Tipratikan:
Nima uchun ularni yovvoyi hayvonlar deyishadi?
Bolalar:
Chunki ular o‘rmonda
yashaydilar, ular o‘zlarining ozuqalarini ovlaydilar.
Tipratikan:
Yovvoyi hayvonlar hayotida bahorda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Bolalar:
Qishki uyqudan uyg‘onishadi, junini almashtirishadi, ko‘payishadi.
Tarbiyachi:
Bolalar, keling tipratikanni bahor bilan tabriklaymiz va unga moychechak
gulini yasab beramiz. — Moychekak guli sariq plastilindan
va tabiiy donalardan
tayyorlanadi.
Tipratikan:
Keling, siz bilan “Aksini ayting” o‘yinini o‘ynaymiz. Men jumlalarni nomlayman,
siz esa ularga sifatlarni qo‘shasiz.
H
Qor
qishda oq, bahorda (kulrang)
H
Qor qishda toza, bahorda (iflos)
H
Qishda, kunlar sovuq, bahorda (iliq)
H
Qishda
kunlar qisqa, bahorda esa (uzun)
H
Qishda, quyosh xira, bahorda (yorqin)
H
Qishda osmon kulrang, bahorda (ko‘k)
H
Qishda
shamol sovuq, bahorda (iliq)
H
Qishda quyosh past, bahorda (baland)
H
Qishda sovuq , bahorda (iliq)
Tarbiyachi:
Bolalar, bugun bizning mehmonimiz kim edi?
Ularni qanday xursand qildik? (Savol-javoblar orqali jamoaviy suhbat tashkil etiladi).
Bolalarning javoblari.
Endi sizga “Xatoni to‘g‘irla” o‘yinini o‘ynashni taklif qilaman
va biz bilimlarimizni
mustahkamlaymiz. Men iboralarni aytaman va siz ushbu iboralarning qaysi biri to‘g‘ri va
qaysi biri noto‘g‘ri ekanligini aytasiz.
H
Bahor oylari — dekabr, yanvar, fevralmi?
H
Bahorda barglar to‘kiladimi?
H
Hayvonlar bahorda zaxira yig‘ishadimi?
H
Qushlar bahorda janubga uchib ketishadi.
H
Bolalar bahorda bahor kiyimlarini kiyishadi.
Tarbiyachi:
Ofarin! Nima sizga oson, nima qiyin edi?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi:
Bugun
biz bahor haqida, gullar haqida, bahorda hayvonlarning hayoti
to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarni bilib oldik.