholisining deyarli yarmi 
istiqomat etmoqda. Demak XXI asr boshlariga kelib, dunyo aholisining deyarli 


69 
yarmi kam bolali oilalarda istiqomat etmoqdalar. So‘nggi guruh davlatlarida 
istiqomat etuvchi oilalarda tug‘ilishning bunday kamayib ketishi, birinchi 
navbatda, kapitalistik munosabatlar keng tarqalishi bilan bog‘liqdir. Ta’kidlab 
o‘tganimizdek, kapitalistik ishlab chiqarish sharoitida sanoat rivojlanib, shaharlar 
sonining o‘sishi va shahar turmush tarzining keng tarqalishi uchinchi guruhga 
mansub davlatlarda tug‘ilishning qisqarishiga olib keldi. Ayniqsa aholining asosiy 
qismi shaharlarda yashovchi Yevropa mamlakatlarida tug‘ilish juda kamayib 
ketgan.
Ushbu guruh davlatlarida hozirgi davrda tug‘ilish darajasining kamayib 
ketishiga olib kelgan navbatdagi omil ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda, 
yollanma ishlarda ko‘proq qatnashishidir. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 
tug‘ilishning kamayishiga olib kelgan omillardan yana biri, oilaning buzilishi, 
ya’ni nikohdan chiqish hollarining nihoyatda ko‘pligidir. Yuqorida qayd 
etilganidek, nikohning qisqa vaqt davom etishi oilada bola sonining o‘z-o‘zidan 
kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, barcha iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar 
qatori, Shimoliy Amerikada ham fan-texnika rivojlanib, ishlab chiqarish sohalariga 
kirib borishi natijasida aholining tarkibida ishsizlik tobora ko‘payib bormoqda. 
Ishsiz, boshpanasiz aholining oila qo‘rish va farzand tarbiya qilishiga iqtisodiy 
imkoniyati bo‘lmaydi. Shunday holatlar ham tug‘ilishning kamayib ketishiga olib 
keladi. Umuman olganda, kapitalistik munosabatlarning keng tarqalishi va 
rivojlanishi oilaning farzandlarga bo‘lgan ham iqtisodiy, ham ma’naviy ehtiyojini 
pasaytirib yuboradi. Fikrimizning dalili sifatida rivojlangan kapitalistik 
davlatlardan biri AQSh oilalaridagi tug‘ilish ko‘rsatkichlariga murojaat qilamiz. 
Agar 1950 yili har bir Amerika oilalarida o‘rtacha 3-4tadan bola tug‘ilgan bo‘lsa, 
1970 yili bu ko‘rsatkich 2-3 taga kamaydi. Keyingi vaqtlarda AQShda farzandsiz 
oilalar ko‘payib bormoqda. Bu davlatda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 
ko‘pchilik oilalarda fatqat bittadan farzand bo‘lib, ularning 44 %i kutilmaganda, 
15%i esa, xohlamagan holda tug‘ilgan ekan. Mutaxassislar bu ahvolni “Amerika 
oilasida inqiroz” deb atashmoqda. Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun 
muammomi, yo‘qmi? Uni shu davlat aholisining taraqqiyot tarixidan kelib chiqib 
aniqlamoq lozim. 
Shunday qilib, biz yuqorida jahon mamlakatlarining oilalarida tug‘ilish 
jarayonidagi o‘zgarishlar bilan tanishib chiqdik. Ma’lum bo‘ldiki, hozirgi paytda 
yer yuzidagi xalqlarning tug‘ilish jarayoni bir xil emas ekan. Bir toifa 
mamlakatlarda oilalarning tug‘ilishi juda kamayib ketgan bo‘lsa, ikkinchi bir xilida 
– juda yuqori. Bu hol, yuqorida aytilganidek, turli ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan 
bog‘liq. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling