Aprel aprel oy mavzusi: yer bizning umumiy uyimiz katta guruhda nutqni rivojlantirish bo‘yicha frontal mashg‘ulotlar mazmuni
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Апрел 1-ҳафта ривожлантириш pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyachi
Tarbiyachi:
Men ham bahorni juda yaxshi ko‘raman. Kelinglar, barchamiz qo‘llarimizni qattiqroq ushlaymiz va endi asta-sekin yumshatib, qo‘llarimizni qo‘yib yuboramiz. Shunday qilib, biz qishdan bahorga o‘tdik. Do‘stlar bilan qo‘llarimizning iliqligini baham ko‘rdik. Endi biz do‘stlarimiz bilan og‘zaki ravishda yaxshi kayfiyatni baham ko‘ramiz. Bahor yilning ajoyib davri. Shoirlar buni she’rlarida tasvirlab, ko‘plab chiroyli so‘zlar va iboralarni ishlatadilar. Kelinglar, biz bunday so‘zlarni eslashga harakat qilamiz. Endi siz bilan bitta o‘yin o‘ynaymiz. “So‘zlarni bezataylik” didaktik o‘yini O‘qituvchi o‘yin qoidalarini tushuntiradi, bu o’yinda bolalar otlarga sifatlarni topadilar. H Osmon bahorda (qanday?) — ko‘k, tiniq, baland ... H Bulut (qanday?) — yumshoq, oq, yumshoq ... H Barglar (qanday?) — yopishqoq, yumshoq, yashil ... H Uya (qanday?) Issiq, yangi ... va hokazo. (O‘qituvchi doskaga bir doira — gulning o‘rtasini (otni) mahkamlaydi, uni rang-barang barglar bilan “bezatadi” (sifatlar nomlari) (kayfiyatingiz chog‘ bo‘lsin, rahmat, men sizga gul beraman, siz quyoshga o‘xshaysiz va hokazo). Tarbiyachi: Bilasizmi, bolalar, hatto tog‘larda va o‘rmonlarda ham bahorda ajoyib o‘zga- rishlar yuz beradi, daraxtlar barglarini yoyadi, boychechaklar 12 oy ertakdagi kabi gul- laydi. Qish uyqusida bo‘lgan hayvonlar uyg‘onadi, qushlarning sayrashi tog‘lar va o‘rmon- larni yanada zavqlantiradi. Bolajonlar, men sizga bir topishmoq aytaman, siz unga javob topasiz. Va biz siz bilan birgalikda bu Markaziy Osiyoning cho‘llari, yarim cho‘llari va tog‘larining qaysi aholisi ekanligini bilib olamiz. Biz uni guruhimizga taklif qilamiz va u bizga bahordagi hayoti haqida aytib beradi. Uzun quloq juda epchil U tongda sabzi kemiradi. U bo‘ri va tulkidan tezda Butalar orasiga yashirinadi. U kim, bunday kulrang, Yuguradi dumalab? Yozda kulrang, qishda oq, Ayting-chi, bu qanday hayvon? (Quyon) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling