Aprel aprel oy mavzusi: yer bizning umumiy uyimiz katta guruhda nutqni rivojlantirish bo‘yicha frontal mashg‘ulotlar mazmuni


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana20.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1038155
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Апрел 1-ҳафта ривожлантириш pdf



APREL
APREL
Oy mavzusi:
YER BIZNING UMUMIY UYIMIZ
Katta guruhda nutqni rivojlantirish bo‘yicha
frontal mashg‘ulotlar mazmuni
1-hafta
Gullab-yashnayotgan 
bahor


Maqsad
H
Fasllarning o‘zgarishi va bahor mavsumidagi o‘zgarishlar, hayvonot dunyosi, o‘r- 
mon hayvonlarining mavsumiy turmush tarzi haqida bilimlarni mustahkamlash.
H
Nutqni tinglash va tushunish qobiliyatini shakllantirish, so‘z boyligini kengay- 
tirish.
H
Savollarni to‘liq o‘rganib, ularga aniq javob berishga o‘rgatish, jamoaviy suhbatda 
qatnashish.
Kerakli jihozlar:
“labirint” rivojlantiruvchi o‘yini, tabiat manzaralarini aks ettiruvchi rasmlar, hayvonlar- 
ning liboslari, topishmoqlarning javoblarini aks ettiruvchi rasmlar.
Mashg‘ulotning borishi: 
Tarbiyachi.
Kelinglar, o‘zaro yonma-yon
aylanada turamiz, bir-birimizga “Salom!”, deymiz.
Salom berishda dangasa bo‘lmaymiz: 
“Salom!” va “Xayrli kun!”;
Agar hamma tabassum qilsa — Xayrli tong boshlanadi. — XAYRLI TONG!!!
Bolalar, derazaga qarang. Quyosh o‘zining iliq nurlari bilan porlayapdi. Tabiat uyg‘ondi 
va juda go‘zal bo‘lib bormoqda. Men ham xonada o‘tirishni xohlamayman. Tabiat bizni 
o‘ziga chorlayapti. Keling, yilda nechta fasl borligini eslaylik. Ushbu rasmlarda qaysi fasl- 
lar ko‘rsatilgan??
Bolalar. 
javoblar.
Rasm 1.
Tarbiyachi: 
Keling, ularni tartib bilan chaqiramiz.
Bolalar: 
javoblar
Tarbiyachi: 
Sizga qaysi fasl ko‘proq yoqadi?
Bolalar: 
javoblar.
Tarbiyachi: 
Topishmoqni toping:
Qor erib, suv shitirlaydi,
Kun yaqinlashadi.
Bu qachon yuz beradi? (Bahorda)
Ha, bolalar, hozir bahor. Bahor necha oy davom etadi? Hozir bahorning qaysi oyi? Bahor 
oylarini tartib bilan ayting. Bahorning qanday alomatlarini bilasiz? Barakalla, bahor 


alomatlarini yaxshi bilar ekansiz.
O‘qituvchi, agar zaruriyat bo‘lsa, bolalarning javoblarini o‘z fikri bilan to‘ldiradi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling